Amaliy mashg`ulоt №2 mavzu: ilmiy tadqiqotlarning asosiy turlari va bajarilish bosqichlari. Ishdan maqsad


Fan metodologiyasi va epistemologiyasi


Download 366.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana23.02.2023
Hajmi366.75 Kb.
#1226001
1   2   3   4
Bog'liq
2-AMALIY MASHG

Fan metodologiyasi va epistemologiyasi ilmiy bilish va ilmiy ijodni, ya`ni 
ilmiy tadqiqot faoliyatini o`rganadi. Har qanday ilmiy yutuq yoki kashfiyot nafaqat 
muayyan predmet maz muniga, balki metodologik jihatga ham egadir, zero, u 
fanda ilgari olingan axborotni tankvdiy qayta ko`rish, fanning tu shunchalar 
apparati va tadqiqot negizini muttasil yangilash (yangi metodlar, usullar va 
yondashuvlar bu yangi apparatura, yangi institutlar va laboratoriyalar) bilan 
bog`liqdir. 
Shunday qilib, fanning o`ziga nisbatan metodologiya va epistemologiya 
fanning o`zini o`zi bilish va o`zini o`zi anglash shakllaridan biridir. Ilmiy ijod 
metodologiyasi olim shaxsining yangi bilim olish va uni amalda ko`llash 
sohxasidagi ijodiy salohiyati ni ochib beradi va analizdan o`tkazadi. 
Sub`ektning ob`ektga faol munosabati sifatidagi bilishning eng umumiy 
jixatlarini analizdan o`tkazuvchi gnoseolo giyadan farkli o`laroq, metodologiya 
bilishning bu jixatlari va tomonlari bilish bilan bog`liq muayyan vaziyatlarda va bi-


lishning soxalarida, ma`lum ijtimoiy iktisodiy, texnikaviy texnologik va tarixiy 
sharoitlarda qanday o`z ifodasini to pishiga e`tiborni karatadi. Hozirgi zamon fan 
metodologiyasi ilmiy faoliyatning ma`nosini, uning ijod, amaliyot, ijti moiy 
borliqning ma`naviyat soxasi, kengroq aytganda, butun madaniyat bilan aloxasini 
aniklaydi. Shundan so`ng metodologiya ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirish
ratsionalizatsiya qilish, maqbullashtirish va samaradorligini oshirish muammolarini 
o`rganadi. 
Ilmiy tadqiqot bosqichlarini tavsiflash va analizdan o`tkazish, hozirgi zamon 
kompyuterlashtirilgan fanining tilini analizdan o`tkazish, ilmiy tadqiqotning 
alohida tartibi va usullarini qo`llash mumkin bo`lgan sohalarni aniqlash ham ilmiy 
bilish metodologiyasining vakolatlari jumlasiga kiradi. 
Fan bu o`sib boruvchi bilim tizimi bo`lib, quyidagi komponentlarni o`z 
ichiga oladi: ilmiy faktlar, maxsus ilmiy tushunchalar, atamalar va sxemalar, 
g`oyalar, gipotezalar va nazariyalar, shuningdek, fan qonunlari va ilmiy bilish 
metodlari. 
Nazorat savollari: 
1) Ilmiy tadqiqotlar yoki ilmiy - tadqiqot ishlari ilmiy miqyosiga ko`ra necha 
turga bo`linadi?
2) Fundamental tadqiqotlar qanday ta`riflanadi?
3) Ilmiy-tadqiqotlarning fan – ishlab-chiqarish integratsiyalangan tizimida 
texnik takliflarga aylanishi sxemasi qanday?
4) Ilmiy yo`nalish qanday ta`riflanadi?
5) Metodologiya qanday izox berish mumkin?
6) Fan qanday komponentlarni o`z ichiga oladi?





Download 366.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling