Amaliy mashg’ulot №2 Mavzu: Tеrmоkimyo. Kimyoviy kinеtikа vа muvоzаnаt. Elеktrоlit eritmаlаr vа tuzlаrning gidrоlizi. Оksidlаnish qаytаrilish rеаktsiyalаri


Download 1.11 Mb.
bet12/35
Sana23.01.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1113381
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Bog'liq
2-Amaliy mashg’ulot

49. Reaksiyaning -10C dagi tezligi 1,75 mol/litr•sekund ga teng. Uning +20C dagi tezligini toping. ɣ=2
A) 10 B) 12 C) 14 D) 16
50. 5 litr idishda 3,8 mol A va 6,8 mol B modda aralashtirildi. 87 sekunddan so’ng 1,2 mol C modda hosil bo’lsa, reaksiyadan so’ng ortib qolgan B modda konsentratsiyasini (mol/l•s) va o’rtacha tezligini (mol/l•min) toping. A + B ↔ C.
A) 1,12; 0,165 B) 0,52; 0,027
C) 5,6; 0,165 D) 2,6; 0,027
Kimyoviy muvozanat. Qaytar kimyoviy reaksiyani qaraylik:

(1)
(2)
Reaksiyaning boshlanishidan dastlabki moddalarning konsentratsiyalari maksimal, reaksiya mahsuloti konsentratsiyasi juda kichik, shu sababli to’g’ri reaksiya tezligi teskari reaksiya tezligiga nisbatan ancha yuqori. Ammo vaqt o’tishi bilan dastlabki moddalarning konsentratsiyalari [N2] va [H2] kamayib boradi, reaksiya mahsuloti konsentratsiyasi [NH3] ortadi. 1 va 2 – fo’rmulaga muofiq to’g’ri reaksiya tezligi kamayadi, teskari reaksiya tezligi ortadi va ma’lum vaqt lahzada teskari reaksiya tezligi to’g’ri reaksiya tezligi bilan tenglashadi.
Qaytar reaksiyalarda to’g’ri va teskari reaksiya tezliklari o’zaro teng bo’lgandagi holat kimyoviy muvozanat, muvozanat holatdagi moddalarning konsentratsiyalari esa – muvozanat konsentratsiya deyiladi.
Kimyoviy muvozanatda reaksiyalar to’xtamaydi, shuning uchun bunday muvozanat dinamik ya’ni harakatdagi muvozanat deyiladi. Muvozanat konsentratsiyani odatda muvozanatda bo’lmagan joriy konsentratsiyalardan [N2], [H2], [NH3] farq qilishi uchun katta qavsga olinadi. Shunday qilib kimyoviy muvozanatda Vto’g’ri=Vteskari bo’ladi, ya’ni reaksiya uchun to’g’ri va teskari reaksiyalar tezlik kanstantalari nisbatiga–kimyoviy muvozanat konstantasi (K) deyiladi va quyidagicha yozamiz.



Kimyoviy muvozanatda :

    • sistemada hech qanday tashqi o’zgarish kuzatilmaganda ham to’g’ri va teskari reaksiyalar to’xtamaydi;

    • vaqt birligida reaksiyaga kirishgan dastlabki moddalarning molekulalar soni ayni vaqt ichida reaksiya mahsulotlaridan hosil bo’ladigan moddalar malekulalari soniga teng;

    • Moddalardan birining konsentratsiyasini, temperatura yoki bosimning o’zgarishi kimyoviy muvozanatning siljishiga olib keladi ya’ni reaksiyada ishtirok etayotgan moddalrning konsentratsiyasi o’zgaradi.

Agarda:

    • reaksiyad ishtirok etayotgan dastlabki moddalarning konsentratsiyalari kamayib, reaksiya mahsulotlarining konsentratsiyalari ortsa, muvozanat chapga siljiydi.

    • reaksiyad ishtirok etayotgan dastlabki moddalarning konsentratsiyalari ortib, reaksiya mahsulotlarining konsentratsiyalari kamaysa, muvozanat o’nga siljiydi.

Muvozanatning siljishi to’g’ri va teskari reaksiyalarning tezliklari yana tenglahsguncha, ya’ni moddalar yangi muvozanat konsentratsiyalari tenglashgunga qadar ya’ni muvozanat qaror topguncha davom etadi. Kimyoviy muvozanatning siljish yo’nalishini Le-Shatele (1884-yil) prinsipi aniqlaydi.

Agar muvozanat holatida turgan sistemaga, tahshqaridan biror-bir ta’sir ko’rsatilsa ( temperatura, bosim konsentratsiya o’zgartirilsa) muvozanat shu kuchni kamaytiradigan tomonga siljiydi.


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling