Kimyoviy reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi omillar.
Moddalarning tabiatiga: ta’sirlashuvchi maddalarning tabiati bir-biridan qanchalik farq qilsa, reaksiya shunchalik tez sodir bo’ladi. Masalan: kislota asos bilan kuchli kislota kuchsiz kislotaga nisbatan tezroq reaksiyaga kirishadi.
Konsentratsiyaga: gazlarda va suyuq eritmalarda erigan yoki tarqalgan moddalar butun hajm bo’ylab reaksiyaga kirishida konsentratsiya qanchalik yuqori bo’lsa, reaksiyaning tezligi ham shunchalik katta bo’ladi. Chunki, zarrachalarning to’qnashish ehtimoli shunchalik yuqori bo’ladi.
Qattiq moddalarda reaksiyada to’qnahsuvchi yuzaga bog’liq: yuza qanchalik katta bo’lsa, ko’proq zarrachalar bir-biri bilan to’qnashadi va reaksiya shunchalik tez sodir bo’ladi. Bir necha fazadan iborat sistema geterogen sistema deb ataladi. Ularda sodir bo’ladigan reaksiyalar geterogen reaksiyalar deyiladi. Geterogen reaksiyaning tezligi deganda, vaqt birligi ichida fazalar chegarasidagi sirt birligida reaksiyaga kirishuvchi yoki reaksiya natijasida hosil bo’luvchi moddalar miqdori o’zgarishini tushunamiz:
bu yerda: S-fazalar chegara sirtining kattaligi, Δn-sistemada modda mol sonlarining o’zgarishi, get-geterogen reaksiya tezligi. Tenglamadan ko’rinadiki, sistemada reaksiya fazalar chegara sathidagina bo’lganligi bois, bu sath qanchalik katta bo’lsa, reaksiya tezligi ham shunchalik katta bo’ladi. Demak, qattiq moddalar maydalangan holda reaksiyaga tezroq kirishadi. Masalan: 1 kg toza bir bo’lak oxaktosh bilan mo’l miqdordagi HCl ning orasidagi reaksiya sekin sodir bo’ladi. Chunki, oxaktosh bir butun bo’lak holoda turibdi. Agarda shu bo’lakni maydalasak reaksiyaning borrishi shunchalik tez sodir bo’ladi. Yani oxaktoshni 1000 bo’lakga bo’lsak reaksiya birinchiga niabatan 1000 marta tez sodir bo’ladi. Temperatura: harorat ortganda zarrachalarning harakat tezligi tezlashadi. Bunda zarrachlarning to’qnashish ehtimolligi va to’qnashganda birikma hosil qilish rhtimolligi ortadi.
Katalizator: dastlabki moddalar bilan aktiv oraliq kompleks hosil qiladi. Katalizator shu oraliq kompleks hisobiga reaksiyaning aktivlanish energiyasini pasaytiradi va reaksiyaning boroshini tezlashtiradi. Bosim: bosim o’zgarganda gaz moddalarning ham konsentratsiyasi ham o’zgaradi. Suyuq va qattiq moddalaga bosim ta’sir etmaydi. Bosim qanchaga o’zgarsa, gaz moddalarning ham konsentratsiyasi sdhunchaga o’zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |