Amaliy mashg’ulot: Diareya sindromi bilan kechadigan yuqumli kasalliklar: Dizenteriya, salmonellyoz, vabo
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
4 - Nazariy material 5039fe387f04c0dc8750aa7d62e7218a
Tashxisi. Kasallik tashxisini qo’yishda anamnez, ayniqsa, epidemiologik
anamnezini e’tiborga olish lozim. Avj olish ro’y berganida, bir xil taom egan odamlar kasallanib, ayrimlaridan bakteriologik tekshirish natijasida salmonellalar topilsa, boshqalariga xam salmonellez tashxisini qo’yish mumkin.Qonning umumiy taxlilida leykotsitoz, neytrofilez, ba’zan EChT ortgani aniqlanadi, og’irroq hollarda siydikda oqsil aralashgan bo’ladi. Bakteriologik tekshirishlar natijasi muxim ahamiyatga bemordan sterillangan idishga olingan qusuq massasida, me’dani chayilgan suvda yoki ovqat qoldiqlarida salmonellalarni topish mumkin. Najasdan ekma olib, Myuller muxitiga ekilganida xam kasallik qo’zg’atuvchilari aniqlanadi. Tana xarorati yukori bo’lgan xollarda qonni safroli suyuqlikka ekib, gemokultura olish mumkin.Kasallikning 4-5 kunidan boshlab PGAR qo’yib, serologik reaktsiya vositasida tanadagi antitelalar aniqlanadi. 5-6 kundan so’ng tekshirish qaytarilsa, reaktsiya titri ortgani ma’lum bo’ladi Salmonellyoz hamda boshqa ichketar kasalliklarni, ba’zan klinik jihatdan vabodan farqlash murakkab bo’lgani tufayli may-oktyabr oylarida ichi buzilib, shifoxonaga yotqizilgan xar bir bemor najasi, ichak guruxi mikroblaridan tashqari, bir marta vabo vibrioniga xam tekshiriladi. Davolash. Salmonellyoz bilan og’rigan bemorlarni davolashda dastlabki tibbiy yordamni o’e vaqtida ko’rsatish muxim ahamiyatga aga. Kasallik toksikoinfektsiya (ovqatdan zaharlanish) alomatlari bilan kechgan xar bir bemorda, avvalo qornida o’tkir xirurgik kasalliklarni va miokard infarktini istisno qilish lozim. U kasalliklar yo’qligiga ishonch xosil qilgach, birinchi navbatda me’dani ovqat qoldig’idan tozalash kerak. Bu maqsadda yo’g’on zond vositasida me’dani 3% li ichimlik soda eritmasi yoki pushti rang (0.02%) kaliy pergament (margantsovka), ular bo’lmasa, iliq suv bilan chayiladi. Bu muolaja, qaytib tushayotgan suv shillikdan toza bo’lgunga qadar davom etadi. Odatda, katta yoshdagilarning me’dasini yaxshilab chayish uchun 2.5-3 litr eritma sarflanadi. Bemor ichagini tozalashga iliq suv bilan xukna xam qilinadi.Bolalar me’dasini 2% li ichimlik soda eritmasi bilan chayiladi. Eritma miqdori bolaning yoshiga qarab belgilanadi. Shuningdek, bolani ko’krak suti bilan emizish, albatta davom ettirilishi kerak. Ko’shimcha ovqatlantirilayotgan bolalarga urgangan ovqati berilaveradi. Ichi ketgan bolani 2-3 soatlab och qo’yish mumkin emas. Bemor qusish va ich surish natijasida yo’qotgan suv va tuz o’rnini qoplash uchun og’izdan glyukosolan yoki regidron eritmasi ichiriladi. Eritmani choy qoshig’ida har 3-5 minutda takroran ichirib turiladi. Eritma tayyorlash uchun xaltachadagi shakar-tuz aralashmasi qaynatib sovutilgan bir litr suvda eritiladi. Ichiriladigan suyuqlik mikdori bemorning yoshi va yo’kotilgan suyuqlik mikdoriga qarab belgilanadi. Og’irroq hollarda tuzli eritmalar tomir orqali tomchilab (minutiga 40-60 tomchi) yuboriladi. Bu maksadda Ringer eritmasi, trisol, atsesol, kvartasol kabi preparatlar ko’llanadi, Intoksikatsiyani kamaytirish maqsadida gemodez, poliglyukin kabi dorilar ham tomir orqali yuboriladi. Bemorga oson xazm bo’ladigan, qaynatib pishiriladigan taom buyuriladi (Povzner bo’yicha 4-stol). Kasallik avj olgan davrda qotirilgan non, qatiq, suzma (chakki) tavsiya etiladi. Taomdagi go’sht qiyma xolida bo’lishi lozim. Kompot, meva sharbatlari (uzumnikidan tashqari) yaxshi naf beradi. Yovgon xo’rdaga biroz qiyma ko’shib tayyorlansa, parxezga mos keladigan taom bo’ladi. Kasallikning dastlabki soatlaridan tibbiy yordam ko’rsatilsa va 4-6 soat davomida FAP, QVA, poliklinikalar qoshida tashkil etilgan og’izdan suyuqlik ichirib davolash (ORP - oral regidratatsiya) bo’limlarida regidron ichirilsa, ko’pchilik bemorlarni shifoxonaga yotqizishga xojat xam qolmaydi. Bemor axvoli og’irlashib kolishining oldi olinadi. Oqibatda o’limxollari kamayadi.Salmonellezni davolashda antibiotiklar qo’llash shart emas. Ilgari keng foydanilgan tetratsiklin, levomitsetin hozirgi vaqtda salmonellalarga deyarli ta’sir ko’rsatmaydi. Ba’zan gentamitsin (40-80 mgdan kuniga 2-3 marta), ampitsillin (0.5-1.0 g dan kuniga 3-4 maxal) kabi antibiotiklar va biseptol davolashda naf beradi. Kasallikning oldini olish veterinar-sanitariya, sanitariya-gigienik va epidemiyaga qarshi tadbirlar majmuasidan iborat. Veterinariyada xayvonlarga beriladigan em-xashak salmonellalardan xoli bo’lishiga, kasal xayvonlar sog’lomlaridan aloxidalanishiga e’tibor berish kerak. Uy xayvonlari, parranda so’yilganida ichagi chavoklanmasligi, uning ichidagi moddalar go’sht yuzasiga tushmasligi lozim. Sut kombinatlarida ham gigiena talablariga qat’iy rioya qilish talab qilinadi. Oziq-ovqat sanoati va korxonalarida mahsulot tashish, tayyorlash va saqlash jarayonida salmonellalar bilan ifloslanishdan saqlash lozim. Ichketar kasalligining alomatlari bo’lgan odamlar ishdan chetlashtiriladi. Salmonellez suv orqali tarqalmasligi uchun ferma va molxonalar oqar suvlardan uzokroq joylashgan bo’lish kerak. Avj olish ro’y berganida shubha qilingan ovqat qoldig’i, unitayyorlash, tashish va sotishda ishtirok etganlar bakteriologik tekshiruvidan o’tkaziladi. Tug’ruqxonalarda kasallik tarqalishining oldini olish maksadida xomilador ayollar tug’ish muddatidan bir xafta oldin ichak guruxi mikroblariga tekshirib ko’riladi. Maishiy yo’l bilan salmonellez tarqalishining oldini olishda shaxsiy gigienaga e’tibor katta axamiyatga ega. Ayniqsa, emizikli bolasi bor onadan pokizalikni unutmasligi kerak. Go’dak bolaga beriladigan ovqat faqat bir marta iste’mol qilishga etarli bo’lishi lozim. Bolani emizish yoki ovqatlantirish oldidan qo’lni sovunlab yuvish zarur. Salmonellez sporadik holda muttasil qayd qilinadigan qishloqlarda yoz fasli davomida salmonellez bakteriofagi profilaktik ravishda berib boriladi. U suyuq yoki tabletka holida bo’ladi. Vabo — o’ta xavfli yuqumli kasalliklardan hisoblanadi, o’tkir gastroenterit, degidratatsiya alomatlari.bilan kechadigan va keng tarqalishga moyil xastalik xisoblanadi. Vabo odamzodga qadim zamondardan ma’lum. Hindiston va Bangladesh vaboning endemik o’chog’i hisoblanadi. Vaqti-vaqti bilan kasallik kushni davlatlarga, xatto turli qit’alarga tarqalib, katta epidemiya va pandemiyalar beradi. 1817 yildan 1925 yilgacha bo’lgan davrda Er yuzida vaboning 6 ta pandemiyasi qayd etilgan. 1961 yildanboshlab vaboning yangi — VIIpandemiyasi boshlandi. Hozirgi tezyurar transport vositalari orqali vabo (engil turda kasallangan bemorlar va vibrion tashuvchilardan) qisqa muddatda juda uzoq mamlakatlarga tarqalishi mumkin. Jumladan, 1965 yilda Qoraqalpog’iston va Xorazmda xam vabo epidemiyasi kuzatilgan. 90 yillardan buyon vabo Amerika, Evropa, Osiyo, Afrika Qit’asidagi 100 dan ortiq mamlakatlarga kirib borgani qayd etilgan. Uzbekistonga xam sayyox- tijoratchilar vositasida vaboning Hindiston va Poki00000000000000000000000000000000stondan kirib kelish xollari uchrab turadi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling