Amaliy mashg’ulot: Diareya sindromi bilan kechadigan yuqumli kasalliklar: Dizenteriya, salmonellyoz, vabo


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana29.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1307858
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
4 - Nazariy material 5039fe387f04c0dc8750aa7d62e7218a

Profilaktikasi. Vabo o’ta xavfli infektsiyalar guruxiga mansub bo’lgani uchun 
xalqaro axdnoma (konventsiya) ga asosan xar bir davlat o’z sarxadlarini vaboning 


chetdan kirib kelishidan asrash choralarini ko’radi. Xalqoro azroport, temir yo’l, 
daryo va avtoyo’l yo’llaridagi chegara bekatlarida sanitariya-nazorat punktlari (SNP) 
tashkil etiladi. Unda tibbiyot xodimlari tunu-kun navbatchilik qiladilar. Vabo doimo 
qayd etiladigan mamlakatlardan kelayotgan yo’lovchilardan shu kasallikning 
alomatlari bor-yo’qligi surishtiriladi. Bemor yoki kasallikka shubxa qilinganlar 
topilsa, SNP qoshidagi aloxidalash xonasiga yotkizib (lozim bo’lsa tibbiy yordam 
ko’rsatib) turiladi, Keyin bemor maxsus sanitariya (epidperezozka) transporti bilan 
yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi aloxida ajratilgan bo’limga yotqizilib, 5 kun 
tibbiy kuzatuvda bo’ladi. Bu davrda bemordan 3 marta vabo vibrioniga va ichak 
guruxi mikroblariga najas ekmasi olinadi. Shundan so’ng 5 kun tetratsiklin beriladi. 
Kasallik alomatlariga qarab boshqa dori-darmonlar xam qo’llanadi.Kasallik 
alomatlari bo’lmagan, lekin chet elda safar vaqtida vabo kasalligi yuqish extimoli 
yuqori bo’lgan (ayniqsa, tijoratchi-sayyoh) lar SNP da ro’yxatga olinadi va ular 
xaqida SENM ga telefon orqali xabar qilinadi. Bunday fuqaro turar joyidagi 
poliklinika xizmatchilari tomonidan 5 kungacha uyida tibbiy kuzatuv ostida bo’ladi. 
SNP larda o’rnatilgan shunday nazorat vositasida chetdan kirib kelgan 
vaboning mamlakat ichida tarqalishiga yo’l ko’yilmaydi 
Respublikada xar bir viloyat, tuman (shaxar) vaboning oldini olish va u qayd 
qilingan taqdirda o’tkaziladigan tadbirlar majmuasini oldindan belgilab qo’yadi. U 
epidemiyaga qarshi Favqulodda komissiya (EQFK) yig’ilishida muxokama qilinib
xokimiyatlar tomonidan tasdiqlanadi. Bu tadbirlarda axolini ichimlik suv bilan 
ta’minlash. turar joylarning sanitariya xolatini yaxshilash masalalariga katta e’tibor 
beriladi. Ularni amalga oshirish uchun maxalliy ma’muriyat masul xisoblanadi. 
Shuningdek, tibbiy tadbirlar, aniqlangan bemor qaerga yotqizilishi, u bilan muloqotda 
bo’lganlar qaysi bo’limda tibbiy kuzatuvga olinishi oldindan belgilanadi. Bu 
bo’limlarda qaysi tibbiyot xodimlari ishlashi xam aniqlangan bo’ladi. Dori-darmon, 
laboratoriya anjomlari, ozuqa muxitlari zaxirasi tayyorlab qo’yiladi. 
Kasallik yoki vaboga shubxa qilingan bemor aniqlanganida, u darhol 
aloxidalanadi. SENM epidemiologi bemor bilan suxbatlashib, kasallik qaysi yo’sinda 
yuqqanligini aniqlashga harakat qiladi. Chet ellarga borib kelgani xam surishtiriladi. 
Bemor bilan xonadonda va ish joyida bevosita muloqotda bo’lganlar ro’yxati tuziladi. 
Zarurat bo’lsa, ular ham alohidalanadi. Boshqa xollarda 5 kun uyida tibbiy nazorat 
o’rnatish mumkin. Bunda xar kuni bemorda kasallik alomatlari bor-yo’qligi aniqlab 
boriladi. Bir marta najasi vaboga tekshiriladi. Ularga 5 kun tetratsiklin beriladi. 
Biror joyda vabo aniqlansa, darhol EQFK yig’ilishi chaqiriladi. U vabo 
chiqqan joyni kasallik o’chog’i deb e’lon qiladi Ichi buzilgan bemorlarni erta aniqlab, 
tekshirish va davolash maqsadida hovlima hovli yurib, bemor bor-yo’qligi 
surishtiriladi. Aniqlangan bemor darhol shifoxonaga yuboriladi.Yoz oylarida 
ichketar kasalligi bilanshifoxonaga yotqizilgan barcha bemorlar bir marta vaboga 
xam tekshiriladi. 
Xozirgi vaqtda vabo kasalligi o’chog’ida karantin e’lon qilinmaydi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling