Amaliy mashg’ulot: Diareya sindromi bilan kechadigan yuqumli kasalliklar: Dizenteriya, salmonellyoz, vabo


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/18
Sana29.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1307858
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
4 - Nazariy material 5039fe387f04c0dc8750aa7d62e7218a

6.2. Analitik qism 
Vabo kasalligi mavzusini «IShBILARMON O’YINLAR» nomli interaktiv 
usul yordamida guruhlarda amaliy mashg’ulot darsini olib borish stsenariyi 


Mashg’ulot o’yini uchun poliklinika sharoiti yaratiladi. Guruhdagi talabalar 
orasidan BEMOR, XAMShIRA, ShIFOKOR tayinlanadi va mashg’ulot o’yini 
quyidagi tarzda olib boriladi: 
BEMOR –
Mumkinmi? 
XAMShIRA – Mumkin, kiring. 
BEMOR –
Assalomu alaykum doktor, menga yordam bering, tobim yo’q. 
XAMShIRA – Anketa to’latadi: bemorning F.I.Sh., yoshi, yashash manzili, ish joyi, 
lavozimi. Bemorga termometr qo’yadi. 
ShIFOKOR – Nima bezovta qilyapti? 
BEMOR –
Kechasi bilan ichim 4-5 marta suvdek surdi. Bugun ertalab 
nonushtadan oldin 1 marta qusdim, madorim yo’q. 
ShIFOKOR – Epidemiologik anamnez yig’ish maqsadida bemorga quyidagi 
savollarni beradi. Bemor kasal bo’lishdan 2-3 kun oldin xorijda 
bo’lganmi yoki bo’lmaganmi, mehnat faoliyati, uyini sanitariya 
holati, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qiladimi yo’qmi, ochiq suv 
havzasidagi suvdan qaynatmay iste’mol qilganmi, ho’jalik ishlari 
uchun foydalanganmi, diareya sindromi bo’lgan bemorlar bilan 
muloqotda bo’lganmi, qaerda va qanday ovqatlar iste’mol qilgan, 
xorijiy fuqarolar bilan muloqotda bo’lganmi, ... 
BEMOR –
Pokistonda bir hafta davomida tijorat ishlari bilan band bo’lib, kecha 
Toshkentga qaytib kelganman – deydi. Pokistonda mahmonxonada 
o’zi bilan birga borganlardan 3-4 tasini ichi surganini, ammo dori 
ichib ahvoli biroz yaxshilanganini aytadi. 
ShIFOKOR – Kasallikning tarixiy bayonini yozish maqsadida – ―Kasallik qanday 
boshlandi?‖ – deb savol beradi. 
BEMOR –
Kechasi soat 22 larda birdan ichim surdi. Birinchi marta bo’tqasimon 
edi, lekin tez orada qaytadan ichim surdi, bu galgisi suvdek edi. 
ShIFOKOR – Isitmangiz ko’tarildimi, sovuq qotib, qaltiradingizmi? Qorningiz 
og’riyaptimi? 
BEMOR –
Umuman 
isitmam 
ko’tarilmadi, hozir ham 36,2°S ekan, 
qaltiramadim, qornim og’rimayapti. 
ShIFOKOR – Najasingizda qon, yiring, shilliq modda bormi, ich kelishida 
kuchanayapsizmi, najasingizning rangi qanaqa, o’ta badhidmi? 
BEMOR –
Najasimda qon, yiring, shilliq modda yo’q, badhid emas
kuchanmasdan kelyapti. 
ShIFOKOR – Hozir ahvolingiz qanday? 
BEMOR –
Og’zim quriyapti, madorim yo’q, yuragim bezovta bo’layapti, 
panjalarim muzlayapti, boldir mushaklarim biroz tortilayapti. 
ShIFOKOR – Ilgari siz qaysi kasalliklar bilan kasallangansiz? Nasliy kasalliklar 
bo’lganmi? 
Dori-darmonlarga, 
oziq-ovqatlarga 
allergiya 
kuzatilganmi? 
BEMOR –
Ilgari tumov, tomoq og’rig’i, yoshligimda sariq kasal bo’lganman, bir 
marta ot tepib jag’ suyagim singan, shifoxonada davolanganman. 
Allergiya kuzatilmagan. Naslimiz toza. 
ShIFOKOR – Bemorni umumiy ko’ruvdan o’tkazadi. 


XAMShIRA – Ambulator kartaga ma’lumotlarni qayd qiladi: bemorni qo’l-oyoq 
panjalari muzdek, terisi toza, toshmalar yo’q, elastikligi biroz 
pasaygan, tomir urishi 1 daqiqada 96 marta, ravon, yurak tonlari 
biroz bo’g’iq, AQB – 100G’50, nafas olishi 1 daqiqada 20 marta, 
o’pkasida – vezikulyar nafas eshitiladi, qorni – tortilgan, 
paypaslanganda og’riqsiz, ammo suvni shildirashi sezilyapti, jigari va 
qora talog’i kattalashmagan, sigmasimon ichak elastik holatda
og’riqsiz, Pasternatskiy simptomi, meningeal belgilar salbiy, umumiy 
ahvoli o’rtacha og’irlikda. 
BEMOR –
Hojatga borish istagini bildiradi. 
ShIFOKOR – Xamshiraga – bemorning najasi ―guruch qaynatilgan suv‖ga 
o’xshayapti. Bemorda ―Forma №30‖ kasalligi bo’lsa kerak. 
1. Tezda eshik va derazalarni bekiting. 
2. Bemor qabul qilishni to’xtating. 
3. Qabulni kutib turgan bemorlarni biri yordamida biron bir tibbiyot 
xodimini chaqirtirib, bosh shifokorga ―Forma №30‖ kasalligi 
aniqlanganligi to’g’risida habar beriladi va himoya kiyimlari, tezkor 
profilaktika uchun dori-darmonlar, bemorni parvarishlash uchun 
lozim bo’lgan predmetlar, dori-darmonlar, dezinfektsiyalovchi dori-
vositalar, najasini ekish uchun ozuqa muhitlar so’raladi. 
4. Tibbiyot xodimlari himoya kiyimlarini kiyadi (II tip kostyum). 
5. Bemorga lozim bo’lgan tibbiy yordam ko’rsatiladi va epidemiyaga 
qarshi tartibga rioya qilgan holda bemorning parvarishlanishini 
tashkil qiladi. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling