Amaliy mashg’ulot: Diareya sindromi bilan kechadigan yuqumli kasalliklar: Dizenteriya, salmonellyoz, vabo


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/18
Sana29.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1307858
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
4 - Nazariy material 5039fe387f04c0dc8750aa7d62e7218a

Tashxisi. Qanday ko’rinishda o’tishidan qatiy nazar, vabo deb qo’yiladigan 
dastlabki tashxis bakteriologik tasdiqlangan bo’lishi kerak. Tashxis qo’yish 
maqsadida bemor qusuq massasi, najasidan olib 1% li peptonli suvga ekiladi. Ich 
ketishi va qusish taz takrorlanib turganda ketma-ket 3 ta ekma olinadi. Ekma 
olinganidan keyin bemorga antibiotik berish mumkin. Olingan ekma 6 soat ichida 
laboratoriyaga etkazilishi shart. Vabo vibrioni topilgan hollarda laboratoriya taxlili 24 
soat ichida dastlabki natijani beradi, Yakuniy xulosa 48 soatdan so’ng aniqlanadi. 
Vabo kasalligiga tashxis ko’yilayotganida epid.anamnezning axamiyati katta. 
Ayniqsa me’da-ichak kasalliklari bilan ogrigan boshqa bemorlar bilan, vabo 
tarqalgan joydan kelib qolganodamlar bilan muloqotda bo’lgani yoki bemorning o’zi 
keyingi 5 kun ichida shunday epidemik xavfli joylarga borib kelganini aniqlash zarur. 
Diagnostika maqsadida bemordan qon olib, vibriotsid antitelolar titri xam 
tekshiriladi. U 2 marta o’tkaziladi. Kasallikning 5-6 kunida va oradan 10 kun oralatib 
qon olinadi. 
Imkon bo’lsa, qondagi elektrolitlar hamda gematokrit ko’rsatkichini aniqlab, 
davolanishi unga muqobil ravishda tashkil etiladi. 
Shuni ham aytib o’tish kerakki, ayniqsa yoz faslida vabo kasalligi bilan 
ogrigan bemorda bir vaqtning o’zida ichburug’, salmonellez va boshqa me’da-ichak 
yuqumli kasalliklari avj olishi mumkin. Bunday bemorlarda vabo belgilari tana 
haroratining 38-39°S ga ko’tarilishi, qorin bo’shlig’ida vaqti-vaqti bilan og’rik 
bo’lishi, ichak chiqindig’ida shilliq, qon borligi bilan davom etadi. Shunday 
bemorlarning ichak chiqindilarini vabo vibrionlariga hamda ichak guruxi 
(dezinteriyaga, salmonellezga va boshqa) mikroblariga tekshirish zarur. 
Davolash. Vabo kasalligi bilan ogrigan bemorni davolash usullari 
quyidagilardan iborat: 
1. Davolashni imkon boricha erta boshlash kerak. Buning uchun xar bir 
shifokor yoz faslida me’da-ichak kasalligi tufayli murojaat qilgan bemorni qabul 
qilayotganida vabo kasalligi bo’lishi mumkinligini yodda tutish, uning asosiy 
alomatlarini bilishi kerak. Kasallikka biroz bo’lsa xam shubha tug’ilganida, bemorni 
shifoxonada aloxida yotqizish zarur. Vabodan tashqari engil kechayotgan ichketar 
kasalligida bemorga 4-6 soat davomida oral regidratatsiya punktlarida og’izdan 
regidron, tsitroglyukosalan va boshqa eritmalardan ichirib, ahvoli engillashsa, uyiga 
yuborish mumkin. Bunday bemordan bir marta vaboga tekshirish uchun ekma olish 
kerak. Maxalla shifokori uyga qaytarilgan bemor holidan xabardor bo’lib turishi 
lozim. 
2.Davolashning asosi — organizm yo’qotgan tuz va suv o’rnini qoplash. 
Kasallik engil kechganida, ba’zan o’rtacha og’irlikda kechayotgan xollarida xam 
og’izdan regidron eritmasi ichirib turish zarur. Uni xar 3-5 minutda osh qoshig’ida 
(bolalarga choy qoshig’ida) ichiriladi. Ichiriladigan suyuklikning umumiy xajmi 
bemor yo’qotgan suyuqlik miqdoriga qarab belgilanadi. Uni aniqlashning iloji 
bo’lmasa, qo’yidagi jadvaldan foydalaniladi. (1-jadvad). 


3. Bemor organizmning suvsizlanishi yaqqol ifodalangan (ayniqsa III-IV 
darajali degidratatsiyada) regidratatsiya tomir orqali suyuqlik yuborish yuli bilan 
boshlanadi. Buning uchun trisol, atsesol, kvartasol, xlosol, reomakrodeks kabi zavod 
sharoitida tayyorlangan eritmalar zahirasi oldindan tayyorlanib qo’yilishi kerak. Bu 
eritmalar ilitilgan holda tomir orqali tezlik bilan (1-2 soat ichida) jildiratib yuborilishi 
zarur. Bunda dastlabki soatlarda yuboriladigan suyuqlik miqdori 5-6 litrgacha boradi. 
Shuning uchun ogir holdagi bemorni davolashda infektsionist bilan yonma-yon 
reanimatolog ham ishtirok etib, o’mrov osti sohasida venesektsiya qilib, ular orqali 
xamsuyuqlik yuboriladi. Bemorning tomir urishi paydo bo’lishi, kon bosimi aniqlana 
boglashi, nafas olishi ravonlashishi ahvoli yaxshilana boshlaganidan darak beradi. 
Shu vaktdan boshlab qo’shimcha ravishda og’iz orqali xam suyuqlik bera boshlanadi. 
Davolashning ikkinchi bosqichida tomir orqali yuboriladigan suyuqliklar miqdori 
kamaytirilib, bemor yo’qotayotgan suyuqlik hajmiga monand ravishda olib boriladi. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling