Amaliy mashg’ulot: Diareya sindromi bilan kechadigan yuqumli kasalliklar: Dizenteriya, salmonellyoz, vabo


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/18
Sana29.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1307858
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
4 - Nazariy material 5039fe387f04c0dc8750aa7d62e7218a

Patogenezi
Mikrob 
odam 
organizmiga 
faqat 
og’iz orqalitushadi. 
Salmonellyozda asosiy patomorfologik o’zgarishlar me’da-ichak yo’llarida 
rivojlanadi. Uning qay darajada ifodalanishi bemor organizmining kasallanish 
davridagi holatiga ko’p jixatdan bog’liq. Keyingi yillarda aniqlanishicha, 
salmonellalar halok bo’lganida ajraladigan endotoksin ta’siridan tashqari, mikrobning 
boshqa xususiyatlari xam o’rin tutadi. Salmonellalar og’iz bo’shlig’i va ingichka 
ichakning epiteliy hujayralari ichiga qirish qobiliyatiga va u erda ko’payib, hujayra 
parchalovchi (tsitopatogen) ta’siriga ega ekanligi aniqlangan. Bu esa kasallik 
patogenezida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Salmonellalar ogiz orqali organizmga tushgach, ogiz bo’shligi, ichak shillik 
kavati va limfoid to’qimalar orqali qon va limfaga o’tib, yangi a’zolarga tarqaladi. 
Keyingi bosqichda salmonellalar xujayralar ichiga kirib oladi va ularni kemira 
boshlaydi. Natijada suv va elektrolitlar almashinuvi buziladi. Gastroenterit alomatlari 


yuzaga keladi. Endotoksin ta’sirida va degidratatsiya tufayli yurak-tomir sistemasi 
faoliyati buziladi. Nerv-gumoral boshqarish mexanizmi izdan chiqadi. Bu klinik 
jixatdan intoksikatsiyada degidratatsiya alomatlari bilan namoyon bo’ladi. Keyingi 
bosqichda organizmning ximoya kuchlari ishga tushib, kupincha kasallik tuzalish 
bilan yakunlanadi. 
Klinikasi. Kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 1-2 kungacha. 
Xastalik odatda o’tkir boshlanadi. U engil, o’rtacha og’irlikda va og’ir turda kechishi 
mumkin. Nimjon, chala tug’ilgan, sun’iy ovqatlanadigan bolalarda salmonellez 
ko’pincha ogir o’tadi. Keksa yoshdagilarda xam kasallik ko’pincha og’ir va uzok 
kechadi.Salmonellez ovqat vositasida yuqqan xollarda kasallik ovqatdan zaharlanish 
— toksikoinfektsiya ko’rinishida namoyon bo’ladi. Kasallik engil kechganida 
bemorning umumiy ahvoli kam o’zgaradi. Tana harorati deyarli kutarilmaydi. 
Korinda biroz og’riq bo’ladi, ich buzilib, kuniga 3-5 marta suvdek ketadi. Og’irroq 
xollarda intoksikatsiya va diareya sindromiga xos alomatlar yaqqol ifodalanadi. 
Umumiy loxaslik, ishtaxa yo’qolishi, ko’ngil aynishi, tana xaroratining ko’tarilishi 
intoksikatsiya alomatlari xisoblanadi. Harorat 38-39
0
S gacha, og’ir hollarda — 40°S 
gacha ko’tariladi.Salmonellezda diareya sindromi o’tkir gastroenterit, xatto 
gastroenterokolit alomatlari bilan namoyon bo’ladi. Kisqa muddatli umumiy 
alomatlardan so’ng qusish boshlanadi. U odatda bir necha marta takrorlanadi. Odatda 
biroz keyinroq ich surishi qo’shiladi. Avval ich suyuq holda tez-tez keladi, najas 
o’zgarmaydi. 3-4 martadan so’ng ich suvdek bo’lib, ko’p miqdorda keta boshlaydi. 
Unda shillik, ba’zan qon aralashgan bo’ladi. Ba’zan ich suyuq kelsa ham, unchalik 
ko’p miqdorda bo’lmaydi. Axlat ko’kimtir tusda bo’ladi, Qorin turib-turib "mijig’lab" 
ogriydi. 
Ichburug’dagiga o’xshab tinimsiz qatnash salmonellezda kam 
uchraydi.Kasallik og’ir kechgan xollarda organizmda suvsizlanish (degidratatsiya) 
ro’y beradi. U ko’proq bolalarda uchraydi. Odatda, salmonellezda degidratatsiya II-
III darajagacha boradi. Juda og’ir kechganidagina, degidratatsiya VI darajaga borib, 
gipovolemik shok ro’y berishi mumkin.Bemorni ko’zdan kechirganda, ko’pincha yuz 
va tana terisi oqargan bo’ladi. Paypaslab ko’rganda teri kuruqshab qolgan, elastikligi 
yukolganianiqlanadi. Tomir urishi tana xaroratiga monand ravishda tezlashadi
tarangligi pasayadi. Qon bosimi tushadi. Yurak tonlari bo’giq bo’ladi. Og’irroq 
xollarda boldir mushaklarida tirishish kuzatiladi. Bemor ko’p chanqaydi. Tili qurib 
qoladi, karash bilan qoplanadi.Qorin ba’zida biroz kepchigan bo’ladi. Paypaslab 
ko’rganda qorinda tutash og’riq seziladi. Ayniqsa, kindik atrofida og’riq kuchli 
bo’ladi. Ba’zan jigar kattalashgani aniqlanadi. 
Davolash erta boshlanib, to’g’ri olib borilsa, 2-3 kunda bemorning axvoli 
yaxshilanadi. Kusish, ich surishi to’xtaydi. Najas avval bo’tqasimon bo’lib, keyin 
normal holga keladi. Ishtaxa tiklanadi. 5-6 kunda kuvvatkiradi. Salmonellez bilan 
og’rigan bemorlar shifoxonada o’rta hisobda 7-8 kun yotadi. Ba’zi bemorlarda 
tuzalganidan so’ng bakteriya tashuvchilik holati kuzatiladi. U qisqa muddat va 
surunkali bo’lishi mumkin. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling