Amaliy mashg’ulot: Diareya sindromi bilan kechadigan yuqumli kasalliklar: Dizenteriya, salmonellyoz, vabo


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana29.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1307858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
4 - Nazariy material 5039fe387f04c0dc8750aa7d62e7218a

Klinikasi. Dizenteriyaning yashirin davri o’rta xisobda 2-3 kun (1 kundan 7 
kungacha) davom etadi. Kasallkk to’satdan boshlanadi. Dastlab et uvishib, loxaslik 
paydo bo’ladi. Ko’p vaqt o’tmay isitma ko’tariladi. U odatda 38-39°S dan oshmaydi. 
Ishtaha yo’qoladi, Oradan 1-2 soat o’tgach korinda og’riq paydo bo’ladi. Og’riq 
doimiy bo’lmay, vaqti-vaqti bilan burab og’riydi, keyin biroz kamayadi Ichburug’da 
og’riq asosan kindikdan pastda, ko’proq chap yonboshda his etiladi. Shu bilan bir 
vaqtda yoki biroz kechikib hojat qistaydi. Ko’pincha dastlab ich suyuq holda ko’p 
keladv va patologik aralashmalar bulmaydi. Vaqt o’ggan sari xojat qistashi tezlashadi 
va najas oz miqdorda, kuchanish bilan keladi. Xojatdan so’ng bemor engil tortmaydi. 
Kasallik avjiga chiqqan davrda xojat juda tee qistaydi. Bunda najas massasi g’oyat 
kamayib ketadi, unga shilliq va qon aralashgan, ayrim uxllarda xatto yiringli bo’ladi. 
Ushbu dollatda bemor xalovatini yuqotadi. Hojatxonadan kaytib ulgurmasidan, 
qaytadan hojat qistaydi. Ba’zan borganida xech narsa kelmaydi. U sohta xojat 
qistashi deyiladi Shuningdek, ich kelishi g’oyat qiyinchilik bilan sodir bo’ladi. Bemor 
uzoq vaqt kuchanib o’tiradi. Bu alomat tenezm deyiladi va dizenteriyaga xos 
hisoblanadi. Og’ir hollarda, ayniqsa go’daklarda kuchaniq zo’ridan orqa teshik yirik 
bo’lib qoladi. Kasallikning qanday og’irlikda kechishiga qarab, engil turlarida kuniga 
5-8-10 marta ich surishi kuaatilsa, og’ir xollarda 25-30 marta va undan ortiq bo’.shshi 
mumkin. Ba’zan bemor "hisobdan adashib" xam ketadi. Hojatni tuta olmay qolgan 
xollar xam bo’ladi. Umuman olgaida, ichburug’ o’rta og’irlikda kechadigan xollar 
ko’proq qayd etiladi. Bunda ich surishi kuniga 10-15 martaga boradi. Xastalik avj 
olgan davrda bemorni ko’zdan kechirilganida uning yuzida iztirob alomatlari seziladi. 
Bemor ko’pincha yonboshlab, ikkala qo’lini qorniga qo’ygan holda yotadi. Qorindagi 
og’riq zo’raygan vaqtda yuzi tirishib ketadi, dodlab yuborgudek bo’ladi. Ko’pincha 
tana harorati ko’tariladi, Tomir urishi tezlashadi. Bemorni ko’zdan kechirganda tili 
biroz qurishgan, karash qoplagan bo’ladi. Yurakda taxikardiya eshitiladi. Bemorning 
qorin taranglashgan, paypaslab ko’rilganda yo’g’on ichak yo’nalishi bo’yicha og’riq 
seziladi. Ko’pincha ogriq chap yonbosh soxosi va qovuq ustida kuchli bo’ladi. Chap 
yonbosh sohasida qorin mushaklari ostida tarang tortilgan sigmasimon ichakni 
paypaslab ko’rish mumkin. Tekshirish vaqtida u qattiq og’riydi. Qonda ba’ean biroz 
leykotsitoz, EChT ortgani kuzatiladi. Dizenteriyaning avj olish davri ko’pincha 3-4 
kundan oshmaydi. So’ngra isitma 1-2 kun ichida me’yoriga keladi. Ich kelishi 
kamaya boshlab, dastlab suyuq holda bo’ladi. Keyinchalik, najas odatdagi tusda 
bo’lib, kuniga 1-2 marta keladi. Ich qotishidan 1-2 kun oldin undagi patologik 
alementlar (qon, shilliq) aralashmasi yo’qoladi. Qorindagi ogriq xam kamayib, ich 
yaxshilanishi bilan yo’qola boradi. Bolalar va keksaklarda ichburug’ kasalligi 


ko’pincha og’ir o’tadi. Intoksikatsiya alomatlari yaqqol ifodalangan bo’ladi. Ich 
buzilishi davri 10-12 kungacha cho’zilib ketishi mumkin. Sog’ayish xam ancha 
sekinlik bilan ro’y beradi. Shiga mikroblari ekzotoksin ishlab chiqarishi tufayli, ular 
qo’zg’atgan dizenteriya ko’pincha ogir kechadi. Bunda ichak alomatlaridan ko’ra, 
umumiy ingoksikatsnya kuchli rivojlanadi. Uning ta’sirida yurak-tomir sistemasi 
faoliyati sezilarli darajada buziladi. Qon bosimi pasayadi. Ba’zan kollaps ro’y beradi. 
Intoksikatsiya ta’sirida o’tkir buyrak etishmovchiligi xollari xam uchrab turadi. 
Zonne mikroblari qo’zgatgan kasallik asosan qisqa qusish boshlanishi bilan 
ifodalanadi. Deyarli bir vaqtda yokn biroz keyin ich surishi boshlanadi. Najas 
ko’pincha suvdek suyuq, shilliq va biroz qon aralash bo’ladi. Bemorni ko’edan 
kechirganda tananing suvsizlanish alomatlari aniqlanadi. Qorinni paypaslab 
ko’rganda og’riq ikkala yonbosh soxasi va kindik atrofida xam seziladi. Umuman 
olganda, Zonne shigellalari sababchi bo’lgan ichburug’ni klikik alomatlariga ko’ra 
ovqat toksikoinfektsiyalaridan farqlash oson emas. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling