Amaliy mashg’ulot: Diareya sindromi bilan kechadigan yuqumli kasalliklar: Dizenteriya, salmonellyoz, vabo


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/18
Sana29.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1307858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
4 - Nazariy material 5039fe387f04c0dc8750aa7d62e7218a

Davolash. Ichburug’ bilan og’rigan bemorlar odatda shifoxonaga yotqizib 
davolanadi. Kasallik engil ko’rinishda kechgan hollarda, katta yoshdagi bemor 
xonadonida sanitariya-gigiena talablariga javob beradigan sharoit bo’lsa, uyda xam 
davolanishi mumkin. Bunda joriy dezinfektsiya vaqtida o’tkazib turilishi lozim. Oziq-
ovqat korxonalari, do’konlari, bolalar muassasalarida ishlaydigan bemorlar, kasallik 
qanday og’irlikda kechishidan qatiy nazar, shifoxonaga yotqizib davolanadi. 
Bemorni davolash xar tomonlama asoslangan bo’lishi lozim. Kasallik avj olgan 
davrda osonroq xazm bo’ladigan taomlar buyuriladi (Peazner bo’iicha 4-stol). Sut 
kushilgan ovqatlar tavsiya etilmaydi. Ichak shilliq qavatini qitiqlovchi xom piyoz, 
sarimsoq piyoz, kalampir, o’rik xam to’g’ri kelmaydi. Asal eb turish foydali 
xisoblanadi. 
Kasallik o’rta og’irlikda va og’ir kechgan hollarda etiotrop davolash 
maqsadida antibiotiklar qo’llash mumkin. Jumladan, levomitsetin (0.5 g dan kuniga 4 
maxal), tetratsiklin (0.5 g dan kuniga 4 mahal), intetriks (2 kapsuladai kuniga 3 
maxal) kabi dorilardan birortasi 5 kun davomida beriladi. Zarurat bo’lganida bularga 
ko’shimcha ravishda ftalazol yoki sulgin 1.0g dan kuniga 4 mahal 5 kun davomida 
ichiriladi. Antibiotiklar bo’lar-bo’lmas hollarda tayin qilinishi, davolash kursi 
ko’pincha oxiriga etkazilmasligi tufayli, keyingi paytlarda shigellalar orasida 
antibiotik ta’sir etmaydigan mikrob shtammalri ko’payib bormoqda. Shu xolatni 
yodda tutib, antibiotik faqat zarurat bo’lgandagina qo’llanshsh lozim. Qolaversa, 
antibiotiklar ta’sirida ichak dnsbakteriozi kuchayishini xam unutmaslik kerak. 


Etiotrop davolash vositasi sifatida furazolidon (furadonin) xam keng 
qo’llanadi. Uni 0.1 g dan kuniga 4 maxal 5 kun davomida ichiriladi. Keyingi 
paytlarda dizenteriyani davolashda pektinning 5% li (bolalar uchun 3% li) eritmasini 
3-4 kun ichirish yaxshi naf bermoqda. Bu preparat shigellalarga bakteritsid ta’sir 
ko’rsatib, ichakning normal mikroflorasiga ziyon etkazmasligi isbotlangan. 
Ichburug’ og’ir kechgan xrllarda intoksikatsiyani kamaytirish maqsadida 5% li 
glyukoza, 0.9% li osh tuzi, Ringer eritmalariga askorbin kislotasi (5% li 5 ml) qo’shib 
tomirga tomchilab yuboriladi Bemorning axvoliga qarab. kuniga yuboriladngan 
suyuqlik miqdori 500-1500 ml ii tashkil etadi). Yurak faoliyatini yaxshilash uchun 
kordiamin, strofantnn qo’llanadi. 
Qorindagi og’riqni kamaitirishga 2% li papaverin (2.0 ml), no-shpa (2.0 ml), 
oaralgin (5.0 ml) eritmalaridan muskul orasiga yuborilada. Bemor axvoli kutargan 
xollarda bu preparatlarni tabletka holida berish mumkin. Koringa issiq suv solingan 
rezina xaltachani vaqti-vakti bidan quyib turish xam og’riqni kamaytiradi. 
Yo’g’on ichakda gemorragiya, yaralar bo’lganda davolash xuqnasi qilinadi. Bu 
maksadda 0.2% li furatsillin eritmasi, shyohlar damlamasi, kunjut moyi ishlatiladi. 
Davolash xuqnasi ichak toaalanganvdan so’ng 100 ml dan ortiq bo’lmagan miqdorda 
yuboriladi. Uni yuborgandan keyin bemor 1-2 soat yotishi kerak.Ich uzoq vaqt suyuq 
kelishi daom etgan xollarda vismut bilan tannalbin aralashmasi (0.5 g dan) kukun 
xolida yoki smekta preparati suyultirib ichirilada.Bemor shifoxonadan ich kelishi 
me’yoriga qaytgan, najasni klinik laboratoriyada tekshirganda patologik elmentlar 
yo’qolganidan so’ng, umumiy ahvoli yaxshi bo’lgan, isitmasi tushgan xolda ketishiga 
ruxsat etiladi. Bu orada antibiotik bilan davolash tugaganidan so’ng bir marta 
koprokulturaga olingan (nazorat) taxlili manfiy natija bergan bo’lishi kerak. O’rta 
hisobda ichburug’ bilan og’rigan bemor shifoxonada 9-10 kun yotadi. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling