Amaliy mashg’ulot: Diareya sindromi bilan kechadigan yuqumli kasalliklar: Dizenteriya, salmonellyoz, vabo


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana29.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1307858
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
4 - Nazariy material 5039fe387f04c0dc8750aa7d62e7218a

Profilaktikasi. Dizenteriyaning profilaktikasida aholining suv ta’minotini 
yaxshilash, turar joylarnn ozoda tutish muhim axamiyatga ega. Oziq-ovqat 
tayyorlaydigan korxonalar, sut kombinatlari, bolalar muassasalarida ishni sanitariya-
gigiena talablariga qat’iy rioya qilgan xolda tashkil atish lozim. Kasallik oldini 
olishda pokiza bo’lish juda axamiyatlidir. Shuning uchun aholi orasida keng 
tushuntirish va targ’ibot ishlari olib borish zarur. 
Bemor 
shnfoxonaga 
jo’natilganidan so’ng xonadonida yakunlovchi 
dezinfektsiya o’tkaziladi. Bemor atrofidagi ozik-ovkat tizimi yoki unga 
tenglashtirilgan korxonada ishlaydigan muloqotda bo’lgan kishilar ustidan 7 kun 
muddatga tibbiy nazorat o’rnatiladi. Bu davr ichida najasi bir marta bakteriologik 
tahlil uchun olib tekshiriladi. 
Dizenteriya muttasil ko’p qayd etiladigan qishloqlarda yoe fasli davomida 
bakteriofag vositasida fagoprofilaktika olib boriladi. Dizenteriya bakteriofagi suyuq 
yoki tabletka xolida bo’ladi. Tabletka katgalarga xar 3 kunda bittadan ichirib turiladi. 
Bolalarga esa suyuq bakteriofag shu muddatlarda 5-10 ml dan ichiriladi. 
Salmonellezlar o’tkir ichak kasalliklari orasida muxim o’rin tutadi. Kasallik 
asosan me’da-ichak sistemasining jaroxatlanishi va intoksikatsiya alomatlari bilan 
kechib klinikmanzarasi turlicha namoyon buladi. 
Etiologiyasi. Salmonellyoz qo’zg’atuvchilari juda xilma-xil bo’lib, ichterlama 
va paratif qo’zg’atuvchilaridan farqli ravishda ko’pincha o’tkir gastroenterit 


alomatlari bilan kechadigan kasallik qo’zg’atadi. Salmonellez kasalligining 
qo’zg’atuvchisi dastlab kasal xayvonlardan, keyinchalik bemor odamlardan topilgan. 
Kasallik qo’zg’atuvchisi deb xisoblangan Salmonella enteritidis mikroblarini ilk bor 
1888 yilda Gartner kafsh etgan. Shu davrdan boshlab salmonellalarning juda ko’p 
yangi serovarlari topilgan. Hozirgi kunda salmonellalarning 2600 dan ortiq serovari 
ma’lum. 
Kaufman-Uayt taklif etgan xalqaro tasnif bo’yicha antigen tuzilishiga ko’ra 
salmonellalar kuyidagi asosiy guruxlarga bo’linadi: A, V, S, D, E, G’ va x.k. Odamda 
kasallik qo’zg’atadigan salmonellalar asosan V, S va O guruxlariga mansub. 
Uzbekistonda salmonellezlar 1960 yillardan boshlab chukur o’rganib 
kelinmoqda. Hozirgi kungacha Respublikada V, S, D va Eguruxlariga mansub 
salmonellalarning 100 dan ortiq serovari aniqlangan. Ular orasida eng ko’p 
uchraydiganlari S.tifi murium, S. enteritidis, S.nyuport, S.anatum, S.geydelberg va 
boshqalar hisoblanadi. 
Salmonellalar qayrilgan tayoqcha shaklida bo’lib, uzunligi 1-3mikron, 
yugonligi 0.5 mikron. Tanasida gir aylana joylashgan xivchinlari bor. Ular yordamida 
tez harakat qiladi. Kuchsiz ishqoriy muxit (rN-7.4-7.5) da yaxshi o’sadi. 
Salmonellalar mayda koloniyalar hosil qilib o’sishi o’ziga xos hisoblanadi. 
Mikrob tanasida O-antigen, xivchinlarida N-antigen mavjud. Ba’zi 
serovarlarida O-antigen tarkibida Vi-antigen xam bor. O-antigen tuzilish 
xususiyatlariga qarab, salmonellalar turli serovarlarga bo’linadi. O-antigen 
qizdirishga chidamli. Shu tufayli 2.5 soatgacha qaynatilganida xam parchalanmaydi 
(salmonella mikroblari tushib qolgan xolda saqlangan ovqatni isitib iste’mol qilinsa 
xam, baribir kasallik ro’y berishi mikrobning shu xususiyati bilan bog’liq). N-antigen 
qizdirishga chidamli, 75-100°S da isitilganida, xlorid kislotasi va alkogol ta’sirida tez 
parchalanadi. Salmonellalar tashqi muhitda boshqa ichak guruxi mikroblariga 
nisbatan ancha chidamli. Ular kuruq va past haroratli muhitda yaxshi saqlanadi. Sut 
va sut mahsulotlarida salmonellalar 40 kungacha yashashi mumkin. Go’shtda uy 
sharoitida salmonellalar 15 kungacha, sovutgichda esa 60 kungacha saqlanib turadi. 
Tuxum va undan tayyorlangan maxsulotlarda, non va boshqa ozik-ovqat 
maxsulotlarida ham salmonellalar uzoq vaqt yashashi mumkinligi isbotlangan. Ko’k 
piyoz, bodring va boshka sabzavotlarda 14-15 kungacha saqlanib qoladi. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling