Amaliy mashg’ulot: Diareya sindromi bilan kechadigan yuqumli kasalliklar: Dizenteriya, salmonellyoz, vabo
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
4 - Nazariy material 5039fe387f04c0dc8750aa7d62e7218a
Infektsiya manbaibemor odam xisoblanadi. Ichburug kasalligida bakteriya
tashuvchilarning epidemiologik, axamiyati tif-paratiflaridagidek yuqori emas. Dizenteriyani tarqatishda xastalikning engil turi bilan og’rigan bemorlarning o’rni katta Shigellalar bemor organizmidan iajas bilan ajralib chiqadi. Uning atrofdagilarga tarqalishida idish-tovoq, o’yinchoq va boshqa uy ashyolari muxim axamiyatga ega. Shaxsiy gigienaga e’tibor bermaslik, dizenteriyaning oilada va bolalar muassasalarida shu yo’l bilan oson tarqalishiga sabab bo’ladi. Sut va sut maxsulotlarida shigellalar yoz oylarida juda tez ko’payadi. Ayniqsa Zonne mikroblari uchun sut qulay ozuqa muxiti xisoblanadi. Bunday mahsulotni iste’mol qilish natijasida bir gurux odamlar kasallanadi. Zararlangan sabzavotlar: bodring, pomidor, salat, kuk piyoz, kukatlarni yuvmasdan isge’mol kilganda xam shigellalar organizmga tushib qoladi. Dizenteriya mikroblarining tarqalishida pashshalar xam faol ishtirok etadi. Tarqalish yo’llari va omillaridan qatiy nazar, ichburug’ mikroblari faqat og’iz orqali tushadi. Patogenezi. Kasallikning qaysi yo’sinda shakllanishi va kechishi bir tomondan shigellalarning xususiyatiga bog’liq bo’lsa, ikkinchidan bemor organizminiig xolati va xususiyatlari bilan bog’lik. Dizenteriyada asosiy patologik o’zgarishlar yo’g’on ichakning oxirgi qismlari — sigmasimon va to’g’ri ichakda rivojlanadi. Shu bilan bir qatorda butun me’da-ichak yo’llarida ro’y beradigan o’zgarishlar toksinning ichak nerv-tomir sistemasiga ko’rsatadigan ta’siri bilan bog’liq. Qon tomiri devorlari o’tkazuvchanligining ortishi tufayli, ichak shilliq qavati qizaradi (giperemiya), shilliq qavati bo’rtib chiqadi, Maxalliy qon aylanishi buzilishi oqibatida to’qimaning ayrim joylarida nekroz yuz beradi. Uning ustidagi parda tushib ketgach, yara, xosil bo’ladi. U 1-2 xafta ichida bitadi. Amalda yaralar paydo bo’lishi kam uchraydi. Ko’p xollarda shilliq qavat yalliglanishiga xos alomatlar, ba’zan, mayda kon quyilishi - gemorragiyalar uchraydi. Keyingi yillarda shigellalarning epiteliy xujayrasi ichiga kirish kobiliyati borligi aniqlandi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling