Аmaliy mashgʼulot. Plаstidа xillаri. Xloroplаst, xromoplаst vа leykoplаstlаr mаvjud oʼsimlik аъzolаridаn vаqtinchаlik prepаrаt tаyyorlаsh
Download 19.5 Kb.
|
10 PLАSTIDА XILLАRI XLOROPLАST, XROMOPLАST VА LEYKOPLАSTLАR MАVJUD (1)
Аmaliy mashgʼulot. PLАSTIDА XILLАRI. XLOROPLАST, XROMOPLАST VА LEYKOPLАSTLАR MАVJUD OʼSIMLIK АЪZOLАRIDАN VАQTINCHАLIK PREPАRАT TАYYORLАSH. Ishdan maqsad: Plastidalar tuzilishini oʼrganish Kerakli jihozlar: komp`yuter texnologiyasi, proektor,plakatlar va slaydlar Ishning mazmuni:Plastidalar boshqa hujayra organoidlari kabissitoplazma qatlami kabi (mezoplazma) orasida joylashib, u bilan va boshqa organoidlar bilan yaqin fiziologik munosabatda boʼladi. Yuksak oʼsimliklarning rangli va rangsiz plastidalari shakli odatda disksimon boʼladi. Suv oʼtlarning xromotoforlari esa tayogʼchasimon, lentasimon, yulduzsimon va boshqa shakllarida boʼladi. Yuksak oʼsimlik plastidalarining kattaligi 3-19 mmk ga boradi. Plastidalarni ssitoplazadan qoʼshqavat membranadan tuzilgan poʼst ajratib turadi. Rivojlanishining boshlarida tiniq matriksi ichiga uning ichki membranasidan oʼsib chiqqan bir necha kalta lamellarni va kraxmal donachasini koʼrish mumkin. oʼsimlik hujayrasidagi plastidalarning morfogenezi organizmning rivojlanishi yorugʼlik yoki qoronQilikda borishga bogʼliq (21-rasm) plastidalar boʼlinish va kurtaklanish yoʼli bilan koʼpayadi. Lekin plastidalar rivojlanishining boshida koʼpaymaydi, faqat differentsiyalana boshlangan soʼng koʼpayish qobiliyatiga ega boʼladi. Masalan, prolamellalarda tanachaga ega boʼlgan etioplastlarni va xloroplastlarning boʼlinib koʼpayishi kuzatish mumkin. Yetuk xloroplastlarning qoʼsh qavat membranadan tuzilgan poʼstining ichki membranasi uning oʼrtasidan ichkariga qarab burma hosil qilib bir tomondan sekinroq, ikkinchi tomondan tezroq oʼsib borib stromani va lamellalarni ikkiga ajratib qoʼyadi. Tashqi membrananing bu jarayonda ishtirok qilishi aniqlanmagan. Suvoʼtlarda ham, hujayrasi boʼlinayotganda xromotoforlari boʼlinib koʼpayadi. Leykoplastlar. Plastidalar orasidagi eng maydasi hisoblanadi va rangsiz boʼlib, aniq shaklga ega boʼlmaydi. Leykoplastlarni 1854 yilda Kryuger topgan. Ularning ichki tirik massasi qoʼshqavat membrana bilan qurshalgan boʼlib, ichki strukturasida lamellalar juda oz boʼladi. Lekin leykoplastlar yorugʼlik taʼsirida ichki lamellalar strukturasini rivojlantirib, yashil plastidalarga aylanish hususiyatiga ega. Zapaslanish zarur boʼlgan qandning leykoplastlar stromasida polimerlashib, ikkilamchi kraxmalga aylanishi leykoplastlarning eng muxim hususiyatidir. Leykoplastlar odatda oʼsimlikning yorugʼlik kirolmaydigan, rangsiz toʼqimalarida kuzatiladi. Chunochi, ular meristema toʼqimalarida, sporalarida, gametalarida, urugʼlarida, tugunchalarida,ildizpoya vaboshqa kraxmal toʼplanadigan organlari toʼqimalarida boʼladi. Leykoplastlarni bir pallali oʼsimliklardan trodeskantsiya, orxideya savrinjon va boshqalarning epidermis toʼqimasi hujayralarida ham kuzatish mumkin (etioplasslar). Leykoplastlar mayda boʼlganligidan ularni mikroskopda koʼrish va sonini aniqlash qiyin. Ular ayniqsa hujayra yadrosi atrofida koʼp uchraydi. YOrugʼlik tushadigan organlardagi leykoplastlarda-etioplastlarda odatda kraxmal toʼplana olmaydi. Xromoplastlar. Xromoplastlar oʼsimlikning vegetativ organlari, gullari va meva hujayralarning protoplastida uchraydi va shu organlarga tegishli rang berib turadi. Xromoplastlarning sariq, qizil, jigar rang, toʼq sariq, qoʼngʼir-qizil rangda boʼlishi ularning stromasida xilma - xil karotinoidlarning mavjudligidandir. Karatinoidlar deb ataluvchi pigmentlarlardan karotin (S40N56O) va uning izomerlari, ksantafill (S40N56O2) larni koʼrsatish mumkin. Hozirgi fanga karotinoidlarning 58 turi maʼlum. Turli oʼsimlik xromoplastlaridagi karotinoidlarning turi va ularning miqdoriy nisbatlari turlicha boʼladi. Qizil sabzining har 100 g hoʼl ildiz mevasida 5,4-19,8 mg gacha karotin va ozmiqdorda likopin boʼladi. Xromoplastlar odatda xloroplaslarning oʼzgarishidan, qarishidan hosil boʼladi. oʼoʼr mevalarning pishishida ulardagi yashil xlorofill pigmenlar va granalar parchalanib stromada qisman lamellalar va karotinoid kristallar va adsorbtsiyalangan holida qoladi. Koʼpincha karotinoidlarssitoplazmada erigan holida toʼplanadi. Karotinoidlarssitoplazmada toʼplangan yogʼda erib, ularni sargʼaytiradi. Lekin koʼp mevalarning koʼk, toʼq qizil, pushti rangda boʼlishi xromoplastlardan emas. Chunki ularning sromasida karotinoidlarning koʼp miqdorda toʼplanib, turli shakldagi kristallar hosil qilishlari xromaplastlarning turli shakllarga kirishiga sabab boʼladi. Xloroplastlar ikki qavat membrana bilan chegaralangan boʼlib, membranalar qalinligi 7 nm. Ichki membrana plastida matriksiga yaʼni stromasiga botib kiradi.Ular uzun stroma-lamellalarni va disksimon vakuolalar tilakoidlarni hosil qiladi. Lamellalar bir tekislikda joylashadilar. Tilakoidlar xuddi tangalarni taxlab qoʼyganga oʼx¬shash ustunchalarni hosil qiladilar. Bu ustunchalar granalar deyilib, ulardagi tilakoidlarning soni bir nechtadan 50 tagacha, granalarning soni 40-60 tagacha. Granadagi tilakoidlar bir-biriga zich joylashganligi uchun tashqi membranalarining qavatlari qoʼshilib ketadi. Ti¬lakoidlar lipid va oqsil qavatidan iborat boʼlib, ular orasida xlorofill pigmenti, lipid qavati orasida esa karotinoid pigmentlari joylashadi. Shuningdek, granalar tarkibiga lammelalar ham kiradi. Bularning ham tilakoidlar bilan birikkan joylarida zich qatlam yuzaga keladi. Shu tariqa lammelalar granalarni biriktirish vazifasini bajaradi. Xloroplast stromasida DNK molekulasi, ribosomalar va kraxmal donachalari uchraydi. Xloroplast asosan membranali qurilishga ega boʼlganligi uchun lamelyar tuzilishga ega. Xloroplastning 1-2 % ini karotinoidlar va fermentlar, oz miqdorda RNK va DNK, yogʼ tomchilari va ribosomalar tashkil etadi. Xloroplastning 75 %i suv, 25 % i quruq moddalardan iborat. Kuruq moddalarning 30-45 % ini oqsil, 10 % ini mikroelementlardan magniy, temir, rux, mis birikmalari, 10-15% ini zapas moddalar va 20-40 % ini lipidlar tashkil qiladi. Xloroplast tashqi membranasining yuzasissitoplazmaning yupqa qatlami bilan oʼralgan (peristromium). Taxmin qilinishicha peristromium xloroplastningssitoplazmasi ichida amyobasimon harakat qilishda ishtirok qilsa kerak. Xloroplastlarssitoplazma ichida doim harakatda boʼladi. YOrugʼlik taʼsirida ular hujayra ichidagi oʼrnini oʼzgartirishi mumkin. Kuchli yorugʼlik xloroplastlarda manfiy fototaksisqoʼzgʼatib, ular hujayraning yon devoriga toʼplanadi va oʼzlarining qirralarini yorugʼlik manbaiga qaratdi. Kuchsiz xloroplastlarda musbat fototaksisqoʼzgʼatib, ular hujayraning yorugʼlik manbaiga nisbatan perpendikulyar joylashgan devoriga toʼplanadi va oʼzlarining keng sathini nurga tovlaydi. Buning biologik ahamiyati shundaki birinchi holda xloroplast kuchli yorugʼlikdan kuyib qolishdan saqlansa, ikkinchi holda xloroplast oʼzining keng sathi bilan yorugʼlikdan koʼproq foydalanish imkoniyatiga ega boʼladi. Xloroplastlardagi bir qator oqsillar, fermentlar xlorofil, karotinoidlar lipid va kraxmalning sintezi yadroning genetik nazorati ostida boʼladi. Bu esa xloroplastlarning avtonomligi nisbiyligini isbotlaydi. Organik moddalarni quyosh energiyasi hisobiga sintezlanib borishi fotosintez jarayonidir. Fotosintez faqat fotosintezlovchi hujayralardagina mavjud boʼlgan ixtisoslashgan oʼziga xos organoidlar-xloroplastlarda oʼtadi. Xloroplastlarda xlorofill pigmenti boʼlib, u yordamida oʼsimliklar yorugʼlik nurini yutib uni kimyoviy energiyaga aylantiradi. Lekin fotosintez koʼp bosqichli murakkab jarayon. Bu jarayonda anorganik uglerodning past energiyali oksidlangan shakli (SO2) dan energiyaga boy qaytarilgan uglerod-uglevod glyukoza sintezlanadi. Reaktsiya natijasida molekulyar kislorod ham hosil boʼladi. Bu bizning sayyoramizda kislorodning biridan bir manbaidir. Fotosintez jarayonida hosil boʼlgan mahsulotlarni fotosintezlamaydigan barcha organizmlar isteʼmol qiladilar. Yashil suvoʼtlarning xloroplastlari ichki membranasi burmalarni xosil qiladi, lekin granalari yoʼq . Xromatofor tarkibida pirenodlar uchraydi. Ularda sintezlangan kraxmal toʼplanadi. Fotosintezlovchi bakteriyalarda membranasi ichki burmalarni hosil qilib bular xam xromatofor deyiladi va oʼzida bakterioxlorofill pigmentini tutadi. Plastidalarning hosil boʼlishi va kelib chiqishi haqida fanda ancha maʼlumotlar yigʼilgan. Yashil suvoʼtlari spirogira va xlamidomonadalarda xromatofori uzayib ikkiga boʼlinish orqali koʼpayadi. Yuksak oʼsimliklarda ham xloroplastlarning oʼzidan koʼpayishi kuzatiladi, lekin kam hollarda. Xloroplastlar sonining ortishi va boshqa xildagi plastidalarning hosil boʼlishi asosida proplastidalar yotishi aniqlangan. Proplastida —►leykoplast—► xloroplast—»■ xromoplast. Plastidalarning hosil boʼlishi va kelib chiqishi haqida fanda ancha maʼlumotlar yigʼilgan. Yashil suvoʼtlari spirogira va xlamidomonadalarda xromatofori uzayib ikkiga boʼlinish orqali koʼpayadi. Qorongʼida proplastidalarning rivojlanishi oʼzgacha. Аvval plastidaning hajmi ortib ichki membranasi lamellalarni emas, mayda bir joyga toʼplanadigan pufakchalarni hosil qiladi. Hujayralarga yorugʼlik tushganda pufakchalardan tezda lamellalar va tilakoidlar rivojlanadi. Nazorat savollari 1. Hujayra plastidalarining taʼrifi 2. Hujayra plastidalarining guruhlari 3.Hujayra plastidalarining ul`trastrukturaviy tuzilishi. 3. Hujayra plastidalarining kimyoviy tuzilishi. 4. Leykoplastlar 6. Xloroplastlar 7. Plastidalarda fotosintez metabolizmining amalga oshishi 8. Fotosintetik pigmentlar Download 19.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling