amaliy mashg’ulot. Tut bargining tuzilishi soat
Download 76.93 Kb.
|
Tutchilik va ipakchilik amaliy.majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zarur preparatlar.
- Ishni bajarish tartib
Kerakli jihozlar. psixometr; termometr; termograf; gigrograf; protveynlar va kutichalar tayyorlash uchun qog’ozlar; QOG’OZdan va tuldan qilingan vaqtincha va doimiy s’yomniklar; nazorat tortishda yoki jonlangan qurtlarni tortishda ishlatiladigan tarozi, toshlari bilan; faner yoki karton; xarorat, namlik va tarkatiladigan qurtlarni yozib borish uchun foydalanadigan inkubatsion vedomost blankalari.
1 - ish. Tut ipak qurti embriologiyasi. Tuxumda embrionning xosil bo’lishi va rivojlanishi bilan tanishish. Zarur preparatlar. Monovoltin (kishlovchi) va bivoltin (uz-uzidan jonlanuvchi) zotlarning tuxumlari, tuxum ichida embrion rivojlanishi turli xil bosqichlarining mikropreparatlari, tuxum ichida embrion diskining xosil bulishi, embrion yaprokchalarining xosil bo’lishi va embrionning urug ichida rivojlanish bosqichlari tasvirlangan tablitsa va preparatlar. Ishni bajarish tartib: Qishlovchi urug’ning 3 ta rivojlanish davri bilan tanishish. Birinchi, tuxum ichida embrion diski xosil bo’lish davri. Blastomerlik bosqich: embrion pardasi va embrion disk xosil bo’ladi; sariqlik xujayralari o’rtasida botib kirgan embrion diskiga, ikkinchi - diapauza tinchlik davriga e’tibor bering. Uchinchi davr urugning baxorgi rivojlanishi, embrion yaprokchalarining xosil bo’lishini kuzating. Dastlabki egatcha, yuqori va o’rta embrion yaprogining xosil bo’lishini, embrionning shakllanishini kuzating. Buyalgan tayyor mikropreparatlarda urugda embrionning 13 ta rivojlanish bosqichi bilan tanishing, bir - biridan farqini aniqlang. Kuzatganlaringizni rasmini chizing. Asosiy tushunchalar: Ipak qurti embriologiyasi. Embriologiya- grekcha suz bo’lib, yembro-embrion (murtak), logos-ta’limot degan ma’noni bildirib, embrionning rivojlanishi tugrisidagi fandir. Ammo bunday tarif xozirgi zamon embriologiya fanining to’liq ma’nosini ifodalamaydi, chunki u nafaqat embrionning rivojlanishini, balki u organizmda jinsiy organlarni shakllanishi va ularda jinsiy xujayralarning xosil bo’lishi va rivojlanishi, tuxumning otalanishi, tuxumda embrionning xosil bo’lishi va uning rivojlanib tuxuidan chikishi (tirik bola tuguvchi xayvonlarda esa bolaning bugilishi)gacha bulgan jarayonlarni urgatadi. Embrion rivojlanishning birinchi davri. Kapalak tuxum kuyganidan taxminan uch soat utgach tuxum yadrosi bo’linib ikki, to’rt, sakkiz, o’n olti, o’ttiz ikki va xokazo yadrochalar- blastomerlar xosil qiladi. Blastomerlarning soni ortib borgan sari ularning bir qismi porotoplazmaning yadroga yondoshib turgan joyi bilan birga tuxum chetiga chikib ketadi, bu yerda ular bo’linishda davom etib, embrion pardasini xosil qiladi. Yon tomonlarning birida embrion pardasi uzunroq xujayralarning bir vaqtidan iborat yullar ko’rinishida yugonlashgan joy xosil bo’ladi. Ana shu yugonlashgan joy embrion diski xisoblanadi. Embrion diski notugri to’rtburchak shaklida bo’lib, u kapalaklar tuxum kuygandan 16-18 soat utgach xosil bo’ladi. Embrion rivojlanishining ikkinchi davri. Embrion rivojlanishning bu davri diapauza davri deb ataladi va eng uzok vaqt davom etadi. Qishlovchi uruglardan bu davr 9-9,5 oygacha davom etadi. Diapauza davri butasmom tinch utishi bilan xarakterlanadi, bu davr mobaynida urugning tashqi nafas olish jrayoni pas darajada bo’ladi, embrion o’sish va rivojlanishdan tuxtaydi. Tut ipak qurti urugining diapauza davri erkak va urgochi kapalaklar juftining tomoq osti gangliylari faoliyati natijasida paydo bo’ladi. Tomoq osti gangliylari, ayni vaqtida, ichki sekresiya bezi xam xisoblanadi. Bu bez diapauza garmoni chiqara oladi. Diapauza garmoni chikish jarayonini tomoq osti nerv tugunlari (miya) boshqaradi. Diapauza garmoni qurt g’umbakka aylanadigan taxminan ikki kecha-kunduz utgach 24-25 xaroratda ajraladi. Monovoltin zot ipak qurtlarida «miya» garmon ajralib chikishiga qarshi ta’sir kursatmaydi, shuning uchun bunday zot qurtlarida diapauza xamma vaqt urg’ochi va erkak kapalaklar juftining yashash sharoiti bilan bog’liq bo’lmagan holda paydo bo’ladi. Bivoltin zot ipak qurtlarida urug’ ochirish davrida miya past xarorat ta’sirida tomoq osti gangliysini sekret ajratib chiqarish funksiyasiga qarshi ta’sir kursatadi. Bunday holda diapauza garmoni ajralib chikmaydi va urg’ochi kapalak qurt urug’lari uz-uzidan jonlanadigan bo’lib qoladi. Embrion rivojlanishining uchinchi davri - urug’ning baxorgi rivojlanishi. Urug’ning diapauza davri tamom bulgandan keyin, baxorda urug’ rivojlanishining uchinchi davri boshlanadi, bu davr sharoitga qarab 10-12 kun davom etadi va urug’dan qurt chiqishi bilan tugallanadi. Baxorgi davrning boshlarida embrion bir qavat xujayralardan iborat chuzik plastinka xolida bo’ladi. Embrion plastinkasining oxirida kupakchalar shaklidagi kengaygan joyi bor. Urug’da embrionning rivojlanish bosqichlari. Urug’ embrion rivojlanishning tut daraxti qurtagining o’sishiga bog’lab olib borish yoki inkubatsiyaka qo’yilgan urug’larni muddatidan ilgari yoki kech jonlanayotganini bilish maqsadida embrionni rivojlanish bosqichlarini bilishimiz zarur. Urug’ning baxorgi rivojlanish davrida embrion tuxum ichida 14 ta bosqichda rivojlanadi. Xar bir bosqichda embrion ma’lum morfologik belgilarga ega bo’ladi. Rivojlanish bosqichlari ana shu belgilarga qarab aniqlanadi. 2 - ish. Urugni jonlantirish va jonlangan qurtlarni tarkatish. Download 76.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling