amaliy mashg’ulot. Tut bargining tuzilishi soat
Download 76.93 Kb.
|
Tutchilik va ipakchilik amaliy.majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zarur preparatlar.
- 11- Amaliy mashg’ulot.Ipak qurti urug’ini jonlantirish, tortish va tarkatish. 2 soat
Zarur preparatlar. 5-yoshdagi tirik yoki fiksatsiyalangan tut ipak kqurtlari, maket-mulyaji, bel naychasi, chiqarish sistemasi, yog’ tanachasi va nerv sistemasining tayyor mikropreparatlari va tablitsalari.
Ishni bajarish tartibi. 3-yoshdagi ipak qurtini yorib yelka tomonidan teri ostida joylashgan bel naychasini toping, umumiy ko’rinishi, qanotsimon muskullari, "xaqiqiy yuragi" ni kuzating, plakatlardan qonning tarkibi va qonning harakatiga e’tibor bering. Turtinchi va beshinchi yoshning boshida fiksatsiyalangan yoki maketdan ichakning ikki yon tomonida joylashgan kilsimon ko’rinishga ega bulgan malpigi naychalarini topib, ularning tanada joylanish tartibi, soni, tashqi belgilari bilan tanishing. 5-yoshdagi yorilgan qurtdan teri muskullari ostida joylashgan tashqi va ichak atrofida joylashgan yog’ tanachalarini topib, joylashgan o’rni, shakli va tuzilishiga e’tibor bering. Fiksatsiyalangan 5 yoshdagi ipak qurti yoki maketdan qorin tomonida muskullarga yopishib turgan va qorinni o’rta chizig’ida joylashgan qilsimon nerv tolalarini topib, nerv zanjirlarining tanadagi joylashish tartibi, ranggi, xar bir bo’g’imda joylashgan nerv tugunlari va ulardan tarqalgan tolalari, bosh qismdagi tomoq osti va tomoq usti nerv tugunlarini kuzating. Kuzatganlaringiz asosida rasm chizing. Tut ipak qurtining ipak ajratuvchi bezlari. Zarur preparatlar. Turli yoshdagi fiksatsiyalangan tut ipak qurtlari, maketi, ipak bezining buyalgan gistologik preparati, ipak ajratuvchi bez, sikuvchi apparat naychasi va ipak ajratuvchi bezning tuzilishi tasvirlangan plakatlar. Ishni bajarish tartibi. Beshinchi yoshdagi ipak qurtining uzidan yoki maketidan ipak ajratuvchi bezlarni toping, uning fibrion hosil qiluvchi qismi, suyuklik pufakchasi va ipak chiqaruv yullarini aniqlab, ularning dar birini joylashgan o’rni, tanaga madkamlanishi, nafas tolalarining kelib tutashishi damda ipak bezining barcha tashqi belgilarini aniqlang. Ipak qurti sikuvchi apparatining tuzilishi bilan tanishing. Mikroskop ostida sikuvchi apparat, tok chiqaruvchi yullar, juft ipak yulini, tok ipak yuliga aylangan joyida joylashgan bir juft shingilsimon "lione" bezi, suyuklik pufakchasi chegarasidagi dujayralarini kuzating. Turli yoshdagi ipak qurtidan tayyorlangan, tayyor bulgan gistologik preparatlarni mikroskop ostida kuzatib, ipak ajratish bezining katta-kichikligini va farqlarini aniqlang. Yorilgan ipak qurtidan ipak ajratuvchi bezlarini chiqarib ; olib, suyuklik pufagidan chiqadigan suyuklikning yopishqoqligi va chuziluvchanligini aniqlang. Kuzatganlaringiz asosida rasm chizing. Asosiy tushunchalar: Ipak qurtlari asosan oddiy: zebrasimon, gilamsimon, ko’p oysimon, baxmalsimon va oq rangli bo’ladi. Bundan tashkari tabiatda kul rang sarg’ish, kukish-yashil va boshqa ranglardagi qurtlar dam uchraydi. Qurt tanasining odatdagi rangi oq bo’lib, ikkinchi va beshinchi bo’g’imlarida ikki juftdan yarimoysimon dog’i bor. Ipak qurtlari tanasining rangi terining dujayrali qavatidagi va qonining tarkibidagi pigment moddalarga bog’liq. Xayvonlarning hamma xarakatlari muskullar yordamida amalga oshiriladi. xayvonlarda silliq va ko’ndalang-targ’il, Xasharotlarda esa faqat ko’ndalang-targ’il muskullar mavjud. xasharotlarning muskullari tuzilishi jixatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Umurtkali xayvonlarda muskul tolalari biriktiruvchi to’qima qavati bilan qoplangan bo’lib, ayrim guruxni tashkil qiladi va turlicha kuchga ega bulgan muskullar tuplamini xosil qiladi. Hasharotlarda esa xar bir muskul tolasi bir biridan aloxida- aloxida joylashgan. Muskul bog’lamlarining ayrim birikmalari umumiy yoki aloxida paylar yordamida biror nuqtaga birikadi va bundan yelpotich xolida chikib, qarama-qarshi tomonlarda joylashgan bir nechta nuqtaga birikadi. Ipak qurtlarida to’g’ri chizik buylab joylashgan muskul tolalari paylar orqali terining ikki qarama-qarshi nuqtasiga birlashgan. Paylarning uchlari teri qoplamining ichki qavatidan utadi va kutikulaga birikadi. Bu yerda u teri qavati bilan birga tayanch sistemasini xosil qiladi. Ko’krak va qorin bo’g’imlarida uch qavat: tashqi, o’rta va ichki muskullar joylashgan. Tashqi qavat kundalang muskullardan, o’rta qavat qiyshiq va ichki qavat uzunasiga joylashgan muskullardan iborat. Vazifasiga kura eguvchi, bukuvchi, uzatuvchi, buruvchi, tushuruvchi va b. Muskullar bo’ladi. Tashqi qavatning qisqa muskullari tana bo’g’imlarining chekkalaridan egadi, ular tashqi o’simtalarni eguvchi va bukuvchi, traxeyalarni bog’lab turuvchi, nafas teshiklari orasining qisuvchi muskullardir. o’rtadagi muskullar tanani yon tomonga egadi. Ichki qavatdagi uzunasiga ketgan muskullar bir bo’g’imdan ikkinchi bo’g’imga utadi, ya’ni ularning uchlari qo’shni bo’g’imlarda joylashgan nuqtalarga birikadi, bu muskullar qisqarganda bir bo’g’im ikkinchisiga tomon chuziladi, bular bir tomonlama qisqarganda qurt tanasi bir tomonga bukiladi. qurtda xammasi bo’lib, 268 ta kundalang, 168 ta qiyshiq va 110 ta uzunasiga ketgan muskul bo’lib, ularning ish faoliyati uzaro bog’liq. Qurtning bosh tomonida uning o’simtalari, muylovi, jag’lar, ostki lab, paypaslagichlar va boshqalarni xarakatga keltiruvchi muskullar joylashgan. Ovqat xazm qilish sistemasida ichakning buylama (uzunasiga) va xalkali muskullari, xamda yurak ish faoliyati bilan bog’liq bulgan qanotsimon muskullar mavjud. Muskullarning ishlashi nerv sistemasi faoliyati bilan bevosita bog’liq, shuning uchun muskullarda nerv tugunlari juda ko’p bo’ladi. Muskullar ishlayotgan vaqtda juda ko’p oziq moddasi va kislorod talab qiladi. Shuning uchun xam ularga juda ko’p midqorda mayda nafas tolalari-traxeolalar tutashgan, bundan tashkari xar bir muskulga gemolimfa okib keladi va undagi oziq moddalar biriktiruvchi to’qima pardasi orqali utadi. Voyaga yetgan (imago) davridagi xasharotning gavda bo’shlig’i ichki organlari bilan tuldirilgan bo’lib, ikki yupqa tusik parda-diafragma yoodamida uchta ketma-ket joylashgan bo’limga yoki sinusga bo’linadi. Uni kundalang kesik ko’rinishida yaxshi ajratish mumkin. Ustki diafragma-tana bo’shlig’ini utki yoki kardial old, ya’ni yurak old bo’limiga ajratadi, bu bo’limda qon aylanish organi, bel naychasi joylashgan. Ostki diafragma esa ostki yoki neyral old, ya’ni nerv oldi bo’limiga ajratadi. Bu bo’limda markaziy nerv sistemasining qorin nerv zanjiri joylashgan. Ustki va ostki diafragmalar oraliki keng, o’rta yoki visseral bo’limnm hosil xiladi. Bu bo’limda yog’ tanachalari, ovqat xazm qilish sistemasi va kupayish organlari joylashgan. Nafas olish sistemasi xavo utkazish paylari, traxeya va traxeolalardan iborat bo’lib, mayda qilsimon traxeolalar barcha ichki organlarga yetib borib, butun gavda bo’shlig’ida tarmoklangan bo’ladi. yog’ tanachalari ipak qurtining o’rta bo’shlig’ida, ya’ni muskullar bilan ovqat xazm qilish organi oralotidagi bushlikni tuldirib turadi. yog’ tanachalari asosan ustki teri qoplamiga yaqin joyda va ichki-ovqat xazim qilish sistemasining atrofida joylashgan tanachalardan iborat bo’ladi. Ustki yog’ tanachalari aniq bo’lmagan yaprokchasimon yoki tasma shaklida tuplangan bo’lib, xujayralari parrakchalarga uxshash, nisbatan yirikrok, kattaroq yadroli bo’ladi. Ichki yog’ tanachalari ichakka yaqin joylashgan. Parrakchalar tuzilishi jixatidan xujayralari mayda, yumalok yadroli, oqish, ustki yog’ tanachalari esa och sarg’ish rangda bo’ladi. yog’ tanachalarining parrakchalari asosiy traxeya nayi buylab yotuvchi naylar shakliga uxshash bo’ladi. Qurt o’sgan sari yog’ tanachalari kupayib xujayralarning kengayishi xisobiga kattalashib boradi. yog’ tanachalarida murakkab ximiyaviy jarayonlar sodir bo’lishi xisobiga ularda turli moddalar tuplanadi. Shuning uchun bu organ organizmning uziga xos «omborxonasi» bo’lib, asosiy funksiyasi-xasharotlarning kelajagidagi oziqlanmaydigan davrlari uchun oziq moddalar tuplashdan iborat. yog’ tanachasining ustki qismi gemolimfani siydik kislotadan tozalaydi, ichki qismi esa asosan oziq moddalar tuplaydi. 11- Amaliy mashg’ulot.Ipak qurti urug’ini jonlantirish, tortish va tarkatish. 2 soat Download 76.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling