Amaliy mashg‘ulotlar -amaliy mashg‘ulot: soat


Download 1.03 Mb.
bet6/55
Sana09.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1695838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot Oliy asab

1-topshiriq. Neyronlarning klassifikatsiyasi va neyronlarning tuzilishini haqidagi fikringiz.
2-topshiriq.Mavzuni BBB metodi orqali tushuntirib bering.

B

B

B












Amaliy mashg‘ulotlar
3-amaliy mashg‘ulot: Nerv tolalari
Amaliy ish rejasi:
1. Nerv tolalarini o’rganish.


Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Nerv tolalarini haqida talabalarga ma’lumot berish.
Ta’lim metodlari: Amaliy usullar, texnologiyalar, BBB metodi.
Ta’lim vositalari: Tayanch matn, o‘quv qo‘llanmalar, ekspert tоpshiriqlar, markerlar
Kutilayotgan natija: Nerv tolalarini umumiy tuzilishi xaqida talabalarda tushunchalarni paydo qilish.
Bajariladigan ishning mazmuni:
Kichik ma’ruza:
Periferik nerv tizimi
Periferik nerv tizimi tarkibiga bosh va orqa miya nervlari, bosh va miya nervlarining sezuvchi tugunlari va ulaming shoxlari kiradi. Uning asosini bosh va orqa miyada hamda nerv tugunlarida joylashgan nerv hujayralarining o'simtalari hosil qiladi. Ular impulslami periferiyadan markazga (sezuvchi), markazdan tana mushaklariga (harakatlantiruvchi), markazdan ichki a’zolarga, qon tomirlar va bezlarga olib boruvchi (vegetativ) tolalardan iborat. Nervlar bosh va orqa miya, shuningdek nerv tugunlarida joylashgan nerv hujayralarining o'simtalaridan iborat. Ular tashqi tomondan tarkibida kollogen va elastik tolalari bo'lgan yumshoq biriktiruvchi to'qimali parda – epinevriy bilan o'ralgan. Unda qon, limfa tomirlar, ulami innervatsiya qiluvchi nervlar va yog' hujayralari joylashgan. Epinevriy ostida yupqa parda-perinevriy bilan o'ralgan nerv dastalari joylashadi. Nerv dastalari o'z navbatida yupqa biriktiruvchi to'qimali parda - endonevriy bilan o'ralgan nerv hujayralarining
o'simtalari yig'indisidan iborat. Periferik nerv tuzilishida ikki xil variant tafovut qilinadi: l.Kam dastali nerv ingichka bo'lib, kam sonli yirik dastalardan tuzilgan, dastalarda tolalar zich joylashgan bo'ladi. 2.Ko'p dastali nerv yo'g'on, uni hosil qiluvchi dastalar kichik, nerv tolalari bo'sh joylashgan. Nervlardagi nerv tolalarining miqdori nervning qalinligi va innervatsiya sohasiga bog'liq.3

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling