Amaliy mashg‘ulotlar -amaliy mashg‘ulot: soat
Download 1.03 Mb.
|
Amaliy mashg\'ulot Oliy asab
Orqa miya nervlari
Orqa miya nervlari (nn. spibales) ofqa.miyadan chiquvchi ikki ildizdan hosil bo'lgan nerv poyalaridan iborat. Ular juft bo'lib, metamer joylashgan. Odamda 31 juft orqa miya nervlari bo'lib, 8 ta bo'yin, 12 ta ko'krak, 5 ta bel, ta dumg'aza va 1 ta dumnervlariga bo'linadi. Orqa miya nervlari aralash tolalardan iborat ba'Hb, tarkibida. Sezuvchi т afferent va harakatlantiruvchi - efferent tolalari bo'ladi. Orqa miya nervlarining orqa ildizi (sezuvchi) (radix posterior) orqa miya tugunida joylashgan soxta uni polyar hujayralaming markaziy o'simtalaridan iborat. Oldingi ildizi (harakatlantiruvchi) (radix anterior) orqa miyahing oldingi shoxi hujayralarining aksonlaridan iborat. Oldingi va orqa ildizlar o'zaro qo'shilib, orqa miya nervi poyasini (truncus nervi spinalis) hosil qiladi va umurtqalararo teshikdan chiqqanidan so'ng to'rtta: oldingi shox (r.anterior), orqa shox (r. posterior), orqa miya pardasiga boruvchi shox (r. memngeos) ga bo'linadi. Qo'shuvchi shox (r. communicans) VIII bo'yin, barcha ko'krak va yuqorigi ikkita bel segmentlari sohasidan chiqadi. Ular simpatik tugunlarga boruvchi preganglionar tolalami hosil qiladi. Orqa miya nervlarining oldingi va orqa shoxlari I bo'yin nervining orqa shoxidan tashqari aralash tolalardan iborat. Ular skelet mushaklarini va terini innervatsiya qiladi. Meningial shox umurtqa kanaliga qaytib kirib, orqa miya pardalarini innervatsiya qiladi.- Orqa miya'nervlarining orqa shoxlari Orqa miya nervlarining orqa shoxlari .{rr.posterior) metamer joylashib, umurtqalaming ko'ndalang o'simtalari orasidan o'tib orqa tomonga yo'naladi. Ular (I bo'yin, IV va V dumg'aza va dum nervlaridan tashqari medial (r.medialis) va lateral (r. lateralis) shoxlariga bo'linadi. I bo'yin nervining orqa shoxi ensa osti nervi (n. suboccipitalis) nomi bilan ensa suyagi va atlantni o'rtasidan chiqib m. rectus capitis major et minor, m. semispinalis capitis, id; obliqui capitis superior et inferior lami innervatsiya qiladi. II bo'yin nervining orqa shoAi katta ensa nervi (n. occipitalis major) I va II bo'yin umurtqalari orasidan chiqib, ensa terisini va m.semispinalis capitis, m.splenus capitis et cervicis, m.longissimus capitis iarni innervatsiya qiladi - Qolgan bo'yin, ko'krak, bel, dumg'aza va orqa miya nervlarining orqa shoxlari orqaning chuqur mushaklari va terisini innervatsiya qiladi. Uchta ustki bel orqa miya nervlarining orqa shoxlarining lateral teri tarmoqlari ustki dumba nervlarini (nn. clunium superiores) hosil qilib, dumbaning yuqori qismi terisini innervatsiya qiladi. Uchta ustki dumg'aza nervlarining lateral tarmoqlari o'rta dumba nervini (nn. clunium medii) hosil qilib, katta dumba mushagini teshib chiqadi va dumba terisini innervatsiya qiladi. IV'- V dumg'aza va dum nervlarining orqa shoxlari n. anacoccygei ga qo'shilib ketadi. Orqa miya nervlarining oldingi shoxlari Orqa miya nervlarining oldingi shoxlari, orqa shoxlariga nisbatan uzun va yo'g'on. Ular bo'yin, ko'krak, qorin, qo'lva oyoq mushaklari hamda terisini innervatsiya qiladi. Qorin terisini pastki qismi tashqi tanosil a’zolarining taraqqiyotida qatnashgani uchun, tashqi tanosil a’zolari terisini ham orqa miya nervlarining oldingi shoxlari innervatsiya qiladi. Orqa miya nervlarining metamer tuzilishi faqat ko'krak qismida saqlanib qolgan bo'lib, qolgan qismlarda ular o'zaro qo'shilib chigallar hosil qiladi. Bu chigallarda nerv tolalari bir-biri bilan aralashib ketadi va har bir periferik nerv tarkibida orqa miya nervlarining bir nechta shoxidan keluvchi tolalar bo'ladi. Odamda bo'yin, yelka, bel, dumg'aza va dum chigallari tafovut qilinadi. Bo*yin chigali Bo'yin chigali (plexus cervicaiis) to'rtta yuqori bo'yin (C, - C^) nervlarining oldingi shoxlaridan hosil bo'ladi. Chigal to'rtta yuqori bo'yin umurtqalari sohasida bo'yinning chuqur mushaklarining (kurakni ko'taruvchi, o'rta narvonsimon va boshning tasmasimon) oldingi lateral yuzasida, to'sh- o'mrov-so'ig'ichsimon mushakning orqasida joylashadi. Uning shoxlari uch: sezuvchi, harakatlantiruvchi va aralash guruhga bo'linadi. I. Sezuvchi shoxlari quyidagilar: 1. Ensaning kichik nervi (n. occipitalis minor) to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mushakning orqa chekkasidan chiqadi. Mushakning orqa chekkasi bo'ylab yuqoriga ko'tarilib, ensa sohasining pastki lateral qismi terisini va quloq suprasining orqa yuzasi terisini innervatsiya qiladi. 2. Quloq suprasi terisini innervatsiya etadigan katta nerv (n. auricularis magnus) sezuvchi shoxlaming eng kattasi. To'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mushakning lateral tomonidan qiyshiq yo'nalib, quloq suprasi va tashqi eshituv yo'li terisini innervatsiya qiladi. 3. Bo'yinning ko'ndalang nervi (n. transversus colli) to'sh-o'mrov- so'ig'ichsimon mushakning orqa chekkasidan chiqib, oldinga tomon ko'ndalang yo‘nalib, yuqori va pastki shoxlaiga (rr.superiores et inferiores) bo'linadi. U bo'yinning oldingi va tashqi sohasi terisini innervatsiya qiladi. Nervning yuqori shoxlaridan bittasi yuz nervining bo'yin shoxi bilan qo'shilib, yuza bo'yin sirtmog'ini hosil qiladi. 4. O'mrov usti nervi (nn. supraclaviculares) 3-5 ta bo'lib, to'sh-o'mrov- so'rg'ichsimon mushakni orqa chekkasidan chiqadi. Bu nervlar joylashishiga qarab medial, oraliq va lateral o'mrov usti nervlariga (nn. Supraclaviculares mediates, intermedii et lateralis) bo'linadi. O'mrov usti nervlari pastga va orqaga qarab yo'nalib, deltasimon va katta ko'krak mushagi sohasi terisini innervatsiya qiladi. 2. Harakatlantiruvchi (mushak) shoxlari chigal atrofida joylashgan mushaklami: m. longus colli, m.Iongus capitis, nun. scaleni anterior, medius, posterior, mm. recti capitis anterior et lateralis, m. intertransversari anteriores, m. levator scapulae innervatsiya qiladi. Harakatlantiruvchi shoxlardan radix inferior ansae cervicalis, til osti nervidan chiquvchi radix superior bilan qo'shilib, bo'yin sirtmog'ini (ansa cervicalis) hosil qiladi. Uning shoxlari til osti suyagidan pastda joylashgan (to'sh-til osti, to'sh-qalqonsimon, kurak-til osti, qalqonsimon-til osti) mushaklami innervatsiya qiladi. Bundan tashqari bo'yin chigalidan to'sh- o'mrov-so'rg'ichsimon va trapetsiyasimon mushaklarga ham shoxlar chiqadi. Aralash shoxga diafragma nervi (n. phrenicus) kiradi. Bu nerv III-IV bo'yin nervlarining oldingi shoxlaridan hosil bo'lib, oldingi narvonsimon mushakning oldingi yuzasi bo'ylab pastga tushadi. Ko'krak qafasining ustki aperturasi orqali o'mrov osti arteriyasi va venasi o'rtasidan ko'krak qafasiga kiradi. Ko'krak qafasida o'pka ildizining oldidan, perikard bilan mediastinal plevraning o'rtasidan o'tib, diafragmada shoxlanadi. Uning harakatlantiruvchi tolalari diafragmani, sezuvchi tolalari plevra va perikardni innervatsiya qiladi. Uning sezuvchi diafragma-qorin shoxlari (rr. phrenicoabdominales) qorin bo'shlig'iga o'tib diafragmani qoplagan qorinpardani innervatsiya qiladi. O'ng diafragma nervi tolalari jigar kapsulasida tugaydi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling