Amaliy mashg‘ulotlar -amaliy mashg‘ulot: soat
Orqa miya nervlarining oldingi shoxlari
Download 1.03 Mb.
|
Amaliy mashg\'ulot Oliy asab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo’yin chigali
Orqa miya nervlarining oldingi shoxlari
Orqa miya nervlarining oldingi shoxlari, orqa shoxlariga nisbatan uzun va yo'g'on. Ular o'yin, ko'krak, qorin, qo'lva oyoq mushaklari hamda terisini innervatsiya qiladi. Qorin terisini pastki qismi tashqi tanosil a’zolarining taraqqiyotida qatnashgani uchun, tashqi tanosil a’zolari terisini ham orqa miya nervlarining oldingi shoxlari innervatsiya qiladi. Orqa miya nervlarining metamer tuzilishi faqat ko'krak qismida saqlanib qolgan bo'lib, qolgan qismlarda ular o'zaro qo'shilib chigallar hosil qiladi. Bu chigallarda nerv tolalari bir-biri bilan aralashib ketadi va har bir periferik nerv tarkibida orqa miya nervlarining bir nechta shoxidan keluvchi tolalar bo'ladi. Odamda bo'yin, yelka, bel, dumg'aza va dum chigallari tafovut qilinadi. Bo’yin chigali Bo'yin chigali (plexus cervicaiis) to'rtta yuqori bo'yin (C, - C^) nervlarining oldingi shoxlaridan hosil bo'ladi. Chigal to'rtta yuqori bo'yin umurtqalari sohasida bo'yinning chuqur mushaklarining (kurakni ko'taruvchi, o'rta narvonsimon va boshning tasmasimon) oldingi lateral yuzasida, to'sh-o'mrov-so'ig'ichsimon mushakning orqasida joylashadi. Uning shoxlari uch: sezuvchi, harakatlantiruvchi va aralash guruhga bo'linadi. I. Sezuvchi shoxlari quyidagilar: 1. Ensaning kichik nervi (n. occipitalis minor) to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mushakning orqa chekkasidan chiqadi. Mushakning orqa chekkasi bo'ylab yuqoriga ko'tarilib, ensa sohasining pastki lateral qismi terisini va quloq suprasining orqa yuzasi terisini innervatsiya qiladi. 2. Quloq suprasi terisini innervatsiya etadigan katta nerv (n. Auricularis magnus) sezuvchi shoxlaming eng kattasi. To'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mushakning lateral tomonidan qiyshiq yo'nalib, quloq suprasi va tashqi eshituv yo'li terisini innervatsiya qiladi. 3. Bo'yinning ko'ndalang nervi (n. transversus colli) to'sh-o'mrov-so'ig'ichsimon mushakning orqa chekkasidan chiqib, oldinga tomon ko'ndalang yo‘nalib, yuqori va pastki shoxlaiga (rr.superiores et inferiores) bo'linadi. U bo'yinning oldingi va tashqi sohasi terisini innervatsiya qiladi. Nervning yuqori shoxlaridan bittasi yuz nervining bo'yin shoxi bilan qo'shilib, yuza bo'yin sirtmog'ini hosil qiladi. 4. O'mrov usti nervi (nn. supraclaviculares) 3-5 ta bo'lib, to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mushakni orqa chekkasidan chiqadi. Bu nervlar joylashishiga qarab medial, oraliq va lateral o'mrov usti nervlariga (nn. Supraclaviculares mediates, intermedii et lateralis) bo'linadi. O'mrov usti nervlari pastga va orqaga qarab yo'nalib, deltasimon va katta ko'krak mushagi sohasi terisini innervatsiya qiladi. 2. Harakatlantiruvchi (mushak) shoxlari chigal atrofida joylashgan mushaklami: m. longus colli, m.Iongus capitis, nun. scaleni anterior, medius, posterior, mm. recti capitis anterior et lateralis, m. Intertransversari anteriores, m. levator scapulae innervatsiya qiladi. Harakatlantiruvchi shoxlardan radix inferior ansae cervicalis, til osti nervidan chiquvchi radix superior bilan qo'shilib, bo'yin sirtmog'ini (ansa cervicalis) hosil qiladi. Uning shoxlari til osti suyagidan pastda joylashgan (to'sh-til osti, to'sh-qalqonsimon, kurak-til osti, qalqonsimon-til osti) mushaklami innervatsiya qiladi. Bundan tashqari bo'yin chigalidan to'sh- o'mrov-so'rg'ichsimon va trapetsiyasimon mushaklarga ham shoxlar chiqadi. Aralash shoxga diafragma nervi (n. phrenicus) kiradi. Bu nerv III-IV bo'yin nervlarining oldingi shoxlaridan hosil bo'lib, oldingi narvonsimon mushakning oldingi yuzasi bo'ylab pastga tushadi. Ko'krak qafasining ustki aperturasi orqali o'mrov osti arteriyasi va venasi o'rtasidan ko'krak qafasiga kiradi. Ko'krak qafasida o'pka ildizining oldidan, perikard bilan mediastinal plevraning o'rtasidan o'tib, diafragmada shoxlanadi. Uning harakatlantiruvchi tolalari diafragmani, sezuvchi tolalari plevra va perikardni innervatsiya qiladi. Uning sezuvchi diafragma-qorin shoxlari (rr.phrenicoabdominales) qorin bo'shlig'iga o'tib diafragmani qoplagan qorinpardani innervatsiya qiladi. O'ng diafragma nervi tolalari jigar kapsulasida tugaydi. medial ildizi, yelkaning medial teri nervi va bilakning medial teri nervi, orqa dastadan qo'ltiq osti va bilak nervlari chiqadi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling