Amaliy mashg‘ulotlar -amaliy mashg‘ulot: soat


Download 1.03 Mb.
bet8/55
Sana09.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1695838
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot Oliy asab

Yelka chigali
Yelka chigali (plexus brachialis) to'rtta pastki bo'yin (Cv - C ^) qisman IV bo'yin (CIV ) va I ko'krak (Th,) nervlarining oldingi Shoxlaridan osil bo'ladi. Narvonsimon mushaklar oralig'ida bu nervlar o'zaro qo'shilib uchta: ustki poya (truncns superior), o'rta poya (trancus medius) va pastki poyani (truncus inferior) hosil qiladi. Bu poyalar narvonsimon mushaklar
oralig'idan pastga tomon yo'nalib, o'mrov suyagiga nisbatan ikki: o'mrov usti (pars supraclavicularis) va o'mrov osti (pars infraclavicularis) qismlaiga bo'linadi.
Yelka chigalining o'mrov osti qismi qo'ltiq osti arteriyasini uch tomondan o'rab turuvchi uchta dastaga bo'linadi. Arteriyaning medial tomonida medial dasta (faciculis medialus), lateral tomondan lateral dasta (faciculis lateralis), orqa tomonida orqa dasta (faciculis posterior) joylashadi. Yelka chigalidan uzun va qisqa shoxlar chiqadi. Qisqa shoxlar yelka chigalining o'mrov usti qismidan chiqib, ularga quyidagi nervlar kiradi. 1. Kurak orqasi nervi (n. dorsalis scapulae) V bo'yin nervining oldingi shoxidan boshlanib, orqa narvonsimon va kurakni ko'taruvchi mushakning o'rtasidan orqaga o'tib, kurakni ko'taruvchi va rombsimon mushaklami innervatsiya qiladi. 2. Ko'krakning uzun nervi (n. thoracicus longus) V va VI bo'yin nervlarining oldingi shoxidan boshlanadi. Pastga tomon yelka chigalining orqasidan yo'nalib, lateral ko'krak arteriyasi bilan oldingi tishsimon mushakni tashqi yuzasida yotadi va uni innervatsiya qiladi. 3. O'mrov osti nervi (n. subclavicus) V bo'yin nervining oldingi shoxidan boshlanib o'mrov osti arteriyasining oldidan o'z nomidagi mushakga boradi.
4. Kurak usti nervi (n. suprascapularis) V-VII bo'yin nervlarining oldingi shoxidan boshlanadi. Orqa tomonga yo'nalib, shu nomli arteriya bilan kurak o'ymasidan qirra usti chuqurchasiga, so'ngra akromionni aylanib o'tib, qirra osti chuqurchasiga o'tadi. Bu nerv kurak qirrasi ustidagi, kurak qirrasi ostidagi mushaklami va yelka bo'g'imi xaltasini innervatsiya qiladi.
5. Kurak osti nervi (n. subscapularis) V-VII bo'yin nervlarining oldingi shoxidan boshlanadi. Kurak osti mushagini oldidan yo'nalib, o'z nomidagi va katta yumaloq mushakni innervatsiya qiladi.
6 . Ko'krakning orqa nervi (n. thoracodorsalis) V-VII bo'yin nervlarining oldingi shoxidan boshlanadi. Kurakning tashqi chekkasi bo'ylab orqaning keng mushagiga boradi va uni innervatsiya qiladi.
7. Lateral va medial ko'krak nervlari (n.pectorales lateralis et medialis) V bo'yin I ko'krak nervlarining oldingi shoxidan boshlanadi. Oldinga tomon yo'nalib, katta (medial) va kichik ko'krak (lateral) mushaklarini innervatsiya qiladi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling