Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish. Reja: Sinfdan tashqari o‘tkaziladigan mashqulotlar


Download 1.02 Mb.
bet3/11
Sana19.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1610164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ko\'m.docx ASLIDDIN AKRAMOV 20000

Tarmoqlar. Klaster usuli.
Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogok strategaya bo'lib, u o'quvchilarni biron mavzuni chuqur o'rganishlariga yordam beradi. O'quvchilarni mavzuga oid tushuncha yoki fikrini erkin va ochiq fikrlashda bir-biriga uzviy bog'lagan holda tarmoqlashga o'rgatadi.
Bu usul biron mavzuni chuqur o'rganishdan avval o'quvchilaming fikrlash faoliyatini o'stirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o'tilgan mavzuni mustahkamlash, yetarli darajada o'zlashtirish, umumlashtirish hamda o'quvchilarni shu mavzu bo'yicha tasavvurlarini chizmashaklda ifodalashga undaydi. Aqliy hujum” guruhlar aro ishlarda qo'llaniladigan, muhim g'oyalarni ishlab chiqish mumkin bo'lgan usuldir. Bu haqiqatan ham o'quvchilarning o'quv jarayonida faol ishtirok etishlari, turli g'oyalarni bayon qilish vaqtida boshqa o'quvchilarni ham qizqishni va o‘quvchilarni jalb etishlari, qunt bilan ishlashlariga imkon beruvchi va rag'batlantiruvchi usul hisoblanadi.
Aqliy hujum”ning foydali tamoni shundaki, unda yakka holda ishlash mumkin emas, birgina g'oya guruhning barcha ishtirokchilarini bir xilda o'ziga jalb etadi. “Aqliy hujum” turli tarzda, masalan, qandaydir mavzuni muhokama qilish, yangi savol qo'yish yoki istalgan qiziqarli muammoni hal etish uchun qo'llanilishi mumkin. Uning asosiy qoidalari quyidagilar.
1. Aytilayotgan g'oyalarning hammasi bir-biriga nisbatan muhimlikda teng bo'lishi.
2. Aytilayotgan g'oyalarga nisbatan tanqidning yo'qligi.
3. G'oyani bayon qilayotgan paytda o'quvchining fikrini bo'lmaslik.
4. So'zlovchiga nisbatan baholovchi komponentning yo'qligi.
Metoddan foydalanishga kirishish
l-usul guruhning barcha ishtirokchilariga bir xilda mavzu va savol qo'yiladi.
1. O'qituvchi o'quv jarayonida tashabbusni o'z qo'liga oladi. Buning uchun u auditoriyadagi o'quvchilarga savol beradi va ushbu mavzuga oid aytish mumkin bo'lgan barcha fikrlarni so'raydi.
2. Barcha xatto, g'alati tuyulgan g'oyalarni ham aytishga ruxsat beriladi. Aytilayotgan fikrlar ichidan birgina asosiy mavzu saqlab qolinadi.
3. Aytib o'tilgan barcha fikrlar sharhlanmaydi, tanqid qilinmaydi, baholanmaydi.
4. Aytilgan asosiy fikrlarni o'qituvchi doskaga yozib oladi va ekranda ko'rsatadi.
5. “Aqliy hujum” tugagach, barcha g'oyalar to'planadi, guruhlarga ajratiladi yoki kategoriyalarga bo'linadi.
2-usul barcha mavzu va savollar umumiy yo'nalishni saqlangan holda katta guruh tarkibidagi guruhchalarga taqdim etiladi.
1. O'qituvchi umumiy mavzu bo'yicha bir necha yoki 4-6 ta savol tayyorlashi mumkin.
2. Ajratilgan har bir guruhchaga “Aqliy hujum” o'tkazish uchun alohida savol beriladi.
3. Har bir guruhcha “Aqliy hujum” mavzusi yozib olish uchun bittadan o'quvchi ajratadi. Jarayon boshlanishi bilan uni guruhning barcha a'zolariga taqdim etadi.
4. G'oyalar har bir guruhcha tomonidan katta sahifaga markerdan foydalangan holda yozib olinadi. Sahifa - plakatining yuqorisiga tayyorlangan savollar yozib qo'yiladi. Sahifa-plakat jarayonning oxirida har bir o'quvchi nima yozilgan va jamlanganligini
ko'rishi uchun osib qo'yiladi.
5. “Aqliy hujum”ning bu usuli qisqa vaqt davomida bir savolning bir nechta jihati yoritilishi zarur bo'lganda foyda beradi. ”Aqliy hujum” boshlanayotgan paytda yordam berib turadi.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling