Amaliy qism: Tasodifiy belgilarni hosil qilish


Download 1.86 Mb.
bet11/13
Sana07.05.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1439378
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
S-D1-ma\'ruza-4

7.7.2. fixed manipulyatori
Ba’zi hollarda kompyuter katta hajmdagi qo`zg`aluvchi-vergulli sonlarni avtomatik tarzda ilmiy tavsifda ko`rsatadi. Masalan, Windows operatsion tizimida
cout << 232123434.357;
ko`rsatma satri ekranga 2.32123e+08 ni chiqaradi. Bunday hollarda fixed manipulyatoridan foydalanib, bu sonni to`liqligicha chiqarishimiz mumkin:
cout << fixed << 232123434.357;
Bu ko`rsatma satri ekranga 232123434.357000 ni chiqaradi.
Dastlabki asl holatga ko`ra, kasr qismidagi fiksedlangan raqamlar soni 6 tani tashkil qiladi. Bu sonni fixed manipulyatorini qo`llash vaqtida setprecision manipulyatori yordamida o`zgartirish mumkin. Masalan,
double monthlyPayment = 345.4567;
double totalPayment = 78676.887234;
cout << fixed << setprecision(2)
<< monthlyPayment << endl
<< totalPayment << endl;
dastur kodi ekranda quyidagicha natija chiqaradi:
345.46
78676.89


7.7.3. showpoint manipulyatori
Odatda kasr qismiga ega bo`lmagan sonlar o`nli kasr ko`rinishida ifodalanmaydi. fixed manipulyatori yordamida bunday sonni o`nli kasr ko`rinishida ifodalash mumkin. fixed manipulyatoriga yana bir showpoint deb nomlanuvchi alternative manipulyator mavjud. U bu ishni setprecision manipulyatori bilan birgalikda amalga oshiradi:
cout << setprecision(6);
cout << 1.23 << endl;
cout << showpoint << 1.23 << endl;
cout << showpoint << 123.0 << endl;

1.23
1.23000
123.000

Bu yerda setprecision manipulyatori 6 qiymat qabul qilyapti va showpoint manipulyatori sonni shuncha miqdordagi raqamlar soni bo`yicha yaxlitlab chiqaryapti.


7.7.4. setw(width) manipulyatori
Odatda, cout ob’yektidan ekranning kerakli joyiga ma’lumot chiqarishda foydalaniladi. Biz setw(width) ob’yektidan foydalanib, ekranda chiqarish uchun minimum ustunlar sonini belgilashimiz mumkin. Misol uchun,
cout << setw(8) << "C++" << setw(6) << 101 << endl;
cout << setw(8) << "Java" << setw(6) << 101 << endl;
cout << setw(8) << "HTML" << setw(6) << 101 << endl;
ko`rsatma satrlari bajarilishi natijasida ekranga quyidagilar chiqariladi:

Chiquvchi ma’lumot berilgan ustunlar ichida, o`ng tomondan tekislanadi. 14-satrda setw(8) “C++” jumlasining 8ta ustun ichida joylashtirilishi belgilaydi. U yerda “C++” dan oldin beshta bo`sh joy mavjud. Agar berilgan ustunlar soni chiqarilayotgan jumladagi belgilar sonidan kam bo`lsa, C++ uning qiymatini belgilar soniga teng miqdorda, avtomatik tarzda oshiradi:
cout << setw(8) << "Programming" << "#" << setw(2) << 101;

Programming#101




Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling