Amaliy qism: Tasodifiy belgilarni hosil qilish


Funksiya Qo`llanilishi


Download 1.86 Mb.
bet10/13
Sana07.05.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1439378
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
S-D1-ma\'ruza-4

Funksiya

Qo`llanilishi

setprecision(n)

Qo`zgaluvchi vergulli sonlarni n ta raqamlar soni bo`yicha yaxlitlab ifodalaydi

fixed

Haqiqiy turdagi sonlarni o`zgarmas vergulli son ko`rinishida tasvirlaydi

showpoint

Qo`zg`aluvchi – vergulli sonni berilgan yaxlitlanish soniga teng miqdordagi raqamlardan iborat songa aylantiradi. Bunda butun qismdagi raqamlar birinchi navbatda, to`liq inobatga olinadi.

setw(width)

Chop etish maydonini belgilaydi va chiquvchi jumlani shu maydon bo`ylab tekislaydi.

left

Ekranga chiqarishni chap tomondan tekislaydi

right

Ekranga chiqarishni o`ng tomondan tekislaydi



7.7.1. setprecision(n) manipulyatori
Biz o`nli kasr ko`rinishidagi sonlarni chiqarishda uning tarkibidagi raqamlar sonini setprecision(n) manipulyatori orqali ko`rsatib ketishimiz mumkin. Bu yerda n – qo`zg`aluvchi-vergulli sonning raqamlari soni. Bunda dastlab butun qismdagi raqamlar olinadi, keyingi o`rinlarda kasr qismi yaxlitlanib qo`yiladi. Masalan, quyidagi kodning bajarilishi natijasida chiquvchi ma’lumotlarni ko`rib chiqamiz:
double number = 12.34567;
cout << setprecision(3) << son << " "
<< setprecision(4) << son << " "
<< setprecision(5) << son << " "
<< setprecision(6) << son << endl;

12.3□12.35□12.346□12.3457

Bu yerda to`rtburchak katakchalar bo`sh joyni bildiradi.
Bu kod sonning 3, 4, 5 va 6 aniqliklardagi qiymatlarini chiqaradi. 3 lik aniqlikda 12.34567 soni 12.3 ga yaxlitlangan, 4 lik aniqlikda 12.34567 soni 12.35 ga yaxlitlangan, 5 lik aniqlikda 12.34567 soni 12.346 ga yaxlitlangan va 6 lik aniqlikda 12.34567 soni 12.3457 ga yaxlitlangan.
setprecision manipulyatori bir marta qo`llanilgandan so`ng, uning o`lchov qiymati o`zgartirilmaguncha, har qadamda bittadan oshib borib ishlayveradi. Misol uchun:
double son = 12.34567;
cout << setprecision(3) << son << " ";
cout << 9.34567 << " " << 121.3457 << " " << 0.2367 << endl;

12.3□9.35□121□0.237

Bu yerda dastlabki holatda setprecision ning qiymati 3 ga teng, keying murojaatlarda uning qiymati bittadan oshib boryapti va o`z navbatida keyingi sonlardagi raqamlar soni ham bittadan ko`payib boryapti.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling