Amaliy qism: Tasodifiy belgilarni hosil qilish


Belgili ma’lumot turi va ular ustida operatsiyalar


Download 1.86 Mb.
bet2/13
Sana07.05.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1439378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
S-D1-ma\'ruza-4

6.2. Belgili ma’lumot turi va ular ustida operatsiyalar
Key Point. Belgili ma’lumot turi faqat bitta belgini ifoda etadi.
C++ da sonli qiymatlarni qo`shishda belgilarni ham ishlatish mumkin. Belgili ma’lumot turi (char) o`zida faqat bitta belgini saqlaydi. Belgili literallar bittalik qo`shtirnoqlar (‘ ’) orasiga olib yoziladi. Buni quyidagi kodda ko`rish mumkin:
char letter = 'A';
char numChar = '4';
Birinchi kodli satrda letter nomli char o`zgaruvchiga A belgisi, Ikkinchi kodli satrda esa, numChar nomli char o`zgaruvchiga 4 belgisi ta’minlanyapti.
4.2.1. ASCII Code
Kompyuterlar ichki tizimda ikkilik raqamlardan foydalanadi. Kompyuter xotirasida belgilar ikkilik sonlar (0 va 1) ketma-ketligi ko`rinishida saqlanadi. Belgining ikkilik sonlar ketma-ketligidagi ko`rinishga keltirilishi shifrlash deb ataladi. Belgilarni shifrlashning bir nechta yo`llari mavjud. Mavjud barcha belgilar shifrlash sxemasi da shifrlangan bo`ladi.
Ko`pchilik kompyuterlarda kata va kichik harflar, raqamlar, tinish va boshqaruvchi belgilarni ifodalash uchun 8 bitli ASCII (American Standard Code for Information Interchange – Axborot almashish uchun amerikacha standart kod) shifrlash sxemasidan foydalaniladi. 4.4-jadvalda ko`p qo`llaniladigan belgilarning ASCII sxemasidagi tartib raqami keltirilgan. Ko`pchilik tizimlarda char turining xotiradagi hajmi 1 baytni tashkil qiladi.
4.4-jadval. Ko`p qo`llaniladigan belgilarning ASCII sxemasidagi tartib raqami

4.2.2. Belgini klaviatura orqali o`qish.
Kompyuter tomonidan belgini klaviaturadan o`qilishi quyidagi dastur kodida berilgani kabi amalga oshiriladi:
cout << "Belgini kiriting: ";
char ch;
cin >> ch; // belgini o`qish
cout << "O`qilgan belgi: " << ch << endl;
4.2.3. Maxsus belgilar uchun birikmalar
Faraz qiling, jumlalarni qo`shtirnoqlarsiz chiqarishni xohlab qoldingiz. Mana bunga o`xshagan ko`rsatma satrini yoza olasizmi?
cout << “U “Dasturlash – ajoyib” dedi”<< endl;
Yo`q, bu ko`rsatma satri kompilyatsion xatolik beradi. Kompilyator ikkinchi qo`shtirnoq belgisini jumlaning tugashi deb hisoblaydi va keying belgilarni nima qilishni bilmaydi.
Bu muammoni hal qilishda C++ maxsus belgilarni anglatuvchi maxsus birikmalardan foydalanadi (4.5-jadval). Bu birikmalar ortga yotgan chiziq (backslash) “\” ni tarkibida saqlaydi. Masalan, \t birikmasi Tab belgisi uchun ishlatiladi. Birikmalar yagona belgi sifatida qaraladi.
4.5-jadval. Maxsus belgilarni anglatuvchi maxsus birikmalar

Xo`sh, endi siz yuqoridagi jumlani quyidagi ko`rsatma satri orqali yozishingiz mumkin:
cout << “U \“Dasturlash – ajoyib\” dedi”<< endl;
Bunda U “Dasturlash – ajoyib” dedi – jumlasi konsol oynaga chiqariladi.
Bir narsani yodda tutish kerakki, bu yerda \ va “ belgilari bitta belgi sifatida qaraladi. \ belgisining o`zini chiqarish uchun esa \\ belgisidan foydalaniladi. Masalan:
cout << "\\t - tab belgisi" << endl;
Konsol oynaga \t - tab belgisi jumlasi chiqadi.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling