Amaliy qism: Tasodifiy belgilarni hosil qilish


char va sonli turlarning biridan boshqasiga o`girilishi


Download 1.86 Mb.
bet3/13
Sana07.05.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1439378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
S-D1-ma\'ruza-4

4.2.4. char va sonli turlarning biridan boshqasiga o`girilishi
char turidagi belgini ixtiyoriy sonli turga o`tkazish mumkin, yoki uning aksi. Butun tur char turiga o`girilganda, faqat so`ngi, 8 bitli ma’lumot olinadi; qolgan qismi tashlab ketiladi. Misol uchun:
char c = 0XFF41; // O`n oltilik kodning so`nggi 8 biti 41 c ga ta’minlanyapti
cout << c; // c o`zgaruvchisining qiymati A belgisi
Haqiqiy turdagi sonni char ga o`girish uchun avval u int turiga o`tkaziladi va keyin char ga o`tkaziladi.
char c = 65.25; // c o`zgaruvchiga 65 ta’minlanyapti
cout << c; // c ning qiymati A belgisi
Belgili tur butun turga ta’minlanganda, belgining ASCII tizimidagi tartib raqami olinadi.
int i = 'A'; // A belgisining ASCII tizimidagi tartib raqami i ga ta’minlanyapti
cout << i; // i ning qiymati 65
Barcha sonli operatorlarni char turiga mansub operandlar uchun qo`llash mumkin. char operandi agar ifodada qolgan operandlar sonli yoki belgili tur bo`lsa, avtomatik tarzda butun turga o`giriladi. Misol uchun, quyidagi ko`rsatma satrlarini qaraymiz:
// '2' uchun ASCII kod 50 ga teng va '3' uchun 51 ga
int i = '2' + '3';
cout << "i = " << i << endl; // i ning qiymati 101 ga teng bo`ldi

int j = 2 + 'a'; // 'a' ning ASCII kodi 97 ga teng


cout << "j = " << j << endl;
cout <(j) << endl;
Natija:
i = 101
j = 99
99 ning ASCII koddagi belgisi: c

Kichik harflarning ASCII koddagi tartib raqamlari a, b, c, … z tartibi bo`yicha ketma-ketlikda joylashgan. Bir narsani inobatga olish kerakki, ‘a’ ning tartib raqam qiymati ‘A’ nikidan katta. Katta harflarni kichigiga almashtirishimiz mumkin, yoki ansincha. Buning uchun quyidagi dastur kodidan foydalanish mumkin:


4.2-kodli ro`yxat. KattaHarfga.cpp
1 #include
2 using namespace std;
3
4 int main()
5 {
6 cout << "Enter a lowercase letter: ";
7 char lowercaseLetter;
8 cin >> lowercaseLetter;
9
10 char uppercaseLetter =
11 static_cast('A' + (lowercaseLetter - 'a'));
12
13 cout << "The corresponding uppercase letter is "
14 << uppercaseLetter << endl;
15
16 return 0;
17 }




Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling