Amaliy qism: Tasodifiy belgilarni hosil qilish


Satr indeksi va skriptosti operatori


Download 1.86 Mb.
bet5/13
Sana07.05.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1439378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
S-D1-ma\'ruza-4

Satr indeksi va skriptosti operatori;

  • Satrlarni birlashtirish;

  • Satrlarni taqqoslash;

  • Satrlarni o’qish;

  • Amaliy qism: Lotoreya dasturini satrlarni qo`llagan holda qayta ko`rib chiqish;

  • Konsolga chiqarishni formatlash;

  • Oddiy faylni kiritish va chiqarish;



    Kalit so’zlar:

    • algoritm

    • bo’lish operatori

    • butun tur

    • C-stili

    • dizayn tizimi

    • haqiqiy nuqtali raqam

    • haqiqiy tur

    • identifikator

    • ifodalash

    • ifodani belgilash

    • ikkilik tur

    • increment kod va test

    • increment operator

    • KIN

    • ma’lumot turi

    • o’zgarmas

    • o’zgarmas kalit so’z

    • o’zgaruvchi

    • o’zgaruvchi maydoni

    • o’zgaruvchilarni e’lon qilish

    • oddiy tur

    • operandlar

    • operator

    • operatorni belgilash

    • operatorni taqsimlash

    • postdekrement

    • postinkrement

    • predekrement

    • preinkrement

    • psevdokod

    • qisqa tur

    • so’zma-so’z

    • talablar spesifikatsiyasi

    • tizim tahlili

    • toshish

    • toshmagan

    • UNIX davri

    • uzun tur

    yashirin tur

    7.1. Satrlar haqida tushuncha
    Key Point. Satr – belgilar ketma-ketligi.
    char turi faqat bitta belgini ifodalaydi. Belgilar satrini ifodalash uchun string deb nomlanuvchi ma’lumot turidan foydalaniladi. Misol uchun quyidagi kod xabar satrli o`zgaruvchisini “Dasturlash – qiziqarli!” qiymatni ta’minlagan holda e’lon qiladi:
    string message = " Dasturlash – qiziqarli!";
    string shunchaki oddiy tur emas. U ob’yekt tur sifatida qaraladi. Bu yerda xabar “Dasturlash – qiziqarli!” satridan iborat string ob’yektini ifodalaydi. Ob’yektlar sinflarni qo`llagan holda aniqlanadi. string kutubxonasida oldindan belgilab qo`yilgan sinfdir. Shuningdel, ob’yekt sinfning bir ko`rinishi sifatida ham qaraladi. Ob’yektlar va sinflar haqida keyinchalik, alohida mavzu sifatida batafsil ko`rib chiqiladi. Hozir o`rganishimiz lozim bo`lgani faqatgina string ob’yektining yaratilishi va 7.1-jadvalda ko`rsatilgani kabi, string sinfida ishlash mumkin bo`lgan funksiyalardir.
    7.1-jadval. String ob’yekti uchun oddiy funksiyalar.

    Funksiya

    Qo`llanilishi

    length()

    Satrdagi belgilar sonini qaytaradi

    size()

    length() bilan bir xil vazifa bajaradi

    at(index)

    Ushbu satrda joylashgan maxsus indeksdagi belgini qaytaradi

    string sinfida funksiyalar faqatgina maxsus string namunalaridan chaqirilishi mumkin. Shu sababli bu funkiyalar namunaviy funksiyalar deb ataladi. Misol uchun, quyidagi kodda ko`rsatilgani kabi, string sinfida string ob’yektining hajmini aniqlash uchun size() funksiyasidan, undagi belgini maxsus indeksi orqali olish uchun at(indeks) funksiyasidan foydalanishimiz mumkin:
    string message = "ABCD";
    cout << message.length() << endl;
    cout << message.at(0) << endl;
    string s = "Bottom";
    cout << s.length() << endl;
    cout << s.at(1) << endl;
    message.length() ning chaqirilishi 4 ni qaytaradi va message.at(0) ning chaqirilishi A belgisini qaytaradi. s.length() funksiyasining chaqirilishi 6 ni qaytaradi va s.at(1) funksiyasining chaqirilishi o ni qaytaradi.
    Namunaviy funksiyani chaqirish sintaksisi quyidagicha:
    ob’yektNomi.funksiyaNomi(argumentlar)
    Funksiya ko`p sonly argumentlarga ega bo`lishi yoki birorta ham argumentga ega bo`lmasligi mumkin. Masalan, at(index) funksiyasi bitta argumentga ega bo`lsa, length() funksiyasining argument mavjud emas.
    Eslatma. Dastlabki holat bo`yicha e’lon qilingan satr bo`sh satr sifatida qabul qilinadi, yoki ixtiyoriy satrni bo`sh satr sifatida “” kabi berish mumkin. Shuning uchun quyidagi ikki ko`rsatma satrlari bir xil ma’noga ega:
    string s;
    string s = "";
    Eslatma. string turini ishlatish uchun kutubxona faylini chaqirib olish zarur.
    7.2. Satr indeksi va skriptosti operatori
    s.at(index) funksiyasi s satridan 0 va s.length()–1 oralig`idan maxsus belgini olish uchun ishlatiladi. Masalan, 7.1-rasmda ko`rsatilgan message.at(0) ko`rsatmasi W belgisini qaytaradi. Shuni yodda tutish kerakki, satrning birinchi belgisi indeksi 0 bo`ladi.

    7.1-rasm. string ob’yektidagi belgilardan ulrning indekslari orqali foydalanish mumkin.
    Qulaylik uchun, C++ da, satrga muayyan indeksda satrNomi[indeks] sintaksisi asosida biror belgini qo`shib qo`yish imkoniyati yaratilgan. Bu sintaksisdan satrga o`zgartirish kiritish maqsadida foydalanish mumkin. Misol uchun, quyidagi kod satrning 0 – indeksiga P belgisini qo`shib qo`yadi va uni konsol oynaga chiqaradi:
    string s = "ABCD";
    s[0] = 'P';
    cout << s[0] << endl;

    Download 1.86 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling