Amaliy va laboratoriya mashg’ulot ishlanmalari


Gemoglobin miqdorini aniqlash


Download 31.93 Kb.
bet2/10
Sana14.12.2022
Hajmi31.93 Kb.
#1002810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-13 Amaliy va laboratoriya mashg

Gemoglobin miqdorini aniqlash:
Darsning maqsadi: Gemoglobinning tarkibi, tuzilishi, ahamiyatini bilish va qondagi miqdorini aniqlashni o'rganish.
Dars uchun kerakli hayvonlar va jihozlar: qishloq xo'jalik va laboratoriya hayvonlari, qaychi, paxta, spirt, igna, yo'd eritmasi, qon olish uchun pipetka, ko'z pipetkasi, detsinormal (0,1N) HC1, distillangan suv, shisha tayoqcha, Sali gemometri. Gemoglobin murakkab tuzilgan oqsil-xromoproteiddir. Molekula og'irligi 70000 ga teng. Eritrotsitlarning kislorodni o ‘ziga biriktirib tashish xususiyati ularning tarkibidagi gemoglobin moddasiga bog'liq. Gemoglobinning tarkibiga 96% globin oqsili va shu oqsil bilan gistidin bog‘ orqali bog'langan 4% gem (rangli modda — pigment) kiradi. Turli hayvonlar gemoglobinining tarkibidagi globin oqsilining aminokislotalar tarkibi turlicha bo'ladi. Shuning uchun ham turli hayvonlarning gemoglobini o ‘zaro farq qiladi. Gemoglobinning faol (prostatik) guruhi — gem barcha hayvonlar uchun asosan bir xildir. Gem ikki valentli temir atomi bilan birikkan to'rtta pirrol halqasidan tashkil topgan. Bu halqalarning ikkitasi kislotali, ikkitasi ishqoriy xususiyatga ega. Gemdagi temir atomi gemni globin bilan biriktiradi. Fiziologik gemoglobinlarning uch xili farq qilinadi: 1) birlamchi embrional gemoglobin — H bP: 2) fetal gemoglobin — H bF: 3) katta hayvonlar gemoglobini — H bA. Birlamchi embrional gemoglobin organizmning embrional taraqqiyotida, sariq xaltada qon hosil boiish davrida, fetal gemoglobin embrionning jigarida qon hosil bo'lish davrida vujudga keladi. Katta hayvonlardagi gemoglobin ko'mikda qon ishlab chiqarila boshlangandan keyin hosil b o ‘la boshlaydi. Fetal gemoglobin katta hayvonlar gemoglobiniga qaraganda kislorod bilan yaxshi birikadi.

2-AMALIY MASHG’ULOT: Qon aylanishi, yurak sikli
Darsning maqsadi: Yurak-tomirlar faoliyatini tekshirishning ahamiyati va usullarini o'rganish.
Dars uchun kerakli hayvonlar va jihozlar: Qishloq xo'jaligi va laboratoriya hayvonlari, perkussion bolg‘acha, plessimetr, stctoskop, fonendoskop, kardiograf, elektrokardiograf, sfigmograf, flebograf, sfigmomanometr. Yurak ichi kovak yaxlit organ bo’lib, to'rt kameradan iborat. Yurakning ishlashi tufayli qon tomirlarda to'xtovsiz harakatda bo'ladi va o'zining vazifalarini bajaradi. Yurak hayvonlarning ko'k rak qafasini chap tomonida, 2—5 qovurg'alar orasida joylashgan. Yurak va qon tomirlari faoliyatini o'rganish veterinariya amaliyotida katta ahamiyatga egadir. Yurak tomirlar faoliyati quyidagi usullar yordamida o'rganiladi:
1. Kuzatish usuli. Bu usul bilan ko'z yordamida ko'krak qafasining yurak joylashgan qismi kuzatiladi.
2. Palpatsiya usuli — paypaslab o'rganish (qo'l barmoqlari yordamida). Bu usulda ko'krak qafasining yurak loylashgan qismida yurak zarbi, og'riq, jarohatlar borvo'qligi aniqlanadi.
3. Perkussiya — urib, tuqqillatib o'rganish usuli. Bu usulda plessimetr va perkussion bolg'acha yordamida yurakning joylashish chegarasi aniqlanadi.
4. Auskultatsiya — eshitib o'rganish usuli. Bu usulda fonendoskop va stetofonendoskop asboblari vnulamida yurakning ishlashi tufayli unda hosil bo’ladigan tovushlar (tonlar) aniqlanadi. Yurak ishlayotgan vaqtda ikki xil fiziologik tonlar eshitiladi: a) sistolik ton — yurak qorinchasining sistolasi vaqtida tabaqali klapanlarning yopilishi va ularni tortib turuvchi pulslarning taranglashishi tufayli hosil bo'ladi.
5. Kardiografiya — kardiograf asbobi yordamida yurak faoliyatini yozib olib o'rganish usuli. Yozib olingan egri chiziqqa kardiogramma deyiladi. Bu usul yordamida yurak ish faoliyati o ‘rganiladi Odam va hayvonlarda ikki xil yurak zarblari farqlanadi: a) uchi bilan zarbi (odam va itlarda kuzatiladi); b) yoni bilan zarbi (otlarda va boshqa hayvonlarda kuzatiladi).
6. Elektrokardiografiya (E K G ) — elektrokardiograf asbobi yordamida yurakda hosil bo’ladigan biopotensiallarni yozib olib yurak faoliyatini o'rganish usuli. Yozib olingan egri chiziqqa elektrokardiogramma deyiladi
7. Fonokardiografiya — yurak faoliyatini eshitib, yo/ib olib o'rganish usuli. Yozib olingan egri chiziqqa fonokardiogramma deyiladi.
8. Flyurografiya.
9. R entgenografiya.
10. Rentgenoskopiya Rentgen nurlari yordamida yurak faoliyatini o'rganish.
11. Tonom etriya — qon bosimini aniqlash usuli. Bu usulda sfigmomanometr va fonendoskop asboblaridan foydalaniladi.
12. Flebografiya — vena pulsini yozib olib o'rganish usuli. Yozib olingan egri chiziqqa flebogram m a deyiladi
13. Sflgmografiya — arteriya pulsini yozib olib o'rganish usuli. Yozib olingan egri chiziqqa sfigmogramma deyiladi



Download 31.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling