Amaliy va laboratoriya mashg’ulot ishlanmalari


-AMALIY MASHG’ULOT: Yurak faoliyatining nerv orqali boshqarilishi. Danini-Ashner tajribasini o’rganish


Download 31.93 Kb.
bet5/10
Sana14.12.2022
Hajmi31.93 Kb.
#1002810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-13 Amaliy va laboratoriya mashg

5-AMALIY MASHG’ULOT: Yurak faoliyatining nerv orqali boshqarilishi. Danini-Ashner tajribasini o’rganish
Danini-Ashner tajribasi.
Bu tajribani talabalar ikkitadan bo’lib bajaradilar. Ular oldin o'zlarida 1 daqiqalik pulslarini 2—3 marta sanashadi. Keyin o'rtacha arifmetik qiymatini topadilar. So‘ngra tekshiruvchi odam bir qonini ko‘rsatkich va nomsiz barmoqlari bilan tekshiriluvchining ko‘z olmasini 5—8 soniyagacha sekin bosib turadi va pulsini sanaydi. Bunda yurak urishi me’yordagidan 8— 10 martagacha kamayishini ko‘ramiz. Bu tajribaning refleks yoyi quyidagicha: ko ‘zga berilgan ta’sirot ko‘z olmasini harakatlantiruvchi asabning sezuvchi: tolalari orqali uzunchoq miyaga keladi, undan keyin esa qo‘zg‘alish adashgan asabga borib, yurak urishini sekinlashtiradi.
3 - ish. I.M.Sechenov tajribasi. Baqaning bosh miyasi uzunchoq miya chegarasidailj kesiladi, ko‘krak qafasi ochiladi, yurak urishi sanaladi. Miyaning kesilgan joyiga osh tuzi parchasi qo‘yiladi| va yurak faoliyati kuzatiladi. Yurak urishi sekinlashadB keyinchalik to‘xtaydi. Yurakning to‘xtashi uchun ketgan vaqt (latent davr) aniqlanadi. Tuzni Ringer eritmasi bilan yuvib tashlab, yurak faoliyatining asta-sekin qayta tiklanish taqqoslanib, xulosalanadi


6-AMALIY MASHG’ULOT: O’pkaning tiriklik sig’imini va uning komponentlarini tinch holatda va jismoniy ishdan keyin aniqlash
Kardiorespirator indeksi bo'yicha organizmning chidamliligini aniqlash
• Ishning maqsadi: Nafas olish va nafas chiqarish mehanizmi, nafas olish a'zolarining innyervatciyasining shemasi, shuningdek tashqi nafasni tekshirishda ishlatiladigan ba'zi usullar bilan tanishish.
• Ishning rejasi:
1.Spirometr usulini o'zlashtirish va o'pka sig'imini aniqlash;
2.Gurux talabalarining jinsi va jismoniy rivojlanganiga qarab o'pkaning tiriklik sig'imini aniqlash.
3.O'pkaning ventilyatsiyasini aniqlash
• Kerakli jixozlar: Mulyaj va plakatlar, spirometr, spirt, pahta, sovunli eritma O'pkaning tirikli sig'imi
• O'pkaning tirikli sig'imini aniqlashdan oldin spirometrn nol xolatga keltiriladi, buning uchun ichki silindrning qopqog'idagi po'kak ochiladi va shkalaning nol belgisigacha shu silindr suvga tushiriladi. Keyin po'kak joyiga qo'yiladi. Mundshtuk suv bilan yuviladi va spirt lipahta bilan artiladi.
• O'pkaning tiriklik sig'imini o'lchash uchun sinaluvchi odam galma-gal chuqur nafas olib so'ng chiqaradi, keyin yana bir marta chuqur nafas olganidan keyin, nafasni rostlab spirometrga yutilgan xavoni chiqaradi. Xavoni yo'qotmaslik uchun burun siqiladi.


7-AMALIY MASHG’ULOT: Modda almashinuvi. Asosiy almashinuv haqida tushuncha. Asosiy almashinuvni Garris-Benedikt jadvali bo’yicha hisoblash va uning o’zgarishini aniqlash. Nafas fiziologiyasi, modda almashinuvi bo’yicha masala yechish
Metabolizmni hisoblash uchun ikkita formula mavjud: Harris-Benedikt va Madfin Yoror.

Download 31.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling