Amaliy va laboratoriya mashg’ulot ishlanmalari


-AMALIY MASHG’ULOT: Yurak faoliyatining gumoral boshqarilishi


Download 31.93 Kb.
bet4/10
Sana14.12.2022
Hajmi31.93 Kb.
#1002810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-13 Amaliy va laboratoriya mashg

4-AMALIY MASHG’ULOT: Yurak faoliyatining gumoral boshqarilishi
Darsning maqsadi: Yurak faoliyatiga ta’sir etuvchi gumoral omillar haqida tushunchaga ega bo'lish, ularning yurak ishiga ta’sirini o'rganish.
Dars uchun kerakli hayvonlar va jihozlar: Baqalar, |po’kak taxtachalar, ignalar, qaychi, pinset, Petri kosachasi. paxta, Ringer eritmasi, adrenalin gormoni, kaliy va boshqa eritmalari, pipetkalar, soat.
Yurak faoliyatiga nerv sistemasidan tashqari gumoral omillar, ya’ni qon bilan tashiladigan turli moddalar ham ta’sir ko‘rsatadi. Yurak faoliyatiga gumoral omillar 2 xil ta’sir qiladi:
1. Yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir etuvchi, ya’ni tezlashtiruvchi gumoral omillar
2. Yurak faoliyatiga manfiy ta’sir etuvchi, ya’ni sekinlashtiruvchi gumoral omillar. Ba’zilari to‘xtatib ham qo‘yishi mumkin. Yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir etuvchi, ya’ni tezlashtiruvchi gumoral omillarga quyidagilar kiradi:
1. Adrenalin — buyrak usti bezlarining mag'iz qavatidan ajraladigan gormon.
2. Tiroksin — qalqonsimon bez gormoni.
3. Triyodtironin — qalqonsimon bez gormoni.
4. Sim patin — simpatik nerv qo‘zg‘alganda ajraladigan mediator modda.
5. Qondagi kalsiy ionlari. Yurak faoliyatiga manfiy ta’sir etuvchi, ya’ni sekinlashtiruvchi gumoral omillarga quyidagilar kiradi:
1. Atsetilxolin — adashgan nerv qo'zgalganda ajraladigan mediator modda.
2. Qondagi kaliy ionlari.
3. O‘t suyuqligi va boshqa moddalar. Simpatin va atsetilxolin yurak ishiga juda qisqa muddat ta’sir qiladi. Chunki simpatin aminoksidaza, atsetilxolin esa xolinesteraza fermentlari ta’sirida tez parchalanib ketadi.
1-ish. Yurak faoliyatiga kimyoviy moddalar ta’siri. Baqaning orqa miyasiga igna suqib harakatsizlantiriladi. Keyin ko'krak qafasi ochiladi, yurak xaltasi kesiladi, ammo yurak tizginini kesmaymiz. Aorta tagidan ip o'tkazib, mahkam bog’lanadi. Ikkinchi ipni ham aorta tagidan o‘tkazib. aorta devorining uchi o‘tkir kichkina qorinchasiga sekin o‘tsin, uning teshigiga qon laxtasi kirib qolsa, ingichka sim bilan tozalanib, fiziologik eritma erkin kirib chiqaversin. Kanyulyaning ikkinchi uchini ochiq qoldiramiz. Yurak venasini ham bog‘laymiz, keyin yurakni sekin tana dan uzib olamiz. lloji boricha sinusdan pastroqdan kesish kerak. Kanyulyaning ochiq tomonidan adrenalin, asetilxolin, K, Ca eritmalaridan 3—4 tomchi tomizib, I daqiqada yurak urish sonini sanaymiz. Olingan natijalarni iadvalga yozamiz va xulosalaymiz.



Download 31.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling