Amaliyot daftarini yuritish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
KUNDALIK NAMUNA
1 2 AMALIYOT DAFTARINI YURITISH BO‘YICHA KO‘RSATMALAR: 1. Ushbu kundalik daftar talabalar va amaliyot rahbarlarining faoliyatini tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblanadi. 2. Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-3-4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari 4+2-tartibida, shu jumladan, darslarning 4 kuni oliy ta’lim muassasalarida 2 kuni makatabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari va boshqa ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash tartibida olib boriladi hamda amaliyotchi tomonidan o‘quv reja va dastur asosida kundalik to‘ldiriladi. 3. Amaliyot kundaligi ta’lim yo‘nalishining malaka talablariga va o‘quv (ishchi o‘quv) rejadagi fanlar mazmuniga mos kelishi, ta’lim yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlarini, shuningdek, fan va ishlab chiqarishning so‘nggi yutuqlarini inobatga olishi kerak. Kundalikdagi yozuvlar amaliyot ishchi dasturi, uning davomiyligi va belgilangan topshiriqqa mos kelishi shart. 4. Talaba amaliyot davomida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishi va amaliyot daftarida qayd qilib borishi lozim. Amaliyot dasturida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni reja-jadvaliga muvofiq to‘liq hajmda, sifatli bajarishi, amaliyot kundaligini har kuni tartibli yuritib borishi shart. 5. Amaliyot davrida amaliyot rahbari quyidagilarni belgilangan muddatlariga rioya qilinishini, shuningdek, amaliyot reja-jadvali asosida va dasturi bajarilishini hamda kundalikning har kunlik to‘ldirishining nazoratini olib borish, uslubiy yordam ko‘rsatish ishlarini, zarur hollarda talabalarning amaliyot o‘tash joylariga borib kuzatish yo‘li bilan amalga oshiradi. Talaba amaliyotni o‘tash davrida tashkilot hamda universitetdan ayinlangan amaliyot rahbarlari tomonidan kundalikning har kunligini tasdiqlatib boradi. 6. Talaba amaliyot davrida bajargan ishlari va kundalik yozuvlari asosida xulosaviy hisobotni tayyorlashi, amaliyot daftarida qayd etishi va shu bo‘yicha taqdimot tayyorlashi lozim, talaba amaliyotini baholash jarayoni tegishli kafedralarda o‘tkaziladi. Baholash jarayonida o‘quv-uslubiy boshqarma (bo‘lim) vakili, fakultet dekani, tegishli kafedra mudiri hamda qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan amaliyot rahbari ishtirok etishi mumkin. 7. Amaliyot yakunlari bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan yoki uzrli sabablarsiz amaliyotga qatnashmagan talaba akademik qarzdor sifatida oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi. 8. Amaliyot natijasi bo‘yicha qo‘yilgan baho talabaning kursdan kursga o‘tishida hisobga olinadi. Amaliyot daftaridagi barcha kundalik yozuvlar va hisobot qo‘lda yozilgan bo‘lishi va chizmalar barcha qoidalarga amal qilgan holda chizilishi lozim. 9. Amaliyot yakunida talaba yozma ravishda amaliyot dasturi bo‘yicha tayyorlagan hisobotini hamda qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan rahbar imzolagan kundalik bilan birga mutaxassislik yo‘nalishidan tayinlangan rahbarga kafedra yig‘ilishi bayonida belgilangan muddatlarda topshiradi. Amaliyotchi tayyorlagan hisoboti yuzasidan taqdimoti ijobiy baholansa va amaliyot daftari mutaxassislik yo‘nalishi tomonidan tayinlangan amaliyot rahbarlariga topshirgandan so‘ng amaliyotni o‘tagan hisoblanadi. 3 2-shakl “Tasdiqlayman” Fakultet dekani____________ ________________________ Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling