Amaliyot daftarini yuritish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
KUNDALIK NAMUNA
2. Individual topshiriqlar
№ Topshiriqlar Hal qilinadigan vazifalar 1 2 3 1. O‘qituvchining darsni tashkil qilish tajribasini o‘rganish - darsning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari bilan tanishish; - bosqichlar bo‘yicha tashkil etilishini kuzatish; - o‘quvchilar faoliyatining nazorat qilish metod va usullari bilan tanishish; - o‘quvchilarga individual yondashuvning ahamiyatini tahlil qilish; - o‘quvchilar faoliyatini nazorat shakllari bilan tanishish; - kuzatishlar asosida yakuniy xulosalar chiqarish 2. O‘qituvchining o‘quvchilarda yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish tajribasini o‘rganish - o ‘quvchilarning bilimlarni mustahkamlash maqsadida qo‘llanilayotgan shakl, metod va vositalarni aniqlash; - fanni muvaffaqiyatli va qiynalib o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarga munosabatlarini o‘rganish; - mustaqil ta’limni qo’llanilishini o‘rganish; - mustaqil ta’lim samaradorligini baholash; - kuzatishlar asosida xulosa chiqarish 3. O‘quvchilar tomonidani pedagogik talablarning bajarilishini tahlil qilish - o‘quvchilarning darsga qatnashishlarini nazorat qilish; - uy vazifalarining bajarilishini tahlil qilish; - darsda faol ishtirok etish ko‘nikmalariga egaliklarini aniqlash; - darsda tartibning saqlanish holatini baholash; - kuzatishlar asosida xulosa chiqarish 4. O‘qituvchining pedagogik texnikasini o‘rganish - o‘qituvchining pedagogik texnikasini o‘rganish, bunda quyidagilarga e’tibor qaratiladi: - mimika va pantomimikadan foydalanishi; - his-tuyg‘ularini ifodalay olishi; - hissiy jihatdan o‘z-o‘zini boshqara olishi; - nutq texnikasi (nafas olish, ovozni rostlash, urg ‘uni to‘g‘ri berish, nutq sur’atini mahorat bilan ta’minlash)dan samarali foydalana olishi; - kuzatishlar asosida xulosa chiqarish . 13 5. O‘qituvchining o‘quvchilarga individual yondashish tajribasini o‘rganish - o‘qituvchi faoliyatini diqqat bilan kuzatish; - o‘qituvchining sinf jamoasi va har bir o ‘quvchi faoliyatini nazorat qilish usullarini o‘rganish; - o‘qituvchining o‘quvchilarga individual yondashuvi aynan qaysi holatlar (bilimlarni tekshirish va baholash, uy vazifalarini tekshirish, o‘tilgan mavzuni takrorlash, bilimlarni mustahkamlash)da namoyon bo‘lishini aniqlash. 6. O‘qituvchining uy vazifalarini tekshirish va o ‘tilgan mavzuni mustahkamlash tajribasini o ‘rganish - biriktirilgan Sinfda 2-3 ta darsni kuzatish asosida o‘qituvchining uy vazifalarining bajarilishini tahlil qilish va o‘tilgan materialni takrorlashga qaratilgan xatti-harakatlarini o‘rganish; - uy vazifalari tekshirilayotganda o‘quvchilarning qanchalik e’tiborli bo‘lishlarini aniqlash; - o‘qituvchi tomonidan uy vazifasining bajarilishi yuzasidan izohlariga diqqatni qaratish; - uy vazifalarini tekshirishda o‘qituvchi tomonidan qo‘llanilgan metod va vositalarni aniqlash; - kuzatishlar asosida xulosalar chiqarish 7. Fan o‘qituvchilarining ma‘naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish tajribalarini o‘rganish - biriktirilgan Sinfda 2-3 ta darsni kuzatish orqali mazkur jarayonda o‘qituvchining o‘quvchilarga tarbiyaviy ta‘sirini o‘rganish; - o ‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqot uslubi, o‘zaro aloqa xususiyatlari, o‘quvchilarda axloqiy sifatlarni tarbiyalashga ta ‘sirini tahlil qilish; - o‘qituvchining tarbiyaviy ta‘sir kuchini baholashda uning tashqi ko ‘rinishi, darsda o‘zini tutishi, faolligi, his-tuyg‘ularini namoyon etishi -(vazminligi, dadilligi, qat’iyatliligi, ko‘tarinki kayfiyatga egaligi), o‘quvchilarga munosabati (ziyrakligi, sezgirligi, muomala madaniyati qoidalariga amal qilishi, ularga hurmat bilan yondashishi, o‘quvchilar faoliyatini baholashga nisbatan obyektivligi, o‘quvchilarga yordam ko‘rsata olishi), o‘quvchilarning o‘qituvchiga munosabatlari (uni hurmat qilishlari, unga nisbatan xushmuomala, minnatdor bo‘lishlari, unga bo‘ysunishlari va ishonch bildirishlari); - o‘quvchilarga munosabatda insonparvarlik g‘oyalariga tayanib ish ko‘rishi, ularning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olishiga e’tiborni qaratish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling