Amaliyot mashg`ulotlari uchun (2 soat) Menejment amaliyotidagi zamonaviy yondoshuvlar va konsepsiyalar


Boshqaruvning klassik yoki ma’muriy maktabi (1920-1950)


Download 360.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana04.10.2023
Hajmi360.68 Kb.
#1692063
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Menejment amaliyotidagi zamonaviy yondoshuvlar va konse (1)

Boshqaruvning klassik yoki ma’muriy maktabi (1920-1950). 
 Uni rivojlantirishiga fransuz olimi A.Fayol va nemets sotsiologi M.Veber eng katta ulush 
qo‘shganlar. Bu maktabning vakillari tashkilot-larning umumiy ta’riflari va qonuniyatlarini 
aniqlashga harakat qilganlar. Ularning maqsadi boshqaruvning ikkita jihatiga daxldor bo‘lgan 
universal tamoyillarni yaratishdan iborat bo‘lgan. Birinchisi-tashkilotni boshqarishning ratsional 
tizimini ishlab chiqish. Bu nazariyachilar biznesning asosiy xizmatlarini belgilab olib, tashkilotni 
bo‘linmalarga bo‘lishning eng yaxshi usulini belgilash mumkinligiga ishonganlar. Ular moliya, 
ishlab chiqarish va marketingni xuddi shunday xizmatlar deb hisoblanganlar. Ikkinchi jihat – 
tashkilot va xodimlar boshqaruvining tuzilishini qurish. YAkkaboshchilik tamoyili bunga misol 
bo‘lib xizmat qilgan, unga ko‘ra odam faqat bitta boshliqdan bo‘yruqlar olishi va fakat bitta 
unga bo‘ysunishi kerak. 
Boshqaruvdagi insoniy munosabatlar maktabi (1930-1950). M.Follett (Angliya), 
E.Meyo va A.Maslou (AQSH) uning eng yirik obro‘li vakillaridir. Bu maktab vakillari, agar 
rahbarlik o‘z xodimlari haqidagi g‘amxo‘rlikni oshirsa, unda xodimlarning qanoatlanganligi
darajasi oshadi, bu esa muqarrar unumdorlikni ko‘payishiga olib keladi deb ishonganlar. Ular
bevosita boshliqlarning samarali harakatlari, xodimlar bilan maslahatlashishlar va ularga ishda 
muloqot qilishga kengroq imkoniyatlarni berishni o‘z ichiga oluvchi insoniy munosabatlarni 
boshqarish usullaridan foydalanishga tavsiya berganlar. 
Ahloqiy fanlar yoki bixevioristik maktab (1950 yildan hozirgi vaqtgacha). Eng 
ko‘zga ko‘ringan vakillari – F.Gersberg, R.Laykert, D. Mak Gregor. Ushbu maktab insoniy 
munosabatlar maktabidan ancha uzoqlashib ketgan. Ushbu yondashuvga ko‘ra xodimga 
tashkilotlarni boshqarishga nisbatan ahloqiy fanlar konsepsiyalarini qo‘llash asosida o‘zining 
shaxsiy imkoniyatlarini his qilishga ko‘proq darajada yordam ko‘rsatish kerak. Bu maktabning 
asosiy maqsadi tashkilot faoliyati samaradorligini uning insoniy resurslari samaradorligini
oshirish yo‘li bilan oshirishdan iborat. Uning asosiy qoidasi: ahloq haqidagi fanni to‘g‘ri 
qo‘llash hamma vaqt, ham alohida xodimning, ham umuman tashkilotning samaradorligini 
oshishiga yordam berishi kerak. 

Download 360.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling