Amaliyot mashg`ulotlari uchun (2 soat) Menejment amaliyotidagi zamonaviy yondoshuvlar va konsepsiyalar


Boshqaruv fani maktabi yoki miqdoriy usul (1950 yildan hozirgi vaqtgacha)


Download 360.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana04.10.2023
Hajmi360.68 Kb.
#1692063
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Menejment amaliyotidagi zamonaviy yondoshuvlar va konse (1)

Boshqaruv fani maktabi yoki miqdoriy usul (1950 yildan hozirgi vaqtgacha). Eng 
ko‘zga ko‘ringan olimlari R.Akoff, N.Viner, V.Poreto hamda V.Glushkov va L.Kantoravich 
(SSSR). Maktab boshqaruvda aniq fanlar - matematika. statistika, muxandislik fanlari 
ma’lumotlaridan foydalanishga asoslanadi va operatsiyalar va vaziyatlar modellari tadqiqotlari 
natijalarini keng ko‘llashni ko‘zga tutadi. Ammo ikkinchi jahon urushiga qadar miqdoriy 
usullardan boshqaruvda etarlicha foydalanilmagan. Ehtimol, kompyuterlarni rivojlanishi 
boshqaruvda ushbu usullarni ko‘llashga kuchli turtki bo‘lgan bo‘lsa kerak. Ular o‘sib boruvchi 
murakkablikdagi matematik modellarni qurishga imkon berganlar, bu modellar haqiqatga 
ko‘proq darajada yaqinlashadilar, demak aniqroq bo‘ladilar. 
Vaziyatli yondashuv (1960 yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuvni ishlab 
chiqilishi boshqaruv nazariyasiga katta hissa qo‘shgan, chunki fanni aniq vaziyatlar va 
sharoitlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash imkoniyati paydo bo‘lgan. Vaziyatli yondashuvda asosiy 
tomon vaziyat, ya’ni aniq holatlardan iborat bo‘ladi, ular tashkilotlarga ushbu aniq vaqtda katta 
ta’sir ko‘rsatadilar. Ham tashkilotning o‘zida, ham atrof muhitda ko‘pgina bunday omillar 
mavjud bo‘lganligi sababli, tashkilot faoliyatini boshqarishning yagona “yaxshi” usuli yo‘q 
bo‘ladi. Boshqaruvning vujudga kelgan vaziyatda ko‘proq mos keluvchi usuli eng samarali 
bo‘ladi. 
Tizimli yondashuv (50 yillarning oxiridan hozirgi vaqtgacha). 


  50- yillarning oxirida boshqaruvda tizimlar nazariyasini qo‘llanishi menejmentga 
boshqaruv fani maktablari va xususan, amerikalik olimlar J.Pol Getti va Piter F. Drukerlarning 
muhim ulushi bo‘lgan. Bu yondashuv nisbatan yaqindan qo‘llana boshlaganligi tufayli, hozirgi 
vaqtda ushbu maktabning boshqaruv nazariyasi va amaliyotiga haqiqiy ta’sirini to‘liq darajada 
baholashning iloji yo‘q. SHunga qaramasdan bugun uning ta’siri juda katta va bundan keyin ham 
u o‘sib boradi. Tizimli asosda, ehtimol, kelajakda ishlab chiqiladigan yangi bilimlar va 
nazariyalarni sintez qilish mumkin bo‘lar. 

Download 360.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling