Amaliyot «Musiqa ta’lim» kafedrasi professor-o’qituvchilari va umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilari bilan yetakchi mutaxassislari rahbarlari ishtirokida olib boriladi


Pedagogik amaliyoti davomida ishtirokchilar majburiyatlari


Download 200.48 Kb.
bet8/18
Sana20.06.2023
Hajmi200.48 Kb.
#1634250
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
2.7. Pedagogik amaliyoti davomida ishtirokchilar majburiyatlari.
Metodist majburiyatlari va vazifalari:
1.Fan, ta'lim, texnika va madaniyatning eng so'nggi yutuqlari, ta' lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish, mutahassislik fanlarining eng dolzarb muammolari yuzasidan amaliyot ob'yekti ma'muriyati bilan birgalikda malaka amaliyotini tashkil etadi.
2.Talabalar va amaliyot ob'yektlarini amaliyot dasturi, guruh jurnali, talabalar kundaligi va boshqa me'yoriy hujjatlar bilan ta'minlaydi.
3.Malaka amaliyotini rejalashtirish va tashkil etishda qatnashadi, universitet va umumiy o'rta o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida malaka amaliyoti bo`yicha yo`naltiruvchi va yakuniy konferensiyalarda ishtirok etish.
4.Malaka amaliyoti jarayonida mutahassislik fanlarining qonuniyatlarining amaliyotga tatbiq ta'minlaydi.
5.Talabalar tomonidan tashkil etiladigan darslar, darsdan tashon uslubiy mashg`ulotlarni yuritadi, talabalar sinov darslarini kuzatadi, Darsning tahlilini amalga oshiradi.
6.Amaliyotchi-talabalar bilan tashkil etiladigan seminar-treninglar va metodik yig'ilishlarda pedagog bilan birgalikda ishtirok etadi.
7.Har haftada kafedra yigilishida amaliyot yuzasidan hisobot berib boradi.
8.Amaliyotchi-talabalaring davomatini nazorat qilib boradi.
9.Kafedra mudiri, fakultet dekanati, o`qituvchilari amaliyotni tashkil etishda ko'zga tashlanadigan kamchiliklar to'g'risida o’z vaqtida ogohlantiriladi.
10.Pedagogika fani o`qituvchilari bilan birgalikda har bin talabaning ish faoliyatini baholaydi.
11.Fakultet bo'yicha amaliyot bo'yicha mas'ul shaxsga pedagogik amaliyot natijalari bo'yicha malumotlarni taqdim etadi.
12.Amaliyot yuzasidan yakuniy hisobotni tayyorlaydi va kafcdra bo'yicha mas'ul shaxsga topshiradi kafedrada hisobot beradi.


Amaliyotchi talaba majburiyatlari:

1.Malaka amaliyoti ob'ektlariga borishdan avval amaliyot davomida qanday matcrtallarni bilishi va bu borada nimalar qilishi kerakligi to'g'risida ko'rsatmalar olishi shart.


2. OTM tomonidan biriktirilgan rahbar bilan uchrashib, tashkiliy masalalarni olishi zarur.
3. Malaka amaliyotiga oid "Kundalik daftar", "Eslatma" kabi zarur hujjatlarni olishi.
4. Malaka amaliyoti o'tashga universitet tomonidan belgilangan (rektor buyrug'iga asosan) joyga amaliyot o'tashi shart.
5. Amaliyot o'tkaziladigan ob'ektlarda belgilangan mehnat intizomiga va ichki tartib qoidalariga qat'iy rioya etishi lozim.
6. Amaliyot darslarini o'tish bo'yicha "Kundalik daftar"ni shaxsan har kuni bajarilgan ishlar va o'tkazilgan tadbirlarning qisqacha mazmunini yozib, rahbarga ko'rsatib, tasdiqlatishi shart.
7. Mehnat xavfsizligi, texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidasini o'rganish va unga qat'iy rioya qilish.
8. Malaka amaliyotini o'tash dasturida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni belgilangan muddatlarda, to' liq hajmda va sifatli bajarish.
9. Dastur va ish rejalarda belgilangan tophiriqlami bajarilishi yuzasidan mas'ul metodist o'qituvchi va amaliyot rahbariga taqdim etib boradi.
10. Malaka amaliyoti tugashi bilan to'liq rasmiylashtirilgan "Kundalik daftar"ni universitetdan tayinlangan rahbarga taqdim etishlari zarur.
11. Yo'l-transport xodisalaridan ehtiyot bo' lish, shuningdek, yong' in va hayot faoliyati xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.



Download 200.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling