Malakaviy pedagogik amaliyot davrida amaliyotchi talabalar quyidagilarni bilishlari shart;
1. Amaliyot ob'ekti (uzluksiz ta'lim tizimining maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi muassasalari) hususiyatini, o'quvchilarning yoshi va individual hususiyatlarini hisobga olish.
2. Dastur mavzularini o'tish jarayonida uning tarbiyaviy ahamiyatiga alohida e'tibor berishi.
3. Fan bo'yicha o'quv va sinfdan tashqari pedagogik faoliyat rejalarining mazmunini anglashi.
4. O'quv jarayonida turli zamonaviy metodlarni tadbiq etishni.
5. O'quv-tarbiya va ma'naviyat ishlari mazmun-mohiyatini bilishi va tahlil qilishni.
6. Amaliyot ob`yektlari jamoasi bilan, ayniqsa fan o’qituvchilari, sinf rahbarlari bilan hamkorlik qilishi.
7. Fanga, jamoaga, o'qituvchilarga o'quvchilarning munosabatlarini bilish uchun monitoring usullarini anglab yetishi shart.
1.3. Pedagogik amaliyot jarayonida amaliyotchi-talabalarda shakllanadigan ko'nikmalar
1. Pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish.
2. O'quv-uslubiy ko'rgazmali jihozlarni fanlar bir mavzu uchun tayyorlash zaruriyatini tushunish.
3. O'quvchilar bilan muntazam tarbiyaviy ishlarni olib borish.
4. Sinfrahbari vazifitlarini bajarishga tayyor bo'Iish.
5. Mavzuni boshqa lanlar bilan va mazkur fanda o'tilgan hamda o'tilishi lozim bo'lgan mavzular bilan bog'lash.
6. Darsni jihozlash (texnik vositalar, ko'rgazmali jihozlar, jadvallar, tarqatma materiallar va hokazolar).
7. O'quvchilarda doimo erkin, mustaqil fikrlashni va mustaqil mulohaza yuritishni shakllantirish.
MUTAXASSISLIK FANIDAN TALABALARNING AMALIYOT JARAYONIDAGI FAOLIYAT BOSQICHLARI VA ISH MAZMUNI
2.1. Pedagogik amaliyotini tashkil etish va o`tkazish bosqichlari Malaka amaliyoti uch bosqichni o`z ichiga oladi:
1. Tayyorlov bosqichida malaka amaliyotning birinchi kunida malaka amaliyot rahbari, pedagoglar hamda amaliyotga ma'sullar tomonidan amaliyot oldi konferensiyasi o'tkaziladi. Konferensiya jarayonida talabalar malaka amaliyoti dasturining maqsad va vazifalariga doir, shuningdek, malaka amaliyoti kundaligini to' ldirishga doir malaka ko'rsatmalar oladilar. Amaliyot jarayonida pedagogika bo`yicha amalga oshirish zarur bo'lgan ishlar, o'quv ishlari, tarbiyaviy ish rejasini tuzish va olib borish, dars ishlanmalari hamda tarbiyaviy tadbir ishlanmalarini yaratish, o'quvchilar jamoasiga pedagogik-psixologik tavsifnoma yozish bo`yicha metodik maslahatlar oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |