Amaliyot «Musiqa ta’lim» kafedrasi professor-o’qituvchilari va umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilari bilan yetakchi mutaxassislari rahbarlari ishtirokida olib boriladi


Download 200.48 Kb.
bet2/18
Sana20.06.2023
Hajmi200.48 Kb.
#1634250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Kafedra mudiri: A.Tursunov
Pedagogik amaliyot dasturi Milliy libos va san’at fakulteti Kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan 2022 yi l 7- apreldagi 17-sonli bayonnoma.
Fakultet dekani: A.Turakulov

Pedagogik amaliyot dasturi universitet o‘quv-uslubiy Kengashining 2023 yil 17- apreldagi 17-sonli `ilishida tasdiqlangan.


TerDU O’quv metodik boshqarma boshlig’i: A.Ibragimov


I.KIRISH
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach barcha sohalarda bo’lgani kabi oliy va o'rta ta'limda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» soha xodimlari oldiga yangi va murakkab vazifalarni qo'ydi. Bu vazifalar orasida eng muhimlaridan biri zamon talablariga javob bera oladigan pedagog kadrlarni tayyorlashdan iborat. Bu borada bo'lg'usi mutaxassislaming malakaviy pedagogik amaliyoti keng imkoniyatlarga ega. Malakaviy pedagogik amaliyot maqsadi talahaning pedagogik-psixologik fanlardan, qolaversa ixtisoslik fanidan egallagan bilimlarini amalda qo'llay bilish, bo'lg'usi mutaxassisni o'rta ta'lim muassasalarining yangi tiplari akademik litsey va kasb-hunar kollejida amaliy faoliyatga tayyorlashdan iborat.
1.1. Pedagogik amaliyot maqsadi:
- talabalarni darsni tashkil etish va olib borish, o'quv materialini bayon etish. o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, ularning bilim, malaka va ko'nikmalarini baholash, turli tipdagi darslarni olib borishda zarur bilim, malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirish;
- talabalami dars jarayonida ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantirish vazifalarini bir hutunlikda qo'yish va amalga oshira bilishga o'rgatish; - ularni ma'naviy- ma'rifiy ishlarni tashkil etish va olib horishga o'rgatish;
- pedagogik tajribani tahlil etish, ilg'orlar tajribalarini umumlashtirish, uni o'z faoliyatiga tadbiq etish malakasini shakllantirish;
- talabalarda o'z ustida ishlash, mustaqil ta'lim olish, zarur adabiyotlarni tanlay bilish va o'rganish ko'nikmasini hosil qilish. Pedagogik amaliyot talabalarning umumpedagogik, metodik va ixtisoslik fanlaridan olgan nazariy bilim, malaka va ko'nikmalariga asoslanadi.

Download 200.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling