Amaliyoti hisoboti
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Bozorova Sevara fdvgdtgh
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’QUV-DALA AMALIYOTI HISOBOTI
O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI Termiz davlat universiteti Biologiya Fakulteti 121-Guruh talabasi Bozorova Sevaraning Zoologiya fanidan O’QUV-DALA AMALIYOTI HISOBOTI KIRISH Bir haftalik amaliyot Umurtqali va umurtqasizlar zoologiyasidan ikkinchi oliy ta‘lim uchinchi kurs talabalarining oʻquv-dala amaliyoti nazariy darslar oʻzlashtirilgandan keyin oʻtkaziladi va zoologiya fanini tabiat sharoitida oʻrganishning davomi boʻlib xizmat qiladi. Amaliyotning asosiy maqsadi hayvonlami bir koʻrishda ―tanib‖ olishga oʻrgatish, ularni tabiatda topa bilish va aniqlay olish -vizual yoki koʻz bilan koʻrish, ularni hayoti va faoliyatlarini izidan borib kuzatish asosida oʻrganishdan iboratdir, chunki izlanish obʼektini yaxshi tanimay turib, boshqa har qanday ish ekologiyasini, ekotopik taqsimlanishi, soni, feʼl-atvorini oʻrganish va muhofaza qilish sohasida tadbirlar oʻtkazishni tasavvur qilib boʻlmaydi. Dala amaliyoti talabalarning dunyoqarashini kengaytiradi, ularning tabiat hodisalariga izlanuvchanlik bilan yondashishini tarbiyalaydi, qiziquvchanligini orttiradi. Ular dala sharoitida mustaqil ishlash mahoratini egallash bilan birga, eng keng tarqalgan oʻsimlik, hayvon turlarini tabiiy sharoitda kuzatishni va aniqlashni ham oʻrganadilar. Talabalar tabiatdagi xilma-xil voqea-hodisalar toʻgʻrisidagi tushunchaga ega boʻladilar, yashash sharoitlarida organizmlaring birligi va oʻzaro aloqadorligi, ilmiy tadqiqot ishlarining asosiy uslublari bilan tanishadilar, bular hammasi quyidagi jarayonlarda mujassamlangan boʻladi: l. Oʻqituvchi bilan birgalikda ekskursiyalarda boʻlish; 2. Material toʻplash; 3.Toʻplangan materiallarni kameral ishlash (yaʼni laboratoriya sharoitida ilmiy ishlash); 4. Kundalik daftarlar tutish, hayvonlar bilan uchrashish kartochkalarini tuzish; 5 .Ayrim mavzular boʻyicha umurtqali hayvonlarni oʻrganish boʻyicha mustaqil kuzatishlar olib borish; 6. Olib borilgan ish yuzasidan hisobot tayyorlash. Hayvonot dunyosi bilan tanishish ekskursiya shaklida boʻlib biostansiyaning eng xarakterli biotoplarida olib boriladi: archali oʻrmonzorlarda, togʻ qoyalari va toʻkilmalarda (togʻ yonbagʻirdagi koʻchib tushgan tosh, xarsang uyumi), ʼjarliklarda va h.k. Ekskursiyadan oldin talabalar ish joyining oʻziga xos xususiyatlari oʻsimliklari. relefi. daraxt navlari tarkibi, uchrashi mumkin boʻlgan hayvonlar, ularning xarakterli. oʻziga xos xususiyatlari va biologiyasi bilan tanishadilar. Ekskursiyalar, odatda, ertalabki soatlarda (seat 5 dan 6 gacha) oʻtkaziladi. TABIATDA KUZATISHLARNI OLIB BORISH, ZOOLOGIK MATERIALLAR TOʻPLASH VA ULARGA DASTLABKI ISHLOV BERISH Dala amaliyotining asosiy vazifalaridan biri umurtqali hayvonlarni tabiiy sharoitda oʻrganishdir. Bu vazifa hayvonlar ustidan bevosita kuzatishlar olib borish va ular hayoti faoliyati bilan bogʻliq, izlarini axtarib topish yoʻllari bilan hal qiladi. Ekskursiya paytida toʻgʻridan-toʻgʻri bevosita kuzatishlar oʻtkaziladi yoki pistirmada maʼlum joyda turib hayvonlar kuzatiladi (uya oldida, in atrofida, hayvonlar suv ichadigan joyda va boshqalar). Talaba hamma uchrashi mumkin boʻlgan hayvonlarga eʼtibor berishi zarur, ularning tashqi qiyofasini, katta-kichikligini, rangini, feʼl- atvorini (harakatlari xususiyatlari, sayrashi, yaqinlashayotgan odamga ovoz reaksiyasi, bir turga mansub vakillarini oʻzaro va boshqa turlar bilan munosabatlarini va boshqalar), shu bilan birgalikda atrof sharoitini belgilab qoʻyish, kunning soati, .uchrashuvlarning tez-tez sodir boʻlishligi ham alohida qayt qilinishi zarur. Umurtqali va umurtqasiz hayvonlar bilan olib borilayotgan ekskursiyalarni oʻtkazish botanikadan va hatto umurtqasizlar zoologiyasidan anchagina qiyinroq: umurtqali hayvonlarning turlari va ularning soni anchagina kam, ular gʻoyatda takomillashgan markaziy nerv sistemasiga ega boʻlishligi, yaqinlashib kelayotgan odam harakatiga, shovqiniga, kiyimi rangiga, sezgirlik, ziyraklik bilan javob qaytarishadi. Odatda hayvonlar ekskursantlar tomonidan koʻrib qolguncha allaqachon yashirinib olishiga harakat qiladilar, kamdankam holatlarda ularni bir necha daqiqalar mobaynida koʻrish mumkin boʻladi. Baʼzi bir umurtqalilar kam uchraydi, baʼzilari yashirincha yashaydilar, koʻpchiliklari tungi hayot kechirishga moslashgan Hayvonlarni kuzatishda, ʼular qanday sharoitda yashashlarini payqab olish, ayniqsa, ularning ozuqa negizining ahvolini oʻrganish muhimdir. Chunki asosiy ozuqaning moʻl-koʻl boʻlishi yoki aksincha, kam boʻlishi ular soniga, semizligiga, tashqi qiyofasiga, hududlari boʻyicha taqsimlanish tabiatiga, shuningdek, ovlash qurollariga va tuzoqlarga tushishiga ham taʼsir qiladi. Dala kuzatuvlari natijasida talabalarda tumanning umurtqali hayvonlari toʻgʻrisida dastlabki tasavvur shakllanadi, baʼzi turlar soni ularning maʼlum biror yashash joylariga toʻgʻri kelishlari (bu nimaga bogʻliqligini aniqlashga urinib koʻrish), kundalik faolliklari, oziqlanishi, ovqat topish va hayotini boshqa tomonlari toʻgʻrisida ham tushunchaga ega boʻladilar. Oʻquv-dala amaliyoti vaqtida keng va xilma-xil material toʻplanadi. Unga ishlov berish talabadan koʻp vaqt, tartibga aniq rioya qilish, epchillik va mahorat talab qiladi. Talabalar tomonidan topilgan, oʻlik holda yoki begona shaxslar tomonidan olib kelinadigan hamma hayvonlardan imkoni boricha toʻliq foydalanish zarur. Masalan, yigitlar yaqinda bir oʻlgan qushni olib kelishdi: uni darhol diqqat bilan qarab, aniqlash, ogʻirligini oʻlchash, taʼriflash, terisini shilib olish, zoologik tushka (yaʼni ichi tozalangan va paxta yoki poxol bilan toʻldirilgan qushning teri patida), tayyorlash, jigʻildon va oshqozonini yorib, tarkibini qismlarga ajratish, aniqlash va ichidagi bor narsalarning roʻyxatini tuzish, hazm boʻlmagan ovqat qoldiqlarini quritish, maxsus paketlarda yoki konservatsiyalovchi suyuqliklarda saqlanishi zarur. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling