Amaliyoti hisoboti
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Bozorova Sevara fdvgdtgh
Uya qurishi Barcha o‘troq qushlar singari musichalar ham ancha erta
uyalashga kirishadi. Z.L.Satayeva ularning sayrashini fevral oyidayoq qayd etgan. Qish iliq kelgan yillari ularning sayrashi umuman to‘xtamaydi. Haqiqiy baxor havosi kelgani bilan mart –aprel oylarida kichik musichalarning sayrashlari har tomondan tez-tez eshtilib turadi. Juflashish juda erta boshlanadi. Ayrim juftlar butun yil davomida ham ajralmaydi. Uya qurish joyini erkak qush tanlaydi ya qulay uya joyini tanlay olgach biror joyga qo‘nib olib, sayrab urg‘ochisini chaqiradi. Bizning kuzatishlarimizga ko`ra kichik musichalarning uyalari devorlarining yoriqlarida, daraxt shoxlarining ayrim qismida joylashgan bo‘ladi. Uya materiallarini erkagi terib keltiradi, urg‘ochisi esa erkagi keltirgan uya materiyallarini uyaga joylashtiradi. A.I. Ivanovning malumotiga ko`ra kichik musichalar uya joylarini tanlashda ancha befarq hisoblanadi. Ular odamlardan unchalik cho`chimaydi. Shu sababli istalgan qulay joylarga uya qurushlari mumkin. A. I. Ivanov oziq-ovqat do`koni derazasi qarshisida yerdan unchalik baland bo`lmagan joyda kichik musichaning uyasini topgan. Bundan tashqari kichik musichalar uyalarini suv quvurlarining devoriga mustahkamlashgan joylaridagi qoziqqa, omborxona va molxonalardagi to‘sinlar orasiga, uylarning karnizlariga quradilar. O.P.Bogdanov va R.N.Meklenbursevlarning malumotlariga ko‘ra kichik musichalarning uyalariga odatda imoratlardagi devor yoriqlarida, karnizlarda, tomlarning ostida va boshqa joylarda joylashadi. Mualiflarning takidlashlaricha ular juda kamdan - kam xollarda daraxtlarda va uzum voyishlariga uya quradi. Bizning kuzatishimizga ko‘ra kichik musichalar Samarqand viloyati Payariq tumani sharoyitida uyalarini ayvonlarning to‘siqlari orasiga, uzum voishlariga, gaz quvurlarining ustiga quradi. Nazorat ostiga olingan uyalarning to‘rttasi olma daraxtida, ikkitasi ayvon to‘sinida bittasi gilos daraxtida, bittasi omborxona to‘sinida, bittasi molxona shiftida joylashgan edi. Uya qurish joylari yil fasllariga vahavo haroratiga uzvib bog‘liqdir. Uya joyi tanlanishidan oldin erkak qush g`uvillagan ovoz chiqarib uya qurishi uchun u bir joydan ikkinchi joyga uchib uylarning karnizlari, to`sinlar orasini sinchiklab tekshiradi. Qulay uya joyi tanlab olingach erkak qush uya atrofida turib, g`uvillab urgochisini chaqiradi. Gohi-gohida tik holda balandga uchib qanotlarini keng yoyib parvoz qilib yana o`z joyiga kelib qo`nadi. Shundan so`ng urgochi qush uya qurish joyiga uchib ketadi va qushlar uya qurishga kirishadilar. Uya qurishda ikkala qush ham ishtrok etadi. Erkagi uya yaqinidagi xududdan materiallarni terib keltiradi. Urgochisi esa bu uya materiallarini uyaga joylashtiradi. Kichik musichalarning uyalari juda sodda tuzilgan bo`lib, uya materiallari uyaga juda pala-partish joylashtiriladi. Shuning uchun uyaga joylashtirilgan uya materiallarining ko`pchilik qismi, ba‘zi xollarda uyaning o`zi to`liq tushib ketadi va qushlar uyani yana yangidan qurishga majbur bo`ladi. Uya qurilayotgan joyning ostida juda ko`plab xas-xashak, kiichk shoxchalar va o`simlik navdalarini uchratish mumkin.Kuzatishlarimizga ko`ra kichik musichalarning uyalari yassi likopcha ko`rinishida, uya materiallari juda siyrak joylashgan bo`lib, uyaning o`rtacha diametri 16,3 sm, uya latogining chuqurligi 1,98 sm, uyaning yerdan balandligi 3,8 metrni tashkil etadi. Ularning uyalarini qayerda topganimizni bilib qish faslida harorat qanday bo‘lishini bilishimiz mumkin. Masalan bu yil yashab kelayotgan musicha inalarini ikkitasi ayvon to‘sinida, bittasi uncha issiq bo‘lmagan omborxona to‘sinida joylashganini ko‘dim, bu esa harorat nisbatan iliq kelishini bildiradi. Yozga yain ular uylarining joylarini suv bo‘yidagi olma, o‘rik, gilos, tut kabi daraxtlarga ko‘chiradi. Bu esa ularning polaponlarini yozning issiq kularidan himoya qiladi. Agar yoz fasli yog‘ingarchilikga boy bo‘lsa Musicha inalarini asosan ayvon to‘sinida va eski imoratning o‘rtacha baland joylarida uchratamiz. Kichik musichaning uyining yonida olib borilgan kuzatishlarda to‘plangan ma‘lumotlar bo‘yicha qish faslida qishloqlarda aholi saqlab qo‘ygan bug‘doy donlari va boshqa o‘simlik urug‘lari bilan oziqlanadi. Kuzatishlar olib borilganda ular boshqa qushlarga qaraganda odamlardan uncha qo‘rqmaydi, kerak bo‘lsa odamlarga yoqish uchun g‘ayri tabiiy harakatlar qiladi. Ularga bug‘doy donlarini sepganda yaqindan kuzatishimizga imkoniga egamiz ,boshqa qushlar esa bu vaziyatda ularning yonidan uchib ketdi. Kun 07.11.2020y 08.11.2020y 09.11.2020y 10.11.2020y 11.11.2020y 07.11.2020y 08.11.2020y 09.11.2020y 10.11.2020y 11.11.2020y Vaqt 06:30-07:00 06:30-07:00 06:30-07:00 06:30-07:00 06:30-07:00 12:20-12:30 12:20-12:30 12:20-12:30 12:20-12:30 12:20-12:30 Harorat -1 C 0 C 0 C 0 C 0 C 0 C 3 C 2 C 2 C 3 C Ozuqa turi va miqdori Bug‘doy doni 500 g Bug‘doy doni 500 g Bug‘doy doni 500 g Bug‘doy doni 500 g Bug‘doy doni 500 g Bug‘doy doni 500 g Bug‘doy doni 500 g Bug‘doy doni 500 g Bug‘doy doni 500 g Bug‘doy doni 500 g Musichalar soni 2 ta 6 ta 11 ta 13 ta 12 ta 3 ta 13 ta 18 ta 22 ta 25 ta Boshqa qushlar soni 1 ta chumchuq 3 ta chumchuq 2ta kaptar 8 ta chumchuq 5 ta kaptar 15 ta chumchuq 11 ta kaptar 5 ta mayna 18 ta chumchuq 11 ta kaptar 13 ta mayna 9 ta chumchuq 5 ta kaptar 8 ta mayna 15 ta chumchuq 11 ta kaptar 13 ta mayna 27 ta chumchuq 12 ta kaptar 17 ta mayna 2 ta hakka 30 ta chumchuq `17 ta kaptar 19 ta mayna 6 ta hakka 34ta chumchuq 20 ta kaptar 24 ta mayna 10 ta hakka |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling