Aminokislotalar. Tuzilishi va xossalari
Variant № 6
1. Agar lizin aminokislotasining noma’lum konsentrasiyali ertimasi 30 sm li
kyuvetada o‘lchangan nur burish burchagi +1.8° bo‘lsa,
ushbu eritmaning
konsentrasiyasini aniqlang (lizinning solishtirma burish burchagi +13.5°).
2. Nima sababdan kukun holidagi glutamat kislota iste’mol qilingandan so‘ng
og‘iz bo‘shlig‘ini natriy gidrokarbonatning (pH~8) kuchsiz eritmasi bilan chayish
lozim? Javobingizni izohlang.
3. ε-N-atsetillizinning oksidlanishli dezaminlanishidan
qanday birikma hosil
bo‘ladi? Reaksiya sxemasini keltiring.
4. Tirozinning formaldegid bilan ta’siridan qanday birikma hosil bo‘ladi.
Reaksiya sxemasini keltiring va qaysi mexanizmda borishi ayting. Ushbu reaksiya
qanday amaliy ahamiyatga ega. Tirozinning aminoguruhi fenol gidroksiliga nisbatan
kuchli nukleofilligini qanday tushuntirish mumkin?
5. Nikotin kislotaning biotransformasiyasi mobaynida uning glisin bilan o‘zaro
ta’siri sodir bo‘ladi. Reaksiya sxemasini yozing va amil bog‘ini ko‘rsating.
6. Penisellin va sefalosporin guruhi antibiotiklari
suvli eritmalarini nima
sababdan qizdirish yo‘li bilan sterillab bo‘lmaydi?
Ushbu guruhga kiruvchi ikki
komponent – ampitsillin va sefaleksin misolida javobingizni izohlang.
7. Quyida berilgan ma’lumotlar asosida 412 nm to‘lqin uzunligida gemoglobin
eritmasining optik zichligi 0,519 A bo‘lsa, uning konsentratsiyasini aniqlang.
Absorbsiya
(412 nm)
Standart eritmalar
konsentratsiyasi (µg/ml)
0,069
1
0,113
2
0,201
4
0,377
8
0,730
16
8. Prolin aminokislotasining barcha stereoizomerlarini tuzilishini yozing.
Ularning o‘zaro farqli tomonlarini ko‘rsating.
Do'stlaringiz bilan baham: