Aminokislotalar. Tuzilishi va xossalari
Variant № 7
1.
Izoleysin
aminokislotasining
bo‘lishi
mumkin
bo‘lgan
barcha
stereoizomerlarining tuzilishini yozing, ularni D,L- va R,S-nomenklatura bo‘yicha
nomlang.
2. Farmasevtik maqola bo‘yicha +32° bo‘lgan, 5%
li glyutamin kislotaning
suvli eritmasi (xlorid kislota bilan suyultirilgan) 10 sm li kyuvetada qutblangan nur
tekisligini burish burchagi qanchaga teng bo‘lishini aniqlang.
3. Quyida keltirilgan aminokislotalar va peptidlarni berilgan pH qiymatlari
sharoitida migratsiya (katod yoki anodga tomon) yo‘nalishini aniqlang. Javobingizni
izohlang. a)Glu (pH=7); b)Asp–Gis (pH=1); c)Glu (pH=1); d)Asp–Gis (pH=10).
4. Glutamin kislotaning in vivo va in vitro dezaminlanishi mahsulotlari bir xil
bo‘ladimi? Javobingizni izohlang
.
5. Gidrolizi natijasida piridoksaminfosfat va
pirouzum kislota olinadigan
aldiminning tuzilishini keltiring.
6. Oqsillar gidrolizida hosil bo‘lgan aminokislotalar aralashmasini gaz-
suyuqlik xromatografiyasi bo‘yicha analiz qilishda
ularni uchuvchan murakkab
efirlarga aylantiriladi. Leysin va izoleysinning metil efirlarini hosil bo‘lishi
reaksiyasi sxemasini keltiring.
7. Lizin aminokislotasi ikkita amino- guruh saqlaydi. Qizdirilishi natijasida
qanday mahsulot hosil bo‘lish ehtimoli yuqori? Sababini izohlang.
8. Suvli eritmada tirozin aminokislotasi
konsentratsiyasini quyidagi
ma’lumotlar asosida aniqlang: uning eritmasi 2 cm li kyuvetada spektrofotometrik
usulda aniqlanganda 0,71 A optik zichlikka (ε=1 420 L mol
-1
cm
-1
) ega bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: