Aminokislotalar, ularning tuzilishi, kimyoviy o’ziga xos xususiyatlari. Kapron – sintetik tola. ΑLfa – aminokislotalar oqsillarning strukturaviy birligi ekanligi. Oqsillarning tuzilishi va biologik ahamiyati. Aminokislotalar
Download 347.69 Kb.
|
Alfa Aminokislotalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nuklein kislotalar
Proteinlar - sodda oqsillar bo’lib, faqat aminokislotalar qoldiqlaridan tashkil topgan bo’ladilar.
Proteidlar – murakkab oqsillar bo’lib, ularda aminokislotalardan tashqari yana fosfat kislota, glukoza, geterosiklik birikmalar va boshqalar bo’ldilar. Oqsillar molekulasining shakliga ko’ra ham ikki katta guruhga bo’linadi : Tolali yoki fibrillyar oqsillar. Globulyar oqsillar. Fibrillyar oqsillarning molekulalari uzun, ipsimon shaklda bo’ladi. Bunga jundagi kerotin misol bo’ladi. Globulyar oqsillarning molekulalari sharsimon shaklda bo’ladi. Albuminlar, globulinlar va proteidlar globulyar oqsillarga misol bo’ladi. Oqsillar asosan oziq – ovqat sanoatida, tibbiyotda, to’qimachilik va yengil sanoatda keng ishlatiladi. Jun mahsulotlari, tabiiy ipak, charm, duradgorlik va poyafzal elimi, jelatina kabi oqsillar sanoat mahsulotlari hisoblanadi. Nuklein kislotalar Nuklein kislotalar – makromolekulyar birikmalar (polinukleotidlar) geterosiklik asoslar, monosaxarid va ortofosfat kislota qoldiqlaridan tuzilgan bo’lib, quydagi sxema bo’yicha birikkan : Nuklein kislotalarning monomer zvenosi - nukleotid asosdan, monosaxarid va H3PO4dan tarkib topgan. Nukleotid tarkibida nukleozid fragmenti ham mavjud bo’lib, u polisaxarid va asosni o’ziga oladi (u nukleotiddan fosfat kislotasini ajralib chiqishi natijasida olinadi). Nuklein kislotalar tarkibiga quydagi geterosiklik asoslar kiradi : Bulardan adenin va guanin – purinning hosilasi, timin, urasil va sitozinlar esa pirimidin hosilasi. Bu hamma asoslar – oq qattiq moddalar. Nukleozid tabiatiga bog’liq holda ribo – va dezoksiribo - nuklein kislotalarga farqlanadi. Ribonuklein kislotalarda (RNK) monosaxarid sifatida pentoza – D – riboza (C5H10O5) bo’ladi, asos sifatida esa adenin, guanin, sitozin va urasillar bo’ladi. Dezoksiribonuklein kislotalarda (DNK) monosaxarid sifatda tetroza – D – 2 – dezoksiriboza (C5H10O4) bo’ladi, asos sifatida esa adenin, guanin, sitozin va timin bo’ladi. Ko’pchilik RNK va DNK larda asoslarning ketma – ket takrorlanishi bilan farqlanadi. RNK molekulasining struktura birligi quydagicha : Geterosiklik asoslar hamma vaqt besh a’zoli monosaxaridlar sikllaridagi 1 holatdagi uglerod atomlariga birikadi. Fosfat kislotasi bilan hosil bo’ladigan efir shu sikl nukleoziddagi 3 – holatdagi uglerod atomiga bog’lanadi. Quyidagi sikl nukleozidi 5 - holatidagi uglerod atomiga birkadi. DNK va RNK dagi farq shundan iboratki, DNK dagi 2 – holatdagi uglerod atomiga –OH gruppa o’rniga H – atomi turadi. Nuklein kislotalarning monomer bo’g’ini mononukleotidlar bo’lib, ular tarkibiga pirimidin yoki purin asoslarining qoldiqlari, uglevodlar komponenti – riboza yoki dezoksiribozalar va ortafosfat kislotalarning qoldiqlari kiradi. DNK molekulasining fragmenti quydagi ko’rinishda tasvirlanadi : Download 347.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling