Aminokislotalar, ularning tuzilishi, kimyoviy o’ziga xos xususiyatlari. Kapron – sintetik tola. ΑLfa – aminokislotalar oqsillarning strukturaviy birligi ekanligi. Oqsillarning tuzilishi va biologik ahamiyati. Aminokislotalar


Download 347.69 Kb.
bet5/9
Sana28.03.2023
Hajmi347.69 Kb.
#1301442
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Alfa Aminokislotalar

Birlamchi struktura- oqsillarda uzunasiga ketma-ket joylashgan aminokislotalar bo’g’inlaridan iborat polipeptid zanjirlar oqsil molekulasining birlamchi strukturasi deyiladi.
α– oqsillarning birlamchi strukturasi.
Ikkilamchi struktura- oqsil molekulasining spiral shaklini eslatuvchi molekulaning har xil uchastkalarida – CO – NH – gruppalari orasida juda ko’p vodorod bog’lanishlar borligi tufayli oqsilning ikkilamchi strukturasi hosil bo’ladi. Oqsil molekulasining ana shunday spiral shakli (strukturasi) osilning ikkilamchi struktuasi deyiladi.
Uchlamchi fazoviy struktura - fazoda polipeptid zanjiri koptok o’ramiga o’ralgan fazoviy konfiguratsiya oqsilning uchlamchi strukturasi deyiladi.
Uchlamchi struktura polipeptid zanjiridagi funksional gruppalarning har xil ta’sirlashuvlari bilan bog’liq. Masalan: oltingugurt atomlari orasida disulfid (- S – S ) ko’prik karboksil gruppa bilan gidroksil gruppa orasida murakkab efir ko’prik, karboksil gruppa bilan aminogruppa orasida tuz ko’prik hosil bo’ladi.
Bu strukturada vodorod bog’lanish mavjudligi ahamiyatga sazavordir. Oqsillarning strukturasi borligi tufayli ko’pchilik holatlarda oqsil molekulasida o’ziga xos biologik aktivlik yuzaga keladi.
to’rtlamchi strukturasi - ushbu struktura bir qancha koptok o’ramlarining birlashib oqsilning yirik agregatlarini hosil qilishiga oqsillarning to’rtlamchi strukturasi deyiladi.
To’rtlamchi struktura oqsil polimerii bo’lib, bunda oqsil makromolekulasi monomerlik rolini bajaradi. Masalan : gemoglabin oqsili shunday polipeptidlar zanjiri (birlamchi struktura) spiralga o’ralgan (ikkilamchi struktura), ular o’z navbatida koptok o’ramiga o’ralgan (uchlamchi struktura) va to’rtta oqsil makromolekulasidan tuzilgan (to’rtlamchi struktura).

Faqat ana shunday strukturaga ega bo’lgan gemoglabingina o’ziga kislorodni biriktirib, uni to’qimalarga tarqata oladi.


Oqsil – organik moddalar rivojlanishining eng oliy shakli sifatida mavjud. Unda turli – tuman organik birikmalar sinflari, xususiyatlari jamlangan bo’lib, natijada organizmdagi xayotiy jarayonlarda katta rol o’ynaydigan, yangi sifatlarga ega mahsulotlar paydo bo’ladi.

Download 347.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling