Amir temur davlati ichki va tashqi siyosati


Download 38.15 Kb.
bet2/2
Sana03.12.2023
Hajmi38.15 Kb.
#1807217
1   2
Bog'liq
Amir temur davlati ichki va tashqi siyosati kurs

Kurs ishining tuzilishi. Mazkur kurs ishi kirish, 1bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.

I BOB. AMIR TEMUR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI.


1.1 Temuriylar davlatchiligiga asos solinishi.

XIV asr o’rtalarida Chingizxon tasarrufidagi yerlar uning vorislari qo’l ostida bo’lsa ham, ular mayda bo’laklarga bo’linib, idora qilinmoqda yedi. O’zaro hokimiyat uchun ichki kurashlar va nizolar natijasida 1348 yilda Sharqiy Turkistonda Chig’atoy avlodidan bo’lgan Tug’luq Temur hukmronligida Mo’g’uliston nomi bilan yangi davlat barpo yetiladi. Tug’luq Temur o’z yerlarini kengaytirish maqsadida Movarounnahrga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirdi. Bu harakatlar Movarounnahr ichidagi barqaror bo’lmagan ijtimoiy-siyosiy vaziyat, boshboshdoqlik tufayli sodir bo’lgandi.


Ana shunday ichki o’zaro urushlar avj olib, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy inqiroz kuchayib borgan davr Amir Temur faoliyati bilan bog’liq. Amir Temur Shahrisabz yaqinidagi Xo’ja Ilg’or qishlog’ida barlos beklaridan bo’lgan Muhammad Tarag’ay oilasida 1336 yil 9 aprelda tavallud topadi. Uning yoshligi Keshda kechadi, harbiy mashq, diniy va dunyoviy bilim o’rganadi. 1360-1361 yillarda Tug’luq Temur qarshiliksiz Movarounnahr yerlariga bostirib kirganida Temurning amakisi Kesh hokimi Hoji barlos Xurosonga qochib ketadi. Yosh Temur amakisi hokim bo’lib turgan yerlarni qo’lda saqlash maqsadida Tug’luq Temur xizmatiga kiradi va uning ishonchini qozonib, Kesh viloyati yerlariga hokimlik qilish uchun yorliq oladi. Temurning bu harakati Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik, o’zaro nizolar va boshboshdoqlik hukm surgan davrdagi birdan-bir to’g’ri yo’l yedi. Chunki kelajakda mahalliy hukmdorlarning Mo’g’uliston xoniga qarshi kurashining yuzaga kelishi, shubhasiz yedi. Tug’luq Temur 1361 yilda Movarounnahr yerlarini boshqarishni o’g’li Ilyosxo’jaga topshiradi. Shundan boshlab Amir Temur Tug’luq Temur xizmatidan asta-sekinlik bilan uzoqlashib, Balx hokimi Amir Qozog’onning nabirasi Amir Husayn bilan ittifoq tuzadi. Uni mustahkamlash maqsadida Temur Amir Xusaynning singlisiga ham uylanadi. Muhimi, birgalikda mo’g’ullarga qarshi kurashni ham boshlab yuboradi. U mahalliy hokimiyat uchun bo’lgan janglarning birida, aniqrog’i, Seyistonda turkmanlarga qarshi bo’lgan janglarda o’ng qo’li va oyog’idan yaralanib, bir umrga oqsoq bo’lib qoladi.
1363 yili Tug’luq Temurning vafoti Movarounnahr uchun bo’lgan kurashlarni kuchaytirib yubordi. Lekin mo’g’ul bosqinchilari osonlikcha Movarounnahrni bermasligi ma’lum yedi. Shu munosabat bilan Temur va Amir Husaynning birlashgan kuchlari 1365 yilda Movarounnahrdan haydalgan Ilyosxo’ja qo’shinlariga qarshi kurash boshlaydilar. Toshkent va Chinoz oralig’ida bo’lgan mashhur «Loy jangi» ittifoqchilar o’rtasidagi kelishmovchilik tufayli mag’lubiyat bilan tugaydi. Ana shu voqeadan so’ng Amir Temur va Amir Husayn o’rtasida ixtilof boshlanadi. «Loy jangi»da g’alaba qilgan Ilyosxo’ja yesa Movarounnahrdagi harbiy harakatlarini kengaytirdi. Yendi u katta qo’shinlar bilan Samarqandga yurish boshlaydi. Bu paytda Samarqanddagi Mavlonozoda va Abu Bakr Kalaviy boshliq sarbadorlar Ilyosxo’jaga qarshi chiqadilar. Mahalliy aholining vatanparvarlik namunalarini ko’rsatib qarshilik ko’rsatganliklari tufayli Samarqandni qamal qilib turgan mo’g’ul qo’shinlari Movarounnahrni butunlay tashlab ketishga majbur bo’ldilar. Samarqandliklarning mo’g’ullar ustidan yerishgan g’alabasi to’g’risidagi xabarni yeshitgan Amir Temur va Amir Husayn Movarounnahrga yo’l olishib, Samarqand yaqinidagi Konigilda sarbadorlar rahbarlari bilan uchrashadilar. Bu uchrashuvda o’zaro kelishmovchilik kelib chiqib, sarbadorlarning rahbarlari hiyla yo’li bilan o’ldiriladi. Movarounnahrda Samarqand taxtini Amir Husayn yegallab, uning hukmronligi o’rnatiladi. Shundan boshlab Temur va Husayn o’rtasidagi munosabat yanada keskinlashadi. Demak, bu vaqtga kelib Movarounnahrda o’zaro urushlarga barham bera oladigan markazlashgan davlat tuzish o’ta zaruriyatga aylangandi. Buni anglagan Amir Temur Amir Husaynga qarshi zimdan kurash olib borib, Balxni qamal qilish paytida o’z ittifoqchisi Xuttalon hokimi Kayxusrav qo’li bilan 1370 yili Husaynni chetlashtiradi. Mana shu davrdan ye’tiboran Amir Temurning Movarounnahrda yakka hukmronlik faoliyati boshlanadi. Bu yesa uning qariyb 35 yillik hukmronligi va ko’plab jahongirlik harbiy yurishlari uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Amir Temur o’zini Amir Kuragoniy deb atay boshladi. Chunki, u Amir Husaynning beva xotini Chingizxon avlodidan bo’lgan Saroymulkxonimni o’z nikohiga olgan yedi. Keyinchalik unga atab maqbara qurdiradi.
Temur qisqa vaqt ichida Amudaryo bilan Sirdaryo oralig’idagi yerlarni, Farg’ona va Shosh mulklarini o’ziga bo’ysindirdi. 1372-1388 yillar orasida Xorazmga 7 marta harbiy yurish qilib, uni ham o’ziga bo’ysundirdi.Temur Oltin O’rda xoni To’xtamishga qarshi 1389, 1391, 1394-1395 yillarda 3 marta yurish qilib, uni ham yengdi. Oltin O’rda qudrati to’lasincha sindirildi. 1395 yilda Shimoliy Kavkaz hamda Terak daryosi bo’yida Temur va To’xtamish o’rtasida shiddatli jang bo’lib, bu jang Temur g’alabasi bilan tugadi. Bu g’alabalar Temur qo’shinlarining quyi Povolje, Astraxon, Shimoliy Kavkaz, Azov bo’ylariga chiqish uchun keng yo’l ochildi. Temurning Xorazm, Movarounnahr yerlariga va Oltin O’rdaga yurishlari, poytaxtning Keshdan Samarqandga ko’chirilishi O’rta Osiyoda markazlashgan davlatni tashkil qilishga qaratilgan bo’lsa, uning Yeron, Kavkaz, Hindiston, Old va Kichik Osiyoga harbiy yurishlari imperiyani kengaytirish maqsadida amalga oshirilgandi. Temur o’zining uch yillik (1386-1388), besh yillik (1392-1398), yetti yillik (1399-1405) yurishlari davomida Ozarbayjonda jaloyirlar, Sabzavorda sarbadorlar davlatini, Hirotda kurdlar davlatini tugatib, Yeron va Xurosonni o’z tasarrufiga kiritdi. Amir Temur 1398 yilda Hindistonga qilgan harbiy yurishida Dehli shahrini, 1400 yilda Suriyaga qilgan yurishida yesa Halab va Beyrut shaharlarini, 1401 yilda Damashq shahrini yegallaydi. 1402 yilda usmoniylar imperiyasining sultoni Yildirim Boyazidga qarshi yurishida uni mag’lubiyatga uchratadi. Bu g’alaba bilan Temur Yevropaning usmoniylar asoratiga tushishini bir necha o’n yillar orqaga suradi. Temur 1404 yilda Kichik Osiyodan Samarqandga keladi va Xitoyga harbiy yurish taraddudini ko’radi. Aslida Temur yirik sarkarda bo’lib, kuchli hafbiy boshqaruv tizimini yaratadi.
1404 yil qishida Temur 200 minglik qo’shin bilan Xitoy safariga otlandi. Ammo Temur qattiq betobligi sababli chegara shahari O’trorda to’xtaydi va shu yerda 1405 yilning 18 fevralida vafot yetadi. Natijada Xitoyni tobe yetish rejasi amalga oshmay qoladi. Amir Temur hayotining so’nggi yillarida o’zining yesdaliklari va tuzuklarini yozib qoldirdi “Temur tuzuklari” da davlat tuzilishining asosiy bo’g’inlari, ularning vazifa, funksiyalari, vazirlarning faoliyatlari, turli hil ijtimoiy guruhlar, tabaqalarga munosabat, qo’shin tuzilishi davlatning moliya va soliq siyosati, mulkiy munosabatlar hamda shu singari dolzarb masalalar, ularni hal yetish yo’llari aniq ifodalangan. Amir Temur davlatni mustahkamlashda qonun-qoidalarning tutgan o’rniga keng ye’tibor berdi. U bu haqda quyidagilarni yozdi: «Davlat ishlarini saltanat qonun - qoidalariga asoslangan holda boshqardim. To’ra va tuzukka tayanib saltanatda o’z martaba va maqomimni mustahkam saqlab turdim». Amir Temur turk-mo’g’ul an’analariga amal qilgan holda o’z davlati hududlarini suyurg’ol (ulus) tariqasida in’om qilish yo’li bilan boshqargan. Temur Movarounnahrdan tashqaridagi yerlarni to’rt ulusga bo’lib, farzandlariga in’om yetdi. Bu masalaning ye’tiborli tomoni shundaki, bo’lib berilgan yerlar ichki mustaqillikka yega bo’lsalar-da, lekin amalda markaziy hokimiyatga bo’ysunganlar. Uluslar o’rtasida turli nizolar va kelishmovchiliklar bo’lmasligi uchun ularning faoliyatini shaxsan o’zi nazorat qilib turgan. Temur davlat mafkurasining kuchli hokimiyat va tayanch yekanligini tushunib yetganligi bois davlat, saltanat ishlarini yuzaga keltirishda kamchilikka yo’l qo’ymaydigan vazirlarni tanlashga alohida ye’tibor bergan. Amir Temur vazir to’rtta sifatga yega bo’lishi lozim deb hisoblagan: asillik, toza nasllik; aql-farosatlilik; sipohi raiyat ahlidan xabardorlilik; sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik.
Temur davrida davlat markaziy ma’muriyati boshida devonbegi, ark begi va to’rt vazir turgan. Vazirlar soliq yig’ish, meros ishlari, askarlar maoshi va ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash va saroy xarajatlari bilan bog’liq ishlar bilan shug’ullangan.
Temur davridagi ilm-fan, me’morchilik, san’at sohalari o’z davriga nisbatan yuqori darajada rivojlanib, yuksak ma’naviy boylik darajasiga ko’tarildi. Sohibqiron mamlakat obodonchiligiga ham juda katta ye’tibor berdi. Samarqandni poytaxt qilib olgach dunyoning turli joylaridan keltirilgan binokorlar, me’morlar tomonidan masjidlar, madrasalar, maqbaralar qurildi. Hattoki g’ariblarga oziq-ovqat beradigan g’aribxonalar, yo’lovchilar qo’nib o’tadigan maxsus joylar ham qurilgan. Shahar atrofi mustahkam devorlar bilan o’ralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So’zangaron, Feruza kabi nomlar bilan darvozalar quriladi. Temurning qarorgohi sifatida noyob ma’muriy bino Ko’ksaroy va Bo’stonsaroylar qad ko’taradi. Samarqand atrofida atab go’zal bog’lar yaratgan.Temur tug’ilgan joyi Keshda Oqsaroy, Jome masjidi, madrasalar barpo yettirdi. Turkiston shahrida Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasini qurdiradi. Bu davrda Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va Toshkent kabi shaharlar hunarmandchilik va savdo markazlariga aylandi. Amir Temur savdo yo’llari rivojiga va uning tinchligiga alohida ye’tibor berdi. U boy o’ljalar bilan cheklanib qolmay, balki jahon karvon savdosi yo’llari (Yevropa va O’rta Osiyo mamlakatlarining Uzoq Sharq bilan) ustidan hukmronlik qilishni ham o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandi. Sohibqiron Oltin O’rda hududidan o’tgan shimoliy savdo yo’lini ishdan chiqarish va savdo yo’lini O’rta Osiyo orqali o’tgan yeski ipak yo’liga yana burib yuborishga zo’r berib harakat qildi.
Amir Temur davlatining mafkurasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotni izga solib yo’naltirishdan tashqari siyosiy hayotda ham katta kuchga aylandi. U chet davlatlar bilan aloqani kengroq yo’lga soldi. U davr shart-sharoitlaridan kelib chiqib, tashqi siyosatda qat’iy faol harakat qilib, o’z saltanati dovrug’ini jahon miqyosiga olib chiqa oldi. Amir Temurning Yildirim Boyazid ustidan bo’lgan g’alabasidan so’ng Fransiya, Angliya, Genuya va Vizantiya yerkin aloqalarni, savdogarlar va mol almashishni taklif yetgan. U Yevropa mamlakatlari bilan yaqin qo’shnichilik qilish, savdo karvon yo’llarini rivojlantirish niyati borligini ko’rsatib, o’z davlati shuhratini Yevropaga tarqata oldi. Uning saltanatining dovrug’i bu mamlakatlarga borib yetishi bilan Fransiya, Angliya, Genuya, Vizantiya va Ispaniya kabi davlatlarning qirollari sohibqiron bilan siyosiy, iqtisodiy, savdo aloqalari o’rnatishga intilganlar. Shu bois ular Temur huzuriga muntazam yelchilar yuborib turganlar. Amir Temur davrida diniy ilmlar va dunyoviy fanlar barqaror bo’lgan. U o’z davrining fan va madaniyat homiysi sifatida ham shuhrat qozondi. Doimo kamsitilgan va ye’tibordan chetda bo’lgan mazhab tarafdorlarini o’z homiyligiga olgan. Darvesh, faqir-miskinlarni o’ziga yaqin tutib, ularni ranjitmaslikni o’zining insoniy burchlaridan biri deb bilgan. Amir Temur vafotidan so’ng uning yirik imperiyasi parchalana boshladi. Temuriy shahzodalarning taxt uchun o’zaro kurashlari qudratli davlatning bo’linishidagi asosiy sabablardan biri yedi. Amir Temur taxtiga valiahd qilib nabirasi Pirmuhammadni qoldirgan bo’lsa-da, yeng katta o’g’li Jahongir Mirzoning farzandi, ko’pgina amirlar va amaldorlar uning hukmronligini tan olmadilar. 1405 yil mart oyida Temurning nabirasi Xalil Sulton o’zboshimchalik bilan Samarqand taxtini yegalladi. Undan tashqari, Xurosonda Shohruh, Balx, G’azna va Qandahorda Pirmuhammad, G’arbiy Yeron va Ozarbayjonda Mirzo Umar va Abubakr Mirzo, Turkiston, Sabron, O’tror, Sayramda Amir Berdibek, O’ratepa va Farg’onada Amir Xudoydod, Xorazmda Idiku o’zlarini hukmdor deb ye’lon qildilar.
Temuriy hukmdorlardan Shohruh (1405-1447), Mirzo Ulug’bek (1409-1449), Sulton Husayn (Boyqaro) (1469-1506), qisman Sulton Abu Said (1451-1469) davrlarida ichki osoyishtalik, ma’rifat va madaniyatga ye’tibor tufayli ilmu-fan va madaniyat yuksalib, Movarounnahr va Xuroson yana Sharqning ma’rifat va madaniyat markazi nomini qaytarib oladi.
Bu vaqtda nafaqat Hirot va Samarqand, balki Movarounnahr va Xurosondagi boshqa shaharlarda ham olimu-fuzalo, shoiru-me’morlar, bastakoru naqqoshlar guruhlari to’plana boshlaydi. Buxoro, Xorazm, Balx, Mashhad, Sheroz ham o’ziga xos madaniy markazlar rolini o’ynay boshlaydi. Ma’rifatparvarligi va aqlli bilan nom chiqargan Shohruh davrida asriy ilm-fan, madaniyat an’analari qayta jonlana boshlagan yedi. Shahar qayta qurildi. Hirotdagi yeng gavjum joylardan biri Shohruhning o’g’li Boysunqur tashkil yetgan kitobxona nomini olgan joy bo’lib qoldi. Bu yerda o’z davrining yeng sara kitoblari qayta ko’chirilar, sotib olinar va sotilar yedi. Bu paytda hukmdor va amaldorlarning homiyligi natijasida tasviriy san’at, amaliy san’at, xattotlik san’ati o’z rivojini maromiga yetqazdi. Mirak Naqqosh boshchiligidagi sharq miniatyura san’ati ham o’z faoliyatini shu yerdan boshlagan yedi. Hirotlik va xurosonlik ko’plab badavlat zodagonlar, savdogarlar ham ilm-fan, madaniyatga homiylik qila boshlaydilar. Masalan, Shohruh hukmronligi davrida zodagon Hoji Arslon Tarxon o’zining ma’rifatparvarligi bilan nom chiqargan edi.

1.2 TEMURIYLAR DAVLATINING ICHKI SIYOSATI.


Amir Temur o’zining hayoti davomida harbiy iste’dodi, mohir sarkardaliga, diplomatliliga va yetuk davlat arbobi bo’lganligi tufayli yuksalish va insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan ulkan markazlashgan daatat tuzishga muvaffaq bo’ldi. Sohibqiron turk-Mug’ul an’analariga amal qilgan holda o’z davlati hududlarini suyurg’ol (ulus) tariqasida inom qilish yo’li bilan boshkargan. Temur Movarounnahrdan tashqaridagi yerlarini ulusga bo’lib, farzandlariga in’om etdi. Bu masalaning e’tiborli tomoni shundaki, garchi sohibqiron tomonidan bo’lib berilgan yerlar ichki mustaqillikka ega bo’lsalar-da, lekin amalda batamom markaziy hokimiyatga bo’ysundilar. Temurning o’ta darajadagi zukkoligini shundan bilsa bo’ladiki, u uluslar o’rtasida nizolar kelib chiqmasligi uchun ularning faoliyatini doimo nazorat qilib turadi. Temur davlatining eng ko’zga ko’ringan va muammoli tomoni sohibqiron kichik bir viloyat doirasida tarbiya topgan davlat mafkurasining boshqaruv tayanchi kuchli hokimiyat tushundi va davlat, saltanat ishlarini yuzaga chiqarishda kamchilikka yo’l qo’ymaydigan vazirlarni tanlashga harakat qildi. Amir Temur vazir to’rtta sifatga ega bo’lishi lozim hisoblagan: birinchisi-asllik, toza nasllilik, ikkinchisi-aql-farosatlilik, uchinchisi-sipohu raiyat axdidan xabardorlik to’rtinchisi-sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik.

Amir Temur hukmronlik qilgan davrlarda davlatning markaziy ma’muriyati boshida devonbegi, arkbegi va to’rt vazir turgan. Vazirlar soliqlar yig’ish, meros ishlari, askarlar maoshi va ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash, saroy xarajatlari bilan bog’liq bo’lgan ishlarni bajarganlar.


Bu davrlarda yerga egalikning baьzi turlari mavjud bo’lib, ular suyurg’ol yerlar, vaqf yerlar, jamoa yerlari edi. Xususiy egalari tarxon unvonini olganlar, davlatga soliq to’lashda ba’zi imkoniyatlarga ega bo’lganlar, vaqf yerlar masjid va madrasalarga qarashli yerlar bo’lib, ular soliq to’lashdan ozod qilganlar. Amir Temur davrida asosiy soliq daromad solig’i xiroj bo’lib, u olinadigan daromadning uchdan bir qismiga teng bo’lgan. Temur tuzuklarida yozilishicha, kimki biron sahroni obod qilsa, yoki yer osti suvlarini tortib oladigan inshoot qursa, yo, biron bog’ ko’kartirsa, yoxud biron tashlandiq yerni obod qilsa, faqat yerni o’zlashtirganining uchinchi yili (birinchi, ikkinchi yil umuman to’lamagan) qonun doirasda xiroj solig’i olingan. Undan tashqari ushr, mol, suvloq soliq turlari mavjud bo’lib, ular yillar davomida amal qilingan tartib-qoidalarga binoan to’plangan. Soliq to’plovchi soliq yig’ish jarayonida soliqni yaxshi so’zlar bilan to’plashi, aholini kaltaklash hollari, zanjirband etish hollari kelib chiqmasligini nazorat qilishi shart edi.
Amir Temur davlatni mustaxkamlashda qonun-qoidalarning tutgan o’rniga keng e’tibor berdi. Fransuz olimi Alfons de Lamartin Amir Temur davlati haqida shuday degan edi: «Yevropa Iskandarda, na Atillada va na Moskoviya zafarini quchgan fotih Napoleonda adolatli qonunlar asosiga qurilgan bunday boshqaruvni bunyod etgan emas». «Davlat ishlarini, - deb edi Amir Temur, - saltanat qonun-qoidalariga asoslaigan holda boshqardim. To’ra va tuzukka tayanib saltanatda o’z martaba va maqomimni mustahkam saqlab turdim».
Sohibqiron mamlakat obodonchiligiga ham juda katta e’tibor berdi. Dastlab, Samarqandni poytaxt qilib olgach, u katta imtiyozlarga ega bo’lgan shaharga aylanadi. Sohibqiron harakati bilan Samarqandda dunyoning yirik shaharlaridan keltirilgan binokorlar, me’morlar tomonidan masjidlar, madrasalar, maqbaralar barpo etildi. Hatto g’ariblarga oziq-ovqat beradigan g’aribxonalar, yo’lovchilar qo’nib o’tadigan sus joylar ham qurilgan. Shahar atrofi mustahkam devolar bilan o’ralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So’zangaron va Feruza kabi nomlar bilan darvozalar quriladi. Temurning qarorgohi sifatida noyob ma’muriy bino Ko’ksaroy va Bo’stonsaroylar ham aynan shu yerda quriladi. Temur noyob qurilishlardan tashqari Samarqand atrofida o’zining xeshu aqrabolariga atab turli go’zal bog’lar qurdirardi.
Temur ulkan sohibqiron sifatida o’zining ona yurti Keshga katta diqqat-e’tibor bilan qaradi. Yozma manbalardagi ma’lumotlariga qaraganda, Amir Temur Shahrisabzda Oqsaroy, jome’ masjid, madrasalar barpo ettiradi. Sohibqirondagi ulug’ sahovatning yana bir tomoni shunda ediki, u bepoyon dashtlar bilan qamrab olingan Turkiston shahrini ham obodonchiligiga keng e’tibor berdi. Jumladan, Xoja Axmad Yassaviy maqbarasini qurish bilan bu yerda nafaqat obodonchilik, balki ko’chmanchi va o’troq aholi orasidagi munosabatni yaxshi yo’lga qo’yish, urug’lar o’rtasida tinchlik saqlash maqsadi yotgani ma’lum.
Amir Temur davrida yangi shaharlar, savdo va hunarmandchilik keng rivojlanganligini aytib o’tmoq lozim. Temurning sa’yi harakatlari bilan Buxoro, Shaxrisabz, Toshkent kabi shaharlar savdo va hunarmandchilik markazlari sifatida rivojlanib bordi. Ayniqsa, bu davrlarda hunarmandchilikning keng rivojlanishi shaxarlarda xunarmandchilik mahallalari, savdo rastalari soni ortib borganida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Sohibqiron savdo yo’llari rivojiga, uning tinchligiga keng e’tibor berib bordi. Shaxsan o’zining nazorati ostida savdo yo’llari nazorat qilib borilishi savdo karvonlarining xavfsizligini ta’minladi.
Amir Temur davlatining mafkurasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotni izga solib yo’naltirishdan tashkari siyosiy hayotda ham kuch keng yo’lga qo’ydi. Sohibqiron chet davlatlar bilan aloqani keng yo’lga qo’ydi. U davr shart-sharoitlariga ko’ra tashqi siyosatda qat’iy, faol harakat qilib, o’z saltanati dovrug’ini jahon miqyosiga chiqara oldi. Sohibqironning Yildirim Boyazid ustidan bo’lgan g’alabalaridan so’ng Fransiya, Angliya, Genuya va Vizantiya erkin aloqalarni, savdogarlar va mol almashishini taklif etgan. Shunday qilib u Yevropa davlatlari bilan yaqin qo’shnichilik qilish, savdo karvon yo’llarini rivojlantirish niyati borligini kursatib o’z davlati shuhratini Yevropaga tarqata oldi. Uning saltanatini dovrug’i bu mamlakatlarga yetib borishi bilan Fransiya, Angliya, Genuya, Vizantiya, Ispaniya kabi davlatlarning qirollari sohibqiron bilan siyosiy, iqtisodiy, savdo aloqalari o’rnatshpga intilganlar, shu bois ular sohibqiron huzuriga muntazam elchilar yuborib turganlar. Temurning chet davlatlar bilan olib borgan diplomatik aloqalarida uning o’g’li Mironshoh ko’p yordam bergan.
Amir Temur davrida diniy ilmlar va dunyoviy fanlar barqaror bo’lgan. Sohibqiron o’z davrining fan va madaniyatli jonkuyari sifatida shuhrat qozondi. Temur taqvodor ruhoniylarga chuqur hurmat bilan qaradi. Ularning duolarini oldi, doimo kamsitilgan mazhab tarafdorlarini o’z himoyasiga oldi. Darvesh, faqir va miskinlarni o’ziga yaqin tutib, ularni ranjitmaslik uchun barcha talablarini bajardi.
O’rta Osiyo xalqlarining ma’naviy taraqqiyotida Temurr diniy va dunyoviy bilimlariga e’tibor berishi ahamiyatga ega edi. Sohibqiron doimo ilm ahli va ulamo bilan suhbatda bo’lib, qalbi toza kishilarga talpingan. Temur davrdagi ilm-fan, me’morchilik, san’at sohalari o’z davriga nisbatan o’ta darajada rivojlanib, yuksak ma’naviy boylik darajasiga ko’tarildi. Temur davrning nodir qo’lyozmalari tarixiy mo’jizasiga aylanib qoldi.
Din jamiyatda mafkuraning ustunlaridan biri bo’lgan sababli sohibqiron dinga keng e’tibor berdi. U nafaqat askarlarini, balki barcha fuqarolarini musulmonchilik tarbiyalashga harakat qilgan, Uning doimo amal qilib kelgan «Kuch adolatdadir» degan so’zlari uning davlat boshqarishdagi yuksak qobiliyatidan dalolat beradi.
Mashhur muarrixlardan biri Nizomiddin Shomiy o’zish «Zafarnoma» asarida shunday yozadi: «...uning adolatiyu siyosati o’rnatilgan kunlarda Movarounnahrning eng chekka joylardagina emas, balki Xo’tan chegarasidan Dehli va Kanboyit atrofigacha, Bobil Abvobdan to Misr va Rum hududigacha bo’lgan yerlardan savdogarlar u yerda tursin, bolalaru, beva xotin ham ipakli matrlar, oltin-kumush va eng zarur tijorat mollari keltirardilar va olib ketardilar. Hech bir kimsaning bir doniga ham ko’z olaytira olmaydi va bir dirhamiga ham ziyon yetkazmaydi. Bu cheksiz ne’mat va poyonsiz marhamatlar Amir sohibqironning siyosati va adolati natijasidandir».
1.3 DAVLATNING TASHQI SIYOSATI.

Tarixdan ma`lumki, Amir Temur mo'g`ullar hukmronligiga chek qo`yib, 1370 yilda Movaraunnahr hukmdoriga aylanadi. U hukmronligining dastlabki davrlaridan boshlab, mamlakat xavfsizligini ta`minlash va chet davlatlar bilan aloqalarni tiklashni, savdo-sotiqni rivojlantirishni oliy vazifa deb belgiladi. Chunki, Amir Temur savdo-sotiqni rivojlantirish, qo`shni davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilash mamlakatni gullab-yashnashnatishini anglagan dono hukmdor edi. Buning uchun esa albatta birinchi navbatda, xavfsizlikni ta`minlash va barqaror tinchlikni saqlash zarur edi. Tez orada Amir Temurning sayharakatlari bilan Temuriylar davlati ulkan hududlarni egallagan qudratli davlatga aylandi.Amir Temur yosh davlat xavfsizligini ta'minlash maqsadida Oltin O‘rda va Dashti Qipchoqqa nisbatan amalga oshirgan tadbirlari, jahongirlik faoliyati boshlanganda dastlab, Xuroson, so‘ngra Eron va Ajam Iroqi, Kavkaz sarhadlari, Hindiston, so‘ngra arab mamlakatlari hamda Turkiya va nihoyat, yevropa davlatlari bilan bo‘lgan muloqotlarining har biri alohida ilmiy tadqiqot manbai sifatida tahlil qilinishi kerak. Bu yerda faqat Amir Temur davlati tashqi siyosati, uning diplomatiyasi haqida umumiy tasavvur berishi mumkin bo‘lgan ayrim mulohazalarni keltirish bilan cheklaniladi, xolos. Ma'lumki, o‘zbek olimi Ibrohim Mo‘minov "Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli" asarida Sohibqiron faoliyatini ikki bosqichga — Turonzaminda mustaqil davlat tuzish va xorijiy mamlakatlarni fath etishga yo‘naltirilgan davrlarga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etgan edi. Nazarimizda, Sohibqiron davlatining tashqi siyosatini tahlil etishda ham ana shu mezondan kelib chiqish ma'qul ko‘rinadi. Chunki, tarixda tarkib topgan har qanday davlatning tashqi siyosati va uning xorijiy munosabatlari uning ichki siyosatining bevosita davomi sifatida namoyon bo‘ladi. Shunday ekan, Amir Temur davlati diplomatik aloqalari ham u yuritgan umumiy siyosatning ajralmas va uzviy bir qismi sifatida maydonga chiqqan hamda amalga oshirilib kelingan. Amir Temur faoliyatining 1370 - yilgacha bo‘lgan davri, asosan, Movarounnahrni 150 yildan ortiqroq davom etgan mo‘g‘ullar zulmidan ozod qilish, bu yo‘lda uchragan barcha to‘siqlarni yengib o‘tish va Turonzaminda mustaqillik bayrog‘ini barqaror etish bilan belgilanadi. Bu vaqt ichida Sohibqiron ana shu asosiy maqsadni ro'yobga chiqarish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirdi. U juda katta aql-zakovat va ziyraklik bilan barcha og‘ir vaziyatlardan chiqa bildi. Amir Temurning bu davrda Movarounnahrdan tashqaridagi mamlakatlar hukmdorlari bilan olib borgan diplomatik muloqotlari shuni ko‘rsatadiki, uning jahongirlik siyosatidagi barcha masalalar asosan islom dini nuqtai nazariga asoslangan holda hal etishga qaratilgan. Misrlik tadqiqotchi olim Fatxi al-Guveyli ham haqli ravishda “Amir Temur tomonidan boshqa davlatlar bilan bo`lgan munosabatlarda qo`llangan diplomatikusullar va ularning ayrim nozik jihatlari nazariy va amaliy jihatdan chuqur o`rganishga arzugulikdir”, - deb ta`kidlagan. Fatxi al-Guveyli “Amir Temurga teran aql-farosat va ziyraklik xos bo`lib, bu sifatlar diplomat shaxsning eng muhim jihatini va sosini tashkil etadi. Amir Temur u yoki bu mamlakatga o`z elchilarini yuborib, boshqa davlatlar elchilarini qabul qilib, qirol va amirlar bilan diplomatik yozishmalar o`rnatib, bu sohaning shakl mazmunlarini yanada boyitdi” – deb yozadi.
U olib borgan barcha jangu jadallar islom dinining g’orat etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, uning susayishiga o‘z xatti-harakati bilan sababchi bo‘lgan hukmdorlarni jazolash shiori ostida amalgaoshirila boshlanadi. Islom dini daxlsizligini muhofaza qilish, bu boradagi qonun-qoidalarning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, uni tarqatish - Sohibqiron davlatining g‘oyaviy bayrog‘iga aylanadi. Amir Temur Movarounnahrni mo‘g‘ul istibdodidan ozod qilishda, so‘ngra buyuk imperiyani barpo etishda bir yarim asr davom etgan g‘ayridin mo‘g‘ullar hukmronligidan zada bo‘lgan mintaqalar uchun o‘sha davrda islom g‘oyasining birlashtiruvchi kuchga aylanishi mumkinligini to‘la anglagan holda harakat qiladi. "Tajribadan ko‘rib bildimki, - deb ta'kidlagan edi u, -davlat agar dinu oyin (qoida) asosida qurilmas ekan, unday saltanatning shukuhi qudrati va tartibi yo‘qoladi". Uning dini islom sohasida yuritgan siyosati din peshvolari tomonidan qattiq qo‘llab- quvvatlandi, hatto ular Amir Temurga "bu yuz yillikda Muhammad dinining yangilovchisi shu kishi bo‘lg‘ay", degan fatvo ham berdilar.Amir Temur XIV-XV asrlarda Yevropa va osiyoni bog`lashga xizmat qilgan zot sifatida tarixda qolgan. U Kastiliya va Leon qiroli Don Enriki lll (ayrim manbalarda – Ispaniya qiroli Genrix lll). Fransiya hukmdori Sharl VI (ayrim manbalarda – Karl VI), Angliya qiroli Genrix IV saroylariga elchilar yuborib, mutanosib ravishda Ispaniyalik, fransiyalik, angliyalik, xitoylik va boshqa bir qator – jami 20 dan ortiq xorijiy davlatlar elchilarini o`z saltanatida qabul qilgani haqida atroflicha bayon etilgan ko`plab tarixiy va ilmiy asarlar bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi.Tarixiy manbalarda yozilishicha, 1402 yilning 28 iyulida Anqara shahri yaqinidagi chuduq vodiysida Amir Temur bilan Usmonli turk sultoni Boyazid Yildirim askarlari o`rtasida kechgan va Sohibquron g`alabasi bilan yakun topgan jangga guvoh bo`lganlar orasida Kastiliya va Leon qiroli Don Enriki lll tomonidan Amir Temur huzuriga yo`llangan elchilar – Payo de Sato Mayor va Ernan Sanches de Plasuelos ham bor bo`lgan. Jangda so`ng Amir Temur elchilarni qabul qiladi, ulardan ispanlar davlati va qirolning hol-ahvoli haqida surishtiradi, ziyofatlarga taklif etib, ko`p hadyalar beradi. Elchilarning qaytish vaqti bo`lganda Sohibquron ikki davlat o`rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida ular bilan birga qobilyatli beklardan Muhammad Keshiyni ham maktub va sovg`alar bilan Kastiliyaga elchi qilib junatadi. Keshiy u yerga eson-omon yetib borib, maktub va sovg`alarni qirol Don Enriki lll ga topshiradi. Amir Temur islomni g‘oyaviy bayroq sifatida o‘zining boshqa mamlakatlar va xalqlar bilan bo‘lgan munosabatlarida hamisha bedaxl saqlashga, uni bosh masala tarzida har vaqt diqqat markazida tutishga qattiq e'tibor berib keldi. U masalan, turk sultoni Boyazid Yildirim bilan olib borgan yozishmalarida doimo uning g‘ayridinlarga qarshi olib borgan kurashiga xayrixohlik bildirishni unutmagan, bu boradagi o‘z nuqtai nazarini imkoni boricha kengroq tarqatishga xarakat qilgan. Boyazid Yildirimning Kemax qal'asini bosib olganiga qattiq e'tiroz bildirgan Amir Temur turk sultonidan uni darhol o‘z egalariga qaytarib berishni talab qilar ekan, bu masala yuzasidan unga yo‘llagan maktubida, jumladan, quyidagilarni ta'kidlagan edi: "Uni (Kemax qal'asini) bizning gumashtalarimizga topshirasan, qolgan Rum mamlakati senga musallamligicha qolg‘ay, agar u hududda (islom) diniga muxolif bo‘lganlarga qarshi g‘azot marosimini barpo qilsang, har nimaiki iltimos qilsang, qudratimiz yetgancha madad va yordamimizni darig‘ tugmaymiz, biz ham g‘azot savobida senga sherik bo‘lg‘aymiz". Shundan sal oldin Qoraboqqa Amir Temur huzuriga kelgan turk elchilariga (taxminan 1402 -yil mart oyining boshlarida) Sohibqiron shunday so‘zlarni aytadi: "Men tabiatan u tomonga yuzlanish va u mamlakatga lashkar surishni xoxlamayman. (Amir Boyazid) doimo faranglarga qarshi g‘azot qilayotganligi sababli men faranglar quvvatlanib, axdi islomning kuchsizlanishini istamayman". Amir Temur yevropa davlatlariga yuborgan elchilariga qirollar bilan olib boriladigan muzokaralar uchun keng huquqlar bergani holda, ularga diniy masalalar yuzasidan fikrlashishni mutlaqo man etgan. Masalan, Amir Temurning 1402- yilda Farangiston qiroli Karl VI ga yo‘llagan maktubida shunday satrlarni o‘qiymiz: "Buyuk hukmdorlar va do‘stlar o‘rtasidagi ulug‘ ishlar haqida bir-birlarini ogoh etish odatiga bo‘ysunib, mazkur arxiepiskop Janni siz janoblarining huzuriga jo‘natdik, toki ul kishi bizning mamlakatimiz va hozirgi ahvolimiz, shuning birla, so‘nggi paytlarda bul o‘lkalarda sizning g‘animlaringizga nisbatan sodir bo‘lgan voqealar to‘g‘risinda sizni xabardor etsinlar, batafsil so‘zlab bersinlar. Tag‘in ul zot sizlar bilan bo‘lgan do‘stligimiz va ittifoqimiz, siz va sizning odamlaringizga xurmat e'tiborimiz hamda birodarligimiz ravnaqi yo‘lida shu kunlarda bajarilayotgan ko‘pgina foydali tadbirlar haqida ham hikoya qilg‘aylar. Ul zotni ham sizning, ham bizning odamimiz tariqasinda tavsiya etmoqdamiz. Ul kishini diniy masalalardan tashqari boshqa barcha masalalarda ishonchli vakil deb tinglag‘aysiz. Ushbu maktubdagi ostiga chizilgan so‘nggi jumla bilan Amir Temur o‘zining musulmon imperiyasi hukmdori sifatida diniy masalalar yuzasidan muzokaralar olib borish niyati yo‘qligini bildirish bilan bir qatorda, nasroniy e'tiqodga oid o‘z xizmatkorining (elchisining) bu sohada umuman hech qanday haq-huquqqa ega emasligini ham alohida qayd etgan. Ayrim tadqiqotchilarning, masalan, I. I. Umnyakovning "bu narsa Amir Temur va uning a'yonlarining fikri bo‘lmasdan, arxiepiskopning o‘zi tomonidan maktubga qo‘shilgan", degan fikrini sira quvvatlab bo‘lmaydi. Chunki elchi sifatida yuborilgan monax Jan bunday erkinlikka yo‘l qo‘yishi aql bovar qilmaydigan bir holdir. Amir Temurning islom dini himoyachisi sifatida yurgizgan ichki va tashqi siyosatining ifodasi tarzida bu jumla ataylab ana shu maktubning boshdanoq o‘rin olganligiga shubha bo‘lishi mumkin emas. Amir Temurga bo‘ysunishni istamagan va undan qochib Boyazid Yildirim saroyida panoh topgan turkman sardori Qora Yusuf masalasida ham islom dini nuqtai nazaridan yondashilgan. Aslida bundan Amir Temur o‘z siyosiy va harbiy maqsadlarini amalga oshirish uchun g‘oyat zukkolik bilan foydalangan. Natijada Qora Yusuf masalasi uning bilan turk sultoni o‘rtasidagi eng chigal muammolardan biri darajasiga ko‘tariladi, chunki Sohibqironning bu boradagi talabini Boyazid bajarishdan bosh tortadi. Amir Temur Boyazidga yo‘llagan qator maktublarida Qora Yusufni o‘z yurtida musulmon qonun-qoidalarini oyog‘ osti qilganlikda, qaroqchilik yo‘liga o‘tib, Makkaga borayotgan hojilar karvonlarini talaganlikda ayblaydi va bunday shaxsning, Qur'on oyatlarida ko‘rsatilganidek, og‘ir jazoga mustahiq etilishi lozimligini ta'kidlaydi. "Qora Yusuf yo‘lto‘sarlardan bo‘lganligi va necha martalar hojilarni g‘orat qilganligi, islom mamlakatlarida talon-toroj qilib fitna qo‘zg‘otganligi uchun, - deb yozgan edi Sohibqiron bu haqda Boyazidga yuborgan o‘z maktublaridan birida, - umumxalq huzurida dorga osilishi kerak, toki o‘zga mufsidlarga ibrat bo‘lgay. Bu yerda ana shunday "dini islomni g‘orat qilgan" bir kimsani o‘z panohida saqlagan hukmdorning ham shu gunohga sherik bo‘lishi, islom qonunqoidalariga xilof yo‘l tutayotganligiga ham sha'ma qilib o‘tiladi. Amir Temurning Misr mamluklari bilan olib borgan diplomatik yozishmalarida xuddi shu diniy masalalarni hisobga olgan holda sal boshqacharoq yo‘l tutgani ko‘zga tashlanadi. Gap shundaki, mo‘g‘ullar 1258 - yilda Bag‘dodni egallab, Abbosiylar xalifaligiga xotima bergach, islom dunyosi (sunniylar) o‘zlarining yagona ruhoniy rahnamolari - xalifalaridan judo etiladilar, o‘sha paytlarda Bag‘doddan Kohiraga kelgan qochoqlardan biri o‘zini so‘ngi xalifaning amakisi deb e'lon qiladi. Bu da'vo ko‘p ham ishonchli bo‘lmasada mamluklar islom dunyosida o‘z siyosiy mavqyelarini mustahkamlash maqsadida uni qabul qiladilar va shundan boshlab Qohirada Abbosiylarning vakillari mamluk sultonlari huzurida islom olamining bosh diniy rahnamosi sifatida qaror topadilar. Ular mamluk sultonlari uchun atrof mamlakatlarni qo‘lga olishda ma'naviy tayanch vazifasini o‘taydilar. Mamluk Beybars (1260-1277) davrida Afrika qitasidagi Liviya va Barka, so‘ngra Nubiya Misrga qo‘shib olinadi. Shuningdek, mamluk sultonlari Makka va Madina joylashgan Hijoz ustidan ham o‘z hukmronliklarini o‘rnatadilar. Amir Temur Misr bilan bo‘lgan o‘z muloqotlarida ana shu faktlarni e'tiborga olishga majbur edi. U Bag‘dodni qo‘lga kiritar ekan, Misr bilan o‘z sarhadlarining tutashganini hisobga olib, Barquqqa 1393 - yil boshida "podshohona tuhfalar va hadyalar bilan" "Sova shahrining mashoyixlaridan va qadimiy xonadonlaridan bo‘lgan aslzoda va sharif bir kishini elchi sifatida" yo‘llaydi. Amir Temur Misr sultoniga yozgan maktubida: "hamsoyalik haqqiga rioya qilib, do‘stlik eshigini ochaylik, toki bundan buyon har ikki tomondan elchilar borib kelib tursinlar, har ikki mamlakat savdogarlari uchun yo‘l ochib qo‘yilsin va bu ma'ni xalq osoyishtaligiga va yo‘llarning eminligiga sabab bo‘lsin", degan so‘zlarni bitgan edi. Ammo elchilik Shom hududiga yetgach, hech qanday sababsiz elchi va uning hamma mulozimlari tig‘dan o‘tkaziladi. Ayni vaqtda, Barquqning farmoniga muvofiq, o‘zaro to‘qnashuvda qo‘lga tushgan Amir Temurning yaqin a'yonlaridan biri Otlamish Qohiraga olib ketilib, bandi zindon etiladi. Bu vaqtda Amir Temur ochiqdan-ochiq Barquqqa qarshi harbiy kuch bilan tazyiq ko‘rsata olmas edi. U buyuk strateg sifatida buning uchun qulay fursat yetilmaganini yaxshi bilardi. Chunki Barquq Amir Temurga qarshi Boyazid Yildirim bilan ittifoq tuzgan, agar o‘zaro muhoraba boshlansa, uning an'anaviy sherigi Oltin O‘rda ham Temur lashkarlariga orqadan zarba berishi mumkin edi. Shuning uchun Amir Temur o‘ziga yetkazilgan ozorni vaqtincha orqaga tashlashga majbur bo‘ladi va sulton Barquqni faqat qattiq ogohlantirish bilan cheklanadi. Shomiyning yozishicha, u Rum chegaralaridan o‘tib, Malotiyaga kelganda Misr sultoniga yana elchi yuboradi va "Men begona lashkarni Shom yerlariga kiritishni xohlamayman, sizlar bundan ortiq jahl maqomiga qadam bosmanglar, amir Otlamishni tezlik bilan yuboringlar, toki men elchini o‘ldirganingiz gunohidan o‘taman va diyoringizni salomat qoldiraman", degan mazmunda maktub yo‘llaydi. Ammo bu maktubga ham ijobiy javob bo‘lmaydi. Bu orada Amir Temur 1394 -yilda to‘satdan o‘z suvoriylari jilovini orqaga burishga farmon beradi. Buni ko‘pgina g‘arb tadqiqotchilari "Temur 1394 - yilda mamluklar ixtiyoridagi Suriya yerlari tomon yo‘lga chiqqandi. Ammo u mamluk sulton Barquq qo‘shinidan qo‘rqib, birdan sharqqa chekinishga majbur bo‘ldi", deb izohlaydilar. Aslida Amir Temur, yuqorida ta'kidlanganidek, bu vaqtda Misrga qarshi mahoraba maydoniga chiqmoqchi emas edi. To‘qnashuv uchun yetarli va asosli sabab bor edi, ammo qulay fursat va sharoit yo‘q edi. Shuning uchun ham u mamluklar bilan bo‘ladigan jangni orqaga tashlab, Hindiston safariga otlanadi. U Hindiston yurishidan qaytgach, mamluklar hukmronligidagi sarhadlarga o‘zi uchun qulay bo‘lgan yangi vaziyatda yurish boshlaydi, tez orada yirik shaharlardan Halab va Damashqni qo‘lga kiritadi. Misr sultoni Faraj tor-mor qilinib, bu joylarni o‘z holiga tashlab Qohiraga qochadi. Yuqorida ta'kidlanganidek, Misr mamluklariga qarshi uyushtirilgan harbiy tadbir uchun Sohibqiron ixtiyorida yetarli bahona bor edi: uning do‘stlik mujdasi bilan sulton Barquqqa yuborilgan elchilari xiyonatkorona o‘ldirilgandi. Barcha xalqlar tomonidan qabul etilgan va amal qilinib kelingan qadimiy udum - "elchiga o‘lim yo‘q" udumi buzilgandi. Amir Temur "Tuzuklari"da "Qaysi ishni chora-tadbir bilan bitirishning iloji bo‘lsa, unda qilich ishlatmadim" degan ibora bitilgan. Bu narsa uning diplomatiyasida asosiy o‘rin tutganligini ko‘ramiz. Bu diplomatik yo‘l Turonzaminni bir yaxlit davlat sifatida birlashtirishda katta ijobiy natijalar berdi. Aks holda ko‘plab qon to‘kilgan, mo‘g‘ullarning 150 yil davom etgan zulmidan keyin endi qad rostlab kelayotgan o‘nlab shahar-qishloqlar va sug‘orish inshootlari qaytadan tiklandi. Pokistonlik olim F.A.Duroniy ham “Amir Temur O`rta Osiyodan chiqqan buyuk sarkardalardan bo`lgan. Uning qat`iyatliligi, bir maqsadga intiluvchanligi hamda tirishqoqligi kuchli raqiblari ustidan g`alaba qozonishga yordam bergan. U turli vaziyatlarda raqiblaridan ustun kelishining birorta ham imkoniyatini qo`ldan bermagan, kerak bo`lganda hech ikkilanmay muzokara olib borgan, o`zi kuchli diplomat bo`lgan, uning strategiyasi zudlik bilan harakat qilish, raqibiga zarba berish”, - deb uning diplomatiyasidagi xos xususiyatlarga katta baho bergan.Diplomatik yo‘l bilan o‘z ta'sir doirasini kengaytirish usulini Amir Temur o‘z faoliyatining ikkinchi bosqichi, ya'ni jahongirlik davrida ham keng qo‘llagan. U ayniqsa, kichik hukmdorlarga jangu jadalga kirishmaslikni, yuqori hokimiyat sifatida uni tan olgan holda o‘z yurtida avvalgidek hukmronlik qilaverishni tavsiya etgan. Manbalardan ma'lumki, ko‘p hollarda bu siyosat muvaffaqiyat qozongan. Albatta, bunday hukmdorlarning Amir Temur takliflarini qabul qilishi zamirida Turondagidek birlashish zarurati emas, balki noilojlik asosiy omil bo‘lgan. Shu bilan ular, cheklangan bo‘lsada, o‘z hukmronliklarini saqlab qolganlar. Sohibqironning xalqaro yozishmalari asosan fors tilida olib borilgan. Chunki bu til o‘sha paytda Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarining nafaqat o‘zaro, balki boshqa mintaqa davlatlari bilan olib borgan muloqotlarida rasmiy xalqaro aloqalar vositasi sifatida tan olingan va diplomatik yozishmalar ko‘pincha ana shu tilda olib borilgan. Amir Temur bu an'anaga amal qildi, lekin o‘z xatlarini "Amir Temur so‘zim" yoki "so‘zimiz" degan turkiy kalima bilan boshlashni rasmiy udumga aylantirdi. Buni Ovrupo mamlakatlariga yo‘llangan yozishmalarda ham ko‘ramiz. Hatto, Amir Temur maktublarining lotincha tarjimalaridan birida "so‘zimiz" kalimasi Temurning rasmiy unvonlaridan biri bo‘lsa kerak, degan andisha bilan ag‘darilmasdan "so‘zimiz" deb yozib qo‘ya qolinganligi nazarga tashlanadi.

Xulosa
Amir Temur diplomatiyasiga xos xususiyatlaridan yana biri , u raqiblariga yozgan xatlarida odatda sharqona odob-axloq va asrlar mobaynida qaror topgan udumlardan chekinmagan. Bu haqda yuqorida Sohibqiron va Sulton Boyazid o‘rtalaridagi yozishmalardan misollar keltirib o‘tgan edik. Bir so`z bilan aytganda Sohibquron aqilli siyosatchi bo`lib, o`z davrida fuqarolarning dardu g`amini, istagini to`g`ri tushungan va shu asosda siyosat olib borgan. U chet davlatlar bilan ham puxta siyosat olib borgan. Tinchlikni saqlashning va mamlakatni rivojlantirishning yagona yo`li bu boshqa davlatlar bilan muzokara olib borish, ittifoqchilikda hayot kechirish ekanligini anglagan. To`g`ri, u istelochilik yurishlarini ham amalga oshirgan, ammo, u o`z mamlakatini tashqi dushmanlardan himoyalash maqsadida bu yurishlarni amalga oshirgan.

Temurning «Kuch-adolatda» degan so’zi haqiqatda shiorga aylanib, xamma davrlar uchun jaranglab turuvchi ibora tusini olganligi shohidi bo’lishimiz mumkin. Temur xalqning shikoyatlari va arzlarini o’rganuvchi maxsus arzbegi lavozimini joriy qilgan. Arzbegi shikoyat, arizalarni ko’rib chiqar, ularda kimlar aybdorligini aniqlar va bu xususda kengashga xabar qilar. Aybdorlar kim bo’lishidai qat’i nazar qattaq jazolangan. Soliqlar, moliyaviy masalalarda qatьiy tartib-qoida o’rnatilgan Rus sharqshunosi D.N.Logofet bu xususda shunday deb yozadi: biz hozir zo’r berib intilayotgan daromad solig’i degan uning (Temurning) hokimiyatida o’shandayoq mavjud edi».


Temur ma’naviyati ulkan manba va tuganmas bir buloqdir. Hozirgi mustaqillikka erishgan davrimizda, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda, milliy mafkura goyalarini fuqarolarimiz ongiga singdirishda bu manbaning ahamiyati beqiyosdir. Shuning uchun ham Prezidentimizning Amir Temur tavalludining 660 yillik tantanalari va keyingi vaqtdagi qator chiqishlarida bu manbaning ahamiyati takror va takror qayd etilmoqda. Temur ma’naviyatining bizga o’rgatuvchi, saboq bo’lguvchi joylari juda ko’pdir. Zero, bu ma’naviyat bobokalonlarimizning bebaho ma’naviy boyligining bo’lagi bo’lib, yurtimiz ravnaqi va porloq kelajagi hamisha xizmat qilajakdir.
Hurmatli yurtboshimiz Islom Karimov. Amir Temur davri ma’naviyati, sohibqiron shaxsiyati va u qoldirgan ulkan meros nima uchun zarurligi masalalariga to’xtalib, buni quyidagicha sharhlab berdilar: «Amir Temur avvalo qudratli davlat qurgan. Davlat qudratli bo’lmasa, betakror ma’naviy meros ham, obidalar ham, tarixiy yodgorliklar ham bo’lmasdi. O’zbekistonning bugunga ozodligini mustaxkamlash davrida Amir Temur biz uchun buyuk davlat asoschisi sifatida qadrlidir.U davlat poydevorini qurgan, davlatning huquqiy asoslarini barpo etgan. Uning davlatchilik borasidagi fikrlari nafaqat o’z davri, balki kelgusi avloddar uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

  • Karimov I.A. Amir Temur davridagi bunyodkorlik va hamkorlik ruhi bizga namuna bo’laversin. Asarlar. 4-jild. Toshkent. O’zbekiston, 1996.


  • Karimov I.A. Amir Temur haqida so’z. Toshkent. O’zbekiston, 1996.Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. T., «O’zbekiston», 1992.


  • Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T., «O’zbekiston», 1996.


  • Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.3. T., «O’zbekiston», 1996.


  • Karimov I.A. «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q». T., «Sharq», 1998.


  • Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. T., «O’zbekiston», 1998.


  • Temur tuzuklari. Toshkent. G’afur G’ulom nomli nashriyot, 1991.


  • Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. Toshkent. O’zbekiston, 1996.


  • Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. Toshkent. Kamalak, 1994.


  • Ahmedov B. Amir Temur: rivoyat va haqiqat. Toshkent. Qomuslar bosh tahririyati, 1996.


  • Ahmedov B. Amir Temurni yod etib. Toshkent. O’zbekiston, 1996.


  • Ibn Arabshoh AmirTemur tarixi. I-IIj. Toshkent. Mehnat, 1991.


  • Herman Vamberi. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi.


  • Amir Temur Ko’ragoni. Zafar yo’li. T., «Nur», 1992.


  • Amir Temur o’gitlari. T., «Navro’z», 1992


  • .Axmedov A. Ulug’bek Muhammad Tarag’ay. T., 1994.


  • Axmedov B. Sohibqiron Temur (hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati). T., 1996.


  • Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. Ikki jildlik. T., «Mexnat», 1992.


  • Mo’minov I. Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va roli. T., «Fan», 1998.


  • Temur tuzuklari. T., «G’afur G’ulom», 1991.


  • Fayziyev T. Temuriy malikalar. T., 1994.



1 1 Каримов И.А.Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Т.: Шарқ, 1998. – 31 б; Ўша муаллиф. Ватан равнақи учун ҳар биримиз масъулмиз. – Т.: Ўзбекистон, 2001. Т. 9. – Б. 99-104, 220-224.
2 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Ўзбекистоннинг янги тарихи”ни тайѐрлаш ва нашр этиш тўғрисидаги қарори. Т.: 1996 й. 16 декабрь // Халқ сўзи. 1996, 17 декабрь.

2 3 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. – Б. 44-45.



3 4 Каримов И.А. Амир Темур – фахримиз, ғуруримиз. Амир Темур таваллудининг 660 йиллигига бағишланган Халқаро илмий конференциядаги маъруза, 1996 йил 24 октябрь // Халқ сўзи. 1996й


http://fayllar.org
Download 38.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling