Ҳамширалик жараёни


Download 34.84 Kb.
bet6/8
Sana12.03.2023
Hajmi34.84 Kb.
#1263578
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hamshiralik ishi

PALPATSIYA


Palpatsiya (paypaslab ko‘rish) ko‘zdan kechirish bilan birgalikda olib boriladi. Palpatsiya qilishda bir qator qoidalarga rioya qilish kerak bo‘ladi: bemor va hamshiraning holati tekshirish o‘tkazish uchun qulay, qo‘llari iliq bo‘lishi kerak. Palpatsiyani yumshoq harakatlar bilan olib boriladi. Palpatsiya yordamida terining quruq, namligi, elastikligi, tarangligi (turgor) aniqlanadi. Normada burma qilib olingan terini qo‘yib yuborsa, u tezlik bilan yozilishi kerak.
Palpatsiya teri osti kletchatkasi qanchalik rivojlanganligini, shish borligini aniqlaydi, shish borligi taxmin qilinayotgan sohani ezib ko‘rib (ezilgan sohada chuqurcha qoladi) aniqlanadi.
Palpatsiya yordamida mushaklar, limfa tugunlarining holati haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Normada limfa tugunlari kattalashmagan, og‘rimaydigan, harakatchan, o‘zaro va atrof to‘qimalr bilan chatishmagan bo‘ladi.
Suyaklarni palpatsiya qilish og‘riydigan sohalarni, uning bukilganligini, suyak to‘qimasining o‘sib ketganligini (osteofitiya), bo‘g‘imga suyuqliq yig‘ilganligini aniqlashga imkon beradi.
Qorinni, yurak sohasini va pereferik tomirlarni palpatsiya qilib juda ko‘p ma’lumot to‘plash mumkin.


PERKUSSIYA


Ichki a’zolar joylashishini eshitib ko‘rish yordamida aniqlash usuli.
Bemor tana yuzasini dukillatib ko‘rish yordamida, tovushning o‘ziga xos o‘zgarishiga asoslanib, tekshirilayotgan a’zo holatini aniqlash.
Perkussiya bevosita va bilvosita bo‘ladi:
Bevosita – barmoq bilan bevosita tanaga zarba beriladi.
Bilvosita – tekshirilayotgan sohaga jips qo‘yilgan barmoqqa boshqa barmoq bilan zarba berish.
A’zoning havoga to‘lganligiga, joylashish chuqurligiga qarab, har bir a’zo o‘ziga xos tovush chiqaradi. Bu ichki a’zolardagi patologik o‘zgarishlar borligi haqida, uning joylashishi, a’zolarning chegaralari haqida tushunchaga ega bo‘lish imkonini beradi.
Perkussiya vaqtida xosil bo‘lgan to‘lqinlar 6–8 sm chuqurlikkacha boradi, aynan shu chuqurlikda a’zo topografiyasini aniqlash mumkin.
Perkutor tovushning 3 xili tafovut qilinadi:

  1. baland, aniq – kuchli, yaxshi ajratib olinadigan tovush

  2. timpanik – havo va suyuqlik bor a’zolar sohasida eshitiladigan davom etuvchi baland tovush. Normada oshqozon va ichak sohasida eshitiladi.

  3. to‘mtoq – normada havosiz to‘qimalar sohasida xosil bo‘ladigan bo‘g‘iq, past, tez so‘nadigan tovush (son sohasi).

Quyidagilar farqlanadi:

    • solishtirma perkussiya, ko‘krak qafasi va qorin devorining simmetrik sohalarida galma-galdan amalga oshiriladi;

    • topografik perkussiya – a’zo yoki patologik hosilaning chegarasi, o‘lchami va joylashishini aniqlash




Download 34.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling