Ҳамширалик жараёни


Download 34.84 Kb.
bet5/8
Sana12.03.2023
Hajmi34.84 Kb.
#1263578
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hamshiralik ishi

HAYOT TARIXI


  • bemor qanday o‘sgan, rivojlangan, qachon maktabga borgan, mehnat faoliyati qachon boshlangan;

  • hayoti davomida qanday kasalliklarni boshidan kechirganligi, ular birorta asoratlar bilan kechganmi, qanday davo qilinganligi, statsionar sharoitida davolanganmi, albatta aniqlab olish kerak;

  • mehnat sharoiti, ishlab chiqarishdagi zararli omillar, maishiy zaharlanishlar borligi, alkogol iste’mol qilish, chekish natijasidagi zararlanishlar borligi aniqlanadi;

  • bemorning ovqatlanish hususiyatlari;

  • ota-onasi, yaqin qarindoshlari haqidagi ma’lumotlar aniqlanadi, ularning ahvoli, hayot davrida qanday kasalliklar bilan og‘riganliklari, qaysi kasallikdan vafot etishganliklarini aniqlash.

  • allergologik anamnez aniqlanadi, birorta dori vositaga, kimyoviy moddalarga, uy-ro‘zg‘or changiga, o‘simliklarga va boshqa narsalarga allergik reaksiyalar bo‘lganligi. Bularni aniqlash rivojlangan kasallik asosida allergik reaksiyalar bo‘lganligini va kelgusida medikamentlar bilan davolash vaqtida shunday reaksiyalarni oldini olish uchun ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin;

  • ayollarda hayz ko‘rish sanasi, davomiyligi, davriyligi aniqlanadi, homiladorliklar bo‘lganligi, ular qanday kechganligi, tug‘ruq qanday kechgani so‘raladi. Klimakterik davrning boshlanishi, qanday kechayotganini bilish zarur;

  • bemor jinsiy hayotining xususiyatlari ham aniqlanadi.

OB’EKTIV TEKShIRISh


Tekshirish bemorni ko‘zdan kechirish, umumiy ahvolni baholashdan boshlanadi, so‘ngra palpatsiya, perkussiya va auskultatsiyaga o‘tiladi.


BEMORNI KO‘ZDAN KEChIRISh


Bemorni ko‘zdan kechirish anamnez yig‘ish mobaynida davom ettiriladi. Ko‘zdan kechirishni ma’lum reja asosida bir qator qoidalarga rioya qilgan holda, tarqoq tabiiy yorug‘likda olib borish ma’qul, chunki sun’iy yorug‘lik teri va shilliq qoplamlarning rangini o‘zgartirib yuboradi. Agar
bemor sun’iy yorug‘likda ko‘zdan kechirilsa, yorug‘lik kuchli bo‘lishi kerak.
Ko‘zdan kechirganda quyidagilar aniqlanadi: bemor holati, umumiy ahvoli, terisi, ko‘zga ko‘rinadigan shilliq qoplamlar xolati, so‘ngra yuz, bosh, bo‘yin, gavda, qo‘l va oyoqlarni ko‘zdan kechirishga o‘tiladi.



Download 34.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling