Ҳамширалик жараёни


Download 34.84 Kb.
bet3/8
Sana12.03.2023
Hajmi34.84 Kb.
#1263578
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hamshiralik ishi

BEMORNING ShIKOYATLARI

Shikoyatlarni aniqlash bemor muammolarini tasavvur qilish imkonini beradi. Bemorlar har doim ham o‘z dardlari haqida aniq gapirib bera olishmasligini esda tutish kerak, shuning uchun ularning yoshini, ma’lumotini inobatga olish lozim. Yaxshisi ta’kidlaydigan yoki rad etadigan javobni ko‘zda tutadigan savollarni bermagan ma’qul, chunki bu vaziyatni noto‘g‘ri tahlil qilishga sabab bo‘lishi mumkin.


    1. Asosiy savollar

    2. Organ va tizimlar bo‘yicha qo‘shimcha savollar:

a) nafas olish tizimi: nafas olish burun orqali (qiynalmasdan, qiynalib), burundagi ajralmalar, burundan qon ketishi, ko‘krak qafasidagi og‘riqlar (og‘riq qaerda ekanligi, jadalligi va tabiati, nafas bilan bog‘liqligi), xansirash, nafas siqishining xurujlari, quruq yo‘tal, balg‘am ajraydigan ho‘l yo‘tal (balg‘am quyuq, suyuq, ko‘pikli, sarg‘ish-ko‘k, tiniq, qon aralash, hidsiz, qo‘lansa hidli, sassiq, balg‘amning ajralishi gavda xolatiga bog‘liqligi, qon tuflash va o‘pkadan qon ketishi);
b) yurak-tomir tizimi: yurak urishi, ritmining buzilishi, yurak sohasidagi og‘riq (og‘riq qaerda ekanligi, intensivligi, tarqalish sohasi, paydo bo‘lish sharoiti);
v) ovqat hazm qilish tizimi: ishtaha, chanqov (chaynash, yutish, qizilo‘ngach orqali ovqatni o‘tishi, kekirish va uning xususiyati (havoli, ovqat aralash, nohush hidli, nordon), ko‘ngil aynashi, qorinda og‘riq bo‘lishi (ovqat qabul qilish va ovqat turi bilan bog‘liqligi, og‘riq sohasi va tarqalishi), oshqozon va ichaklardan qon ketishi, meteorizm, najas xususiyatlari (ich ketishi va qotishi, ptologik aralashmalarning borligi);
g) gepato-lienal tizim: qovurg‘alar ostida og‘riq (ularning xususiyati, paydo bo‘lish sharoiti, jigar sanchig‘i), teri va shilliq pardalarning sarg‘ayishi (uning og‘riq huruji boshlanishiga bog‘liqligi), peshob va najas rangining o‘zgarishi;

Download 34.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling