Ҳамширалик жараёни


Download 34.84 Kb.
bet7/8
Sana12.03.2023
Hajmi34.84 Kb.
#1263578
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hamshiralik ishi

AUSKULTATSIYA


Ba’zi a’zo va tizimlarda sodir bo‘layotgan fiziologik jarayonlarning kechishini aks ettiruvchi tovushlarni aniqlaydigan tekshirish usuli.
Yurakni auskultatsiya qilganda nafas olish va chiqarishda, yurak klapanlarining harakatlanishi va qorincha, bo‘lmachalar devorining tebranishidan kelib chiqadigan shovqinlar eshitiladi
Yurak va o‘pka patologiyasida qo‘shimcha tovushlar paydo bo‘ladi va tovush tembri o‘zgaradi.


IKKINChI BOSQICh – hamshiralik tashhisi


Hamshira bemor holatini birlamchi baholab olib va olingan ma’lumotlarni yozib bo‘lgach, olingan natijalarni umumlashtiradi, taxlil qiladi va ma’lum xulosaga keladi. Bu xulosalar bemor muammolari, ya’ni hamshiralik tashxislari bo‘lib qoladi va ular hamshiralik parvarishining maqsadi bo‘ladi. Siz hamshiralik tashhislarini ajratib olishingiz kerak: hozirgi, ya’ni bemorning bugungi, ertaga bo‘ladigan va statsionardagi hamshiralik parvarishi olib boriladigan davr mobaynida mumkin bo‘lganlari.
Potensial (yashirin, lekin yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan) – parvarish davrida yuzaga keladigan yoki asosiy kasallik sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolar.
Hamshiralik tashhislari hamshiralik kasallik tarixiga “Hamshiralik tahlili va asboblar bilan tekshirish ma’lumotlari”dan keyin yozib qo‘yiladi.
Undan keyin siz hamshiralik jarayoni xaritasi bo‘yicha ishlashga kirishasiz. Unda ajratilgan ustunchalarni (grafalar) to‘ldirasiz. Bemorni parvarish qilish rejasiga va uni amalga oshirishga alohida e’tibor berishingiz kerak.


UChINChI BOSQICh – hamshiralik parvarishi maqsadlarini, ustivorlikni aniqlash, parvarish rejasini tuzish




Rejalashtirish ma’lum maqsadlarni aniqlashda hamshira o‘zini qanday tutishi kerakligini aniqlaydigan, bemorga qaratilgan va maqsadga erishish strategiyasini o‘rnatish kategoriyasi. Rejalashtirish vaqtida ustivorliklar ajratiladi, maqsadlar aniqlanadi, hamshiralik parvarishi rejasi shakllanadi.
Ustivorliklarni aniqlash – bemor bilan hamshira birgalikda bemorning hohishi, ehtiyojlari va uning xavfsizligini inobatga olib, tashhis qo‘yish usuli. Bemorga bir nechta tashhis qo‘yiladigan bo‘lsa, hamshira ularning hammasi bo‘yicha baravariga hamshiralik parvarishini amalga oshira olmaydi. Amalga oshirishning shoshilinchligi bo‘yicha hamshira tashhislarni ustuvorini tanlab oladi.



Download 34.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling