Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi toʻgʻrisida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar


-§. Irrigatsiyatizimiboshqarmalariningasosiyvazifalarivafunksiyalari


Download 184.5 Kb.
bet5/16
Sana23.02.2023
Hajmi184.5 Kb.
#1223711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
YaNGI Намунавий Низом

4-§. Irrigatsiyatizimiboshqarmalariningasosiyvazifalarivafunksiyalari
17. Quyidagilar irrigatsiya tizimi boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Vazirlikka va Havza boshqarmasiga yuklagan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlik qilish;
Irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini texnik soz holatda saqlash, ulardan foydalanish qoidalariga qatiy amal qilish hamda xavfsiz va ishonchli ishlashini taʼminlash;
Yirik irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini boshqarishni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida avtomatlashtirish;
Suvning hisobi va hisobotini yuritish, raqamli texnologiyalarni joriy qilish, suvning hisobi boʻyicha shaffof tizimni yaratish;
Irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini kompleks modernizatsiyalash, fan-texnika yutuqlari, suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalar, ilgʻor mahalliy va xorijiy tajribalarni joriy qilish;
Suv resurslarini boshqarish tamoyillari va tizimini takomillashtirish, suvdan tejamli va oqilona foydalanishni taʼminlash, irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini modernizatsiyalash choralarini koʻrish.


18. Quyidagilar irrigatsiya tizimi boshqarmalarining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarining texnik holatini tizimli ravishda oʻrganib boradi va ularni soz holatda saqlaydi;
Irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarining ulardan foydalanish qoidalariga qatʼiy xal qilgan holda xavfsiz va ishonchli ishlashini taʼminlaydi;
Irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini boshqarishni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida avtomatlashtirish boʻyicha hududiy boʻlinmalarga takliflar beradi hamda belgilangan tartibda ijrosini tashkil qiladi;
Gidropostlarni texnik soz holatda saqlaydi, ularni takomillashtirib boradi, suvning hisobi va hisobotini yuritadi;
Suvning hisobi va hisobotini yuritishga raqamli texnologiyalarni joriy qiladi, suvning hisobi boʻyicha shaffof tizimni amalga oshiradi;
Suvdan foydalanish boʻyicha tegishli shartnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtiradi, suv resurslarini hududiy boʻlinmalar tomonidan tasdiqlangan suvdan foydalanish rejalari boʻyicha tumanlar irrigatsiya boʻlimlari va boshqa suvdan foydalanuvchilarga yetkazib beradi;
Irrigatsiya tizimi kanallariga oʻrnatilgan nasos stansiyalarini ishlatish rejimlarini belgilangan tartibda kelishadi hamda ijrosini taʼminlaydi:
Umumiy suv xoʻjaligi ahvolini hisobga olgan holda suvdan foydalanish rejalariga tuzatishlar kiritish boʻyicha hududiy boʻlinmalarga takliflar kiritadi;
Irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini va suv resurslarini oqilona boshqarish uchun yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan boʻlinmalarni (alohida gidrouchastkalar, ishlab chiqarish bazalari va boshqalar) tashkil etadi;
Ajratilgan byudjet mablagʻlari va moddiy-texnika resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlaydi.

Download 184.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling