Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi toʻgʻrisida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Havza boshqarmasi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari


Download 184.5 Kb.
bet16/16
Sana23.02.2023
Hajmi184.5 Kb.
#1223711
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
YaNGI Намунавий Низом

8-bob. Havza boshqarmasi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari
48. Havza boshqarmasi va uning xududiy boʻlinmalari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari hamda ishchi indikatorlari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadi.
49. Havza boshqarmasi va uning xududiy boʻlimlari faoliyatining samaradorligi, natijadorligini baholash natijalari asosida:
Havza boshqarmasi va uning xududiy boʻlinmalari rahbariyati va xodimlariga nisbatan ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va Boshqarma faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
9-bob. Havza boshqarmasi faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnika taʼminoti, xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
50. Havza boshqarmasi va uning xududiy boʻlinmalari byudjetdan ajratilgan mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Bunda ish haqi, ikki oylik ish haqi miqdoridagi mukofotlar va oylik ish haqi miqdoridagi moddiy yordam toʻlovlari, shuningdek, boshqa harajatlar byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
51. Havza boshqarmasi xodimlarining lavozim ish haqiga xodimlarning uzoq yillik xizmatlari asosida har oylik ustama va moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.


10-bob. Havza boshqarmasining Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi oldidagi hisoboti
52. Havza boshqarmasi rahbariyati boshqarma faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari hamda ishchi indikatorlari ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Suvxoʻjaligivazirligigashaxsan javob beradi hamda hisobot beradi.
53. Havza boshqarmasi faoliyatining monitoringi va baholash natijalariga koʻra boshqarmaning alohida namuna koʻrsatgan mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan ularni ragʻbatlantirish yoki jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyganligi uchun javobgarlikka tortish, egallab turgan lavozimidan boʻshatish kabi choralar koʻriladi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
54. Havza boshqarmasini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari
havza boshqarmasi boshligʻi T.Alimov


Download 184.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling