Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi toʻgʻrisida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar


-§. Havza boshqarmasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining boshqarmaning hududiy boʻlimlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi


Download 184.5 Kb.
bet15/16
Sana23.02.2023
Hajmi184.5 Kb.
#1223711
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
YaNGI Намунавий Низом

2-§. Havza boshqarmasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining boshqarmaning hududiy boʻlimlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi
41. Havza boshqarmasi apparati boʻlinmalarining hududiy boʻlimlari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan hamkorlik qilishini apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari amalgao shiradilar.
42. Havza boshqarmasi apparati tarkibiy boʻlinmalari hududiy boʻlinmalari bilan Havza boshqarmasi faoliyatining yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qiladilar:
Hududiy boʻlinmalarga va idoraviy mansub tashkilotlarga topshiriqlarni yetkazadilar va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Tarkibiy boʻlinmalarning faoliyatiga bevosita taalluqli masalalar boʻyicha Havza boshqarmasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga rasmiy soʻrovnomalar joʻnatadilar va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Havza boshqarmasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining ish rejalarini tahlil qiladilar, ular faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish choralarini koʻradilar;
Havza boshqarmasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish samaradorligi va natijalari toʻgʻrisidagi statistik va boshqa maʼlumotlarni, hisobot va axborot materiallarini oʻrganishni tashkillashtiradi;
Havza boshqarmasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari amaliy faoliyatini tekshiradilar, oʻrganib chiqadilar va umumlashtiradilar, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadilar va amalga oshiradi;
Havza boshqarmasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;
Havza boshqarmasining hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda qatnashishini uyushtiradilar, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha ulardan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqadi va oʻrnatilgan tartibda Vazirlikka taqdim etadi.
43 Havza boshqarmasining idoraviy mansub tashkilotlari Boshqarma apparati boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladilar, shujumladan:
Havza boshqarmasi rahbariyati topshiriqlarining bajarilishi toʻgʻrisida axborot beradi;
Havza boshqarmasi apparatiga suv xoʻjaligi sohasidagi qonun hujjatlarini bajarish boʻyicha ish faoliyati natijalari toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadi;
Ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish davomida aniqlangan ish faoliyatidagi kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida axborot beradi;
Oʻzining faoliyati natijalari toʻgʻrisida belgilangan tartibda va muddatlarda Havza boshqarmasining apparatiga hisobot beradi;
Havza boshqarmasi apparatiga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shujumladan, aholining dolzarb muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni taqdim etadi;
Vakolatli organlar tomonidan oʻzining faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida axborot beradi.
44. Xavza boshqarmasi apparati tarkibiy tuzilmalari va uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining oʻzaro munosabatlari jarayonida vujudga kelgan kelishmovchiliklar Boshliqning topshirigʻiga koʻra, tegishli oʻrinbosar tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar kelishmovchiliklar koʻrib chiqilgandan soʻng ham bartaraf etilmagan boʻlsa, ular boʻyicha qaror bevosita Boshliq tomonidan qabul qilinadi.
3-§. Havza boshqarmasining davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilishi tartibi
45. Havza boshqarmasi oʻzining vazifa va funksiyalarini bajarishda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
46. Havza boshqarmasining hududiy boʻlimlari oʻzlarining vakolatlari doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Havza boshqarmasining hududiy boʻlimlari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan oʻzaro uzviy hamkorlik qiladilar.
47. Havza boshqarmasining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.

Download 184.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling