Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi toʻgʻrisida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Havza boshqarmasi boshligʻining asosiy funksional majburiyatlari


Download 184.5 Kb.
bet12/16
Sana23.02.2023
Hajmi184.5 Kb.
#1223711
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
YaNGI Намунавий Низом

5-bob. Havza boshqarmasi boshligʻining asosiy funksional majburiyatlari
31. Havza boshqarmasi boshligʻining asosiy funksional majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish;
Havza boshqarmasi faoliyatining umumiy boshqaruvini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlik Hayʼat qarorlari hamda Vazir buyruqlariga muvofiq Havza boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Havza boshqarmasining faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari farmoyishlari va topshiriqlarining bajarilishini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Vazirlikning hududiy boʻlinmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy choralarni amalga oshirish hamda topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlashi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;
Vazirlik Hayʼatining qarorlari, Vazir, Vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlarining buyruq va topshiriqlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qaror va farmoyishlari oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlash;
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan hamkorlik qilish;
Oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida xizmat vazifalarini taqsimlash, idoraviy mansub tashkilotlar mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatining ayrim yoʻnalishlari uchun shaxsiy masʼullik darajasini belgilash;
Havza boshqarmasi faoliyatini rejalashtirish, oʻz oʻrinbosarlarining davrlar boʻyicha ish rejalarini tasdiqlash, ularning amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Havza boshqarmasiga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish, kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Havza boshqarmasi va huzuridagi tashkilotlarni Vazirlik nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlari boʻsh oʻrinlariga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tavsiya qilingan, shuningdek, ishga qabul qilinayotgan boshqa xodimlarning kasbiy mahorati, bilim darajasi, amaliy tajribasi va yuqori darajadagi ishchanlik va axloqiy-maʼnaviy fazilatlari kafolatlanganligini taʼminlash;
Havza boshqarmasi va huzuridagi tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning xizmat vazifalari va berilgan topshiriqlar bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Havza boshqarmasi va huzuridagi tashkilotlarning xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Vazirlik xodimlarining Odob-axloq namunaviy qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Havza boshqarmasi va huzuridagi tashkilotlar miqyosida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-419-son Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquq buzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, ularning yuzaga kelishiga sharoit yaratuvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, amaldagi qonunchilikni takomillashtirish uchun takliflar kiritish yoʻli bilan ularni bartaraf qilish va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Havza boshqarmasi va huzuridagi tashkilotlar tomonidan prognoz koʻrsatkichlar soʻzsiz bajarilishini muntazam tahlil qilish va Vazirning tegishli oʻrinbosarlariga (shu jumladan, birinchi oʻrinbosarga) hududiy boʻlinmaning belgilangan koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha choralarni qabul qilish boʻyicha takliflar kiritish;
Havza boshqarmasi va huzuridagi tashkilotlar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning hisobotlarini eshitish, yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Havza boshqarmasi va huzuridagi tashkilotlar faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari koʻrsatishning samaradorligi, sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarining mavjudligini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirlik rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun kiritish;
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq olib borish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, ularni shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, belgilangan muddatda va tartibda fuqarolar va yuridik shaxslarning vakillarining joylarda qabul qilinishini yoʻlga qoʻyish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga asosan ularning faoliyatida faol ishtirok etish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalariga jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan arizalarni oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqish;
Havza boshqarmasi xodimlariga mukofotlar, lavozim maoshiga qoʻshimchalar, moddiy yordam, ragʻbatlantirish toʻlovlarini toʻlash va intizomiy choralar qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, xodimlarni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisida Vazirlikka takliflar kiritish;
Davlat sirlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan maxfiy maʼlumotlar toifalariga kiritilgan maʼlumotlar himoyasini taʼminlash.

Download 184.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling